1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
Xorazmshohlar davlati va uning ijtimoiy- iqtisodiy hayoti
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
26.Xorazmshohlar davlati va uning ijtimoiy- iqtisodiy hayoti.
Xorazmshohlar davlati. Xorazmshohlar davlati qadimgi davrdan 13 asr o‘rtalariga qadar Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrig‘iylar, ma’muniylar, oltintoshlar, anushtiginiylar). Xorazmshohlar davlatini xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bulsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13 asr boshlarida shim.da Kaspiy dengizining shim.sohillari, jan.da Xindukush tog‘lari, sharqda Qashqargacha etgan. Arxeologik ma’lumotlar Ko‘zaliqir, Qo‘yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a Kat qalalarini poytaxt shahar bo‘lgan shahar deb taxmin kilishga imkon beradi. YOzma manbalar Kat qal’asini afrig‘iylar sulolasi vakillarining so‘ngi qarorgohi bo‘lganligini tasdiqlasa, Gurganj (Kuhna Urganch) sh. ma’muniylar va anushteginiylar sulolasining poytaxti bo‘lgan. Abu Rayxon Beruniy ma’lumotlariga qaraganda, xorazmshoh unvonini olgan dastlabki sulola siyovushiylar hisoblanadi. Mil. av. 8-a.da shakllangan Qadimgi Xorazm (q. Xorazm) davlatida axomaniylar va undan keyingi afrig‘iylar sulolasi asoschisi Afrig‘gacha (305 y.) bo‘lgan Xorazmshohlar davlati haqida to‘la va aniq ma’lumotlar yo‘k. Beruniy bu haqda: “Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazimda podshohlik qilishlaridan tarix oldlar. SHu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko‘chib, Turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurg‘uzgan edi”, deb yozgan. Kayxusrav bilan Afrig‘ davri oralig‘ida “xorazmshoh” unvoniga sazovor bo‘lgan shohlardan bizga Kayxusrav (taxm. mil. av. 1200—1140 y.), Saksafar (taxm. mil. av. 519—517 y.), rasman (taxm. mil, av. 329—320 y.), Xusrav (taxm. Mil. av. 320 y.) nomlari ma’lum. Bu davrlarga oid arxeologik manbalar Xorazmshohlar davlatida suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, savdo-sotiq ancha rivojlanganidan darak beradi. 1938—40, 1954—56 va 1965—75 y.lardagi arxeologik-etnografik ekspeditsiyalar natijasida o‘rganilgan yodgorliklardan topilgan moddiy-madaniy topilmalar Xorazmda ilm-fan, san’at, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlanganidan darak beradi. Bu yodgorliklarning yuqori qatlamlari va hozirgacha saqlanib qolgan qismlarning ko‘pchiligi asosan, afrig‘iylar sulolasi davrida qurilgan. 3-a.da Xorazm hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lib olgan bir nechta hokimliklar vujudga kelgan. Tuproqqal’a saroyi zallarining birida boshiga toj kiygan va qo‘lida burgut ushlagan podsho haykalining topilishi, shuningdek, Anqaqal’a yaqinida ham boshida toj, qo‘lida burgut ushlagan kishi rasmi solingan tanganing topilishi va shu joyda earb qilinganligi mahalliy sulola hokimiyati o‘rnatilganligidan guvohlik beradi. Topilgan tangalarda lotin alifbosidagi “S” harfiga o‘xshash siyovushiylar tamg‘asining borligi, bu sulola siyovushiylar avlodidan bo‘lishi mumkinligini kzrsatadi. Mil. 3- a. o‘rtalarida Kushon podsholigidagina emas, balki butun o‘rta SHarqda katta siyosiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Kushonlar sulolasi bilan bir vaqtda arshakiylarning hukmronligi emirilai. Xorazmda kushonlar bilan kurash va ichki siyosiy larzalar qudratli mahalliy sulolani vujudga keltiradi. Bu sulola o‘z tangalarini zarb qiladi va shaharlarda o‘zlariga saroylar quradi. SHunday qilib, 3-a.da Xorazmda kushonlar bilan kuraщda g‘olib chiqqan siyosiy guruh — afrig‘iylar sulolasiga asos solinadi. Xorazm eftaliylar (5-a.ning 2- yarmida — 6-a.ning o‘rtalari) davrida ham, turklar (6-a.ning 2- yarmi — 7- a.ning 1—yarmi) davrida ham o‘zining siyosiy mustaqqilligini saqlab qoldi. Vizantiyalik tarixchi Menandr, Xorazm 6-a.iing 60-y.larida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borilganligi to‘g‘risida to‘liq bo‘lmagan ma’lumot beradi. Arab manbalarida Xorazmning arab lashkarboshilari Salim ibi Ziyod va Umaviya ibn Abdulloh tomonidan ikki marta buysundirilganligi to‘g‘risida gapiriladi. Aslini olganda bu erlarga ham Movarounnahr shaharlariga nisbatan qilinganidek, talon-toroj yurishlari uyushtirilib turilgan. Faqat 8-a. Boshidagina Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi qo‘shinlar Xorazmni uzil-kesil bosib oldilar. Qutayba xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini yaratgan va saqlab kelgan olimlarni qirib yuboradi va quvg‘in qiladi. SHuning uchun ham, arablargacha bo‘lgan Xorazmshohlar davlati tarixiga oid etarli yozma manbalar uchramaydi. Arablarning shafqatsiz zulmi va quvginiga uchragan xorazmshohning ukasi Xurzod tarafdorlaridan bir guruhi Bulon boshchiligida 712 y.dan 730 y.gacha Xazar xoqonligi hududlariga ko‘chib, mustahkam o‘rnashib, bu erda ular armiya, davlatni boshqarish ishlarini o‘z qo‘llariga oldilar. Ular harbiy mavqelarini mustahkamlab Kavkazda arablar egallagan erlarga xavf sola boshlaydidar. Bu davrda Urganch voliysi va Xorazmshohlar davlati xalifalikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri buysunib, har qaysisi alohida-alohida xiroj to‘lab turishgan. Xorazmshohlar davlati hukmdorlari o‘z mavqelarini mustahkamlash uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirishgan. 751 y. xorazmshoh SHaushfirning elchilari Xitoyga kelganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Kuchli larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazmshohlar davlati 9— 10-a.larda Arab xalifaligining emirilishi tufayli ketma ket O‘rta Osiyo va SHarqiy Eronda paydo bo‘lgan yirik mustaqil davlatlar tohiriylar, safforiylor va somoniylar qo‘l ostida bo‘lgan. Tarixiy va arxeologak ma’lumotlarga qaraganda 10-a. oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlana boshlaydi. Bunga shaharlarning o‘sishi dalil bo‘la oladi. Agar, Tabariy 712 y.da Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling