1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Markaziy Osiyoda islom madaniyatining shakllanishi. Buyuk muhaddislar- Imom Buxoriy, Imom Termiziy


Download 0.6 Mb.
bet26/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

25.Markaziy Osiyoda islom madaniyatining shakllanishi. Buyuk muhaddislar- Imom Buxoriy, Imom Termiziy.

Islom butun madaniyatga, tilga, udum-an`analarga ma`lum darajada o`z ta`sirini o`tkazgan bo`lsada, uning mohiyati o`zgarmadi. Bu xalqimizga xos ezgulik, mehr-shafqat, insonparvarlik, hayr-muruvvat, oqkungillik, bag`rikenglik, ilmga tashnalik, o`zga xalqlarga ishonch ehtirom fazilatlaridir. Yunon, Hind, Xitoy madaniyatini juda yaxshi bilgan Markaziy Osiyoning ilm ahligina o`zga xalqlarni boshqalar madaniyati bilan yaqindan tanishtirishi mumkin edi. Shuning uchun ham mashhur matematik al-Xorazmiy hindlarning hisob tizimini, Farobiy Yunonistonlik Arastuning falsafiy ta`limotini, Ibn Sino Gippokrat tibbiyotini yangi davrda yangi bosqichga ko`tardi, imom al-Buxoriy islomiy ta`limotni asosladi Muhammad Payg`ambardan keyingi ikkinchi shahsga aylandi.


O`zbekistonda Sharq Uyg`onish davri masalasi mahalliy materiallarni umumlashtirgan holda etarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi Uyg`onish haqida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va qaror topgan islomiy eti`qodga nisbatan rivojlangan va boyigan qadimiy madaniyat negizida milliy Uyg`onish deb qaralmog`i lozim
Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini ruhoniylariing hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismil al-Buxoriy islom dini ta`limotida Qur`oni Karimdan keyingi asosiy manbaa hisoblanuvchi “Al-Jomi` As-Sahih” nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg`inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo`ja Ahmad Yassaviylar insonni ma`naviy etuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkoridirlar.
Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun xam imon, xam axlok, xam diyonat, xam ma’rifat ekanligini unutmasligimiz kerak. Diniy gadriyatlar odamlarni ilm-fanga, ma’naviyat va ma’rifatga da’vat etganligi jixatdan xam adloxida axamiyatga ega.
1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy tavqim bo`yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog`ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Yubiley munosabati bilan Imom al-Buxoriyning 4 jildlik “Al-Jomi` Al-Sahih” kitobi o`zbek tilida nashr etildi.
Abu Abdulloh Muhammad Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug'iyra ibn Bardizba al-Buxoriy hijratning 194 yili Shavvol oyini 13-si, Juma kunida Buxoroda tavallud topdilar. U kishi etim bo'lib o'sdilar. Yoshlari 9 ga etganda Qur'oni Karimni to'laligicha yod oldilar. Hadis eshitishlikni xush ko'rardilar, voyaga etgunga qadar 10000 dan ziyod hadisni yod bilardilar. Imom Buxoriyning ko'zlari yoshlik paytlarida ojiz bo'lib, ko'rmay qoladi. Onalari Ibrohim payg'ambarni tush ko'radilar. U kishi: «Ey ayol, Alloh taolo ko'p duoing sababli o'g'lingga ko'zini qaytarib beradi», deydilar. Bir necha kundan so'ng Imom Buxoriyning ko'zlari yana ko'ra boshlaydi. Imom 18 yoshga to'lganlarida onalari va akalari bilan haj qilish uchun Makkai Mukarramaga keladilar. Haj amallarining bajarib bo'lgach, onalari va akalarini Buxoroga jo'natib, o'zlari hadis jamlash uchun shu erda qoladilar.
Imom Makkadagi Abdulloh ibn Yazid al-Muqriy ismli kishidan dars oladi. So'ng Xuroson, Bag\'dod, Hijoz, Basra, Kufa, Shom, Misr kabi joylardagi kishilardan hadis to'playdilar. Imom Buxoriy 600000 hadis to'plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlaydilar. Bu hadislarni to'plashda 90000dan ziyod kishining huzurida bo'lib chiqadilar.
Imom Buxoriyning ustozlari ko'p bo'lgan, u kishi Ali ibn al-Madiniy, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Rohavayh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ja'far al-Musannadiy, Muhammad ibn Salom va boshqalardan dars olganlar. Bundan tashqari Imom Buxoriy Hamad ibn Shokir, Ibrohim ibn Muakkal, Tohir ibn Muhamad, Abu Talxa Mansur, Muslim, Termiziy, Nasaiy, Abu Bakr ibn Ishoq, Abu Fazl Ahmad ibn Salma, Abu Bakr ibn Abud Dunyo, Husayn ibn Muhammad al-Qaboniy, Sahl ibn Shadiveyh al-Buxoriy va boshqa shogirdlarga ustozlik qilganlar. Imom Buxoriy ko'p shaharlarda umr kechiradilar. Keyinchalik o'z ona yurtlarini sog'inib, Buxoroga qaytib keladilar. Imom Buxoriyni Buxoro ahli juda yaxshi kutib oladi, bu erga kelgan kunlari boshlaridan oltin sochishadi.
Imom Buxoriy hijratning 256 yili, Shavvol oyining boshlarida Fitr hayiti kechasida vafot etdilar. Bu zot 13 kun kam 62 yil umr kechirdilar. Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok as-Sulmiy az-Zaririy al-Bug'iy at-Termiziy hozirgi Termiz shahridan olti farsax uzoqlikda joylashga Bug' qishloqida 209 hijriy sanada tavallud topdilar. Kunyalari Abu Iso, ismlari Muhammad, otalarining ismlari Iso, bobolarining ismlari Savra, nisbatlari Jayhun daryosi bilan o'ralgan qadimgi Mavorounnahrning «Termiz» shahri nomi bilandir. U zotning ustozlari ko'p bo'lib, ulardan eng mashhuri Imom Buxoriydir. Ko'p hadislarni Buxoriydan rivoyat qilganlar. Yana ustozlaridan Imom Muslim va Abu Dovud hamda Basra, Kufa, Xuroson, Hijoz shayxlari bo'lib, ularning ra'yi va vositasi orqali ham foydalanganlar. Imom at-Termiziy kitobi «Sahih» deb tan olingan olti nafar imom ichida to'rtinchi o'rinda turadilar.
U zotning kitoblari bo'lmish «Sunani Termiziy» esa «Sahih Buxoriy» va «Sahih



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling