1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
CHor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
45. CHor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi.
XIX asr ikkinchi yarmiga kelib O`rta Osiyo xonliklaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvol tang darajada bo`lganligi bu paytda jahondagi eng agressiv davlatlar qatoriga kirgan, Evropa davlatlariga nisbatan iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolayotgan Rossiyaning O`rta Osiyoni o`ziga bo`ysundirish niyatini r´yobga chiqarishni tezlashtirdi. Bu niyat Rossiya imperatori Pyotr I (1672-1725) davrida tuQilgan bo`lib, u Xiva xonligini bo`ysundirish uchun hatto 1717 yilda Bekovich-CHerkasskiy boshchiligida O`rta Osiyoga harbiy ekspedisiya uyushtirgan edi. Lekin bu harakat, undan keyingi boshqa harbiy harakatlar: jumladan, 1839-40 yillarda Perovskiy boshchiligidagi harbiy yurish ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. XVIII-XIX asrning birinchi yarmi davomida rus hukumati Pyotr I orzularini amalga oshirish yo`lida uning vasiyatlarini bajarib, Qipchoq dashtlarini o`ziga bo`ysundirdi va u erda harbiy istehkomlar bunyod etdi. Bu davrda Rossiya uchun sanoatni rivojlantirish, uni xom-ashyo bilan ta`minlash va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar izlash kechiktirilmas vazifa bo`lib qoldi. Rossiyaning agressiv tashqi siyosati davomida uning kelajakda imperiyani kengaytirish uchun Xitoy, O`indiston, AfQoniston, Eronga uyushtiradigan harbiy yurishida, janubdagi dengizlar, ular orqali okeanga chiqishida O`rta Osiyo platsdarm vazifasini bajarishi kerak edi. YAna shuni ko`rsatib o`tmoq joizki, chorizmning Turkistonga bo`lgan qiziqishi bu o`lkadagi katta er osti boyliklarini o`zlashtirishga intilish bilan bog`liqdir. SHu bilan birga XIX asr o`rtalarida O`rta Osiyoda Rossiya va Angliya manfaatlari to`qnashdi. Bu hol Rossiyaning O`rta Osiyo xonliklarini bosib olish rejasini ishlab chiqish va harbiy yurishlarni tezlashtirishiga sabab bo`ldi. SHu sabablarga ko`ra chor Rossiyasi o`zining tish-tirnoQigacha qurollangan qo`shinlari bilan Turkiston xalqlarini bo`ysundirish va jonajon Vatanimizni bosib olib, unga egalik qilish maqsadida harbiy yurishlarini boshladi. Oldindan belgilangan reja asosida rus qo`shinlarining hujumi Qo`qon xonligiga qaratildi. Zamonaviy qurollar bilan to`la ta`minlangan 2850 kishilik rus qo`shini bir yil oldin maQlubiyatga uchragan general Perovskiy boshchiligida 1853 yil iyul oyida Oqmachit qal`asiga hujum qildi. Oddiy qurollar bilan qurollangan 400ga yaqin qal`a himoyachilari 20 kun davomida dushman hujumini qaytarib, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik timsoli bo`lib tarixga kirdilar. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi sababli Rossiya O`rta Osiyodagi harbiy harakatlarini to`xtatishga majbur bo`ldi. U Qo`qon xonligidagi faol harakatini 1860 yil yozidagina qayta tashkil qila oldi. Xalqimizning qahramonona qarshiligiga qaramasdan yangi harbiy texnika bilan qurollangan rus qo`shinlari 1860-1864 yillarda Pishpak, To`qmoq, Avliyo ota, Turkiston, CHimkent shaharlari va ular atrofidagi qishloqlarni bosib oldilar. Bu janglarda ko`ngilli himoyachilar, Qo`qon xonligi sarkardasi mulla Alimqul va boshqalar o`z qahramonliklari bilan vatanparvarlik namunalarini ko`rsatdilar. 1864 yil oktyabrida general CHernyaev boshchiligidagi rus qo`shinlarining Toshkentga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular Niyozbek qal`asini egallab, CHirchiq daryosidagi to`Qonni buzib tashladilar va shaharga suv chiqmay qoldi. 1865 yil may oyida ruslar Toshkent shahriga yangitdan hujum boshladilar. O`imoyachilarning fidokorligi, Mulla Alimqulning tadbirkorligi yangi harbiy qurollar va muntazam harbiy qo`shin oldida ojiz edi. Toshkentni ruslar 42 kun deganda bosib oldilar. 1865-1866 yillarda rus qo`shinlari Qo`qon xoni va Buxoro amiri o`rtasida hamisha qo`ldan-qo`lga o`tib turgan Xo`jand, O`ratepa, Jizzax shaharlarini qattiq janglardan keyin egalladi. Buxoro amiri Muzaffarning ko`rgan tadbirlariga, xalqning qahramonona qarshiliklariga qaramasdan 1868 yilgi CHo`ponota va Zirabuloq janglarida ruslarning qo`li baland keldi. Natijada amir Muzaffar Qo`qon xoni Xudoyorxon (1864-1879) kabi Rossiya bilan noteng sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. Qo`qon xonligiga va Buxoro amirligiga tegishli bo`lgan erlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o`tkazildi. Katta miqdorda tovon puli to`landi. Olinmas qal`a hisoblangan Xiva xonligiga ruslar qattiq tayyorgarliklardan keyin 1873 yilda hujum qildilar. Xonlikdagi qoloqlik, harbiy texnika va san`atning pastligi bu erda ham ruslarning Qolib kelishiga asos bo`ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz (1864-1910) Gandimiyon shartnomasiga asosan 2200000 oltin so`m to`ladi hamda Amudaryoning o`ng qirQoQidagi erlaridan va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum bo`ldi. Ruslarning O`rta Osiyodagi harbiy harakatlari XIX asrning 80-yillari o`rtalarigacha chorvador ko`chmanchi turkmanlarni bo`ysundurgunga qadar davom etdi. Rossiya o`lkamiz xalqlarini kuch, qurol, talonchilik va vayronagarchiliklar yo`li bilan bosib oldi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling