1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Download 0.6 Mb.
bet48/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t


47. CHorizmning Turkistonda harbiy-ma’muriy boshqaruv tizimining o‘rnatilishi.

1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, o`lka to`la ravishda harbiylar qo`liga o`tdi va o`lkani boshqarish katta vakolatlarga ega bo`lgan Turkiston general-gubernatorligiga topshirildi. Turkiston general-gubernatori lavozimiga general fon Kaufman tayinlandi.
General-gubernator katta huquqlarga ega bo`lib, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar olib borishi, soliq siyosatini belgilashi, rus fuqaroligi huquqini berishi, mahalliy aholi ustidan chiqarilgan turli hukmlarni ijro etishga ruxsat berishi mumkin edi. Bu «Vaqtli Nizom» qonuni chor ma`muriyatining mustamlakachilik siyosati manfaatlariga mos kelmasligi sezila boshlangach, Kaufman Rossiya imperatoriga 1873 yilda Turkiston o`lkasini boshqarishning yangi nizom loyihasini taqdim etdi. Nizom 1886 yilda podsho Aleksandr II tomonidan tasdiqlandi. Nizomning asosiy G`oyasiga ko`ra, o`lkada Rossiya hukmronligi yanada mustahkamlanishi, o`lka erlari avvalgidek harbiy vazirga bo`ysundirilishi nazarda tutilgan. Markaziy o`lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat edi.
XIX asrning 90-yillariga kelib, Turkiston general-gubernatorligi beshta — Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand, Ettisuv, Kaspiyorti viloyatlariga, viloyatlar uezdlarga, uezdlar bo`lislarga, bo`lislar uchastkalarga bo`linib boshqariladigan bo`ldi.
Turkistonning barcha viloyatlarida harbiy gubernatorlik boshqarmalari ta`sis etildi. O`arbiy gubernatorlar bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan bo`ldi. Viloyat boshliqlari esa doimo harbiy gubernatorlarning nazorati ostida bo`ldi.
O`lkada mustamlakachilik tartiblari o`rnatilishiga qadar hakamlik vazifasini bajarib kelgan qozilar mahalliy aholi o`rtasidagi huquqiy muammolarni shariat va odat normalariga tayanib hal qiluvchi organ sifatida saqlanib qolindi. Bu, albatta, mahalliy xalq ommasining noroziligini kuchaytirmaslik maqsadida ko`rilgan tadbirlar edi. Ular general-gubernator tomonidan tasdiqlanib, uezd boshliqlari nazorati ostida ish olib bordi.
Turkiston general-gubernatorligining markazi — Toshkentni boshqaruv 1870 yilgi shahar boshqaruvi qoidasiga ko`ra to`liQi bilan podsho ma`muriyati qo`liga o`tdi. 1877 yilgacha eski shahar va yangi shahar alohida boshqarilsa-da, lekin eski shaharda hokimiyat general Geyns qo`lida edi. O`sha yili shahar Davlat dumasiga saylovlar bo`ldi. Saylangan 71 deputatning atigi 21 nafari mahalliy aholi vakillari edi.
SHunday qilib, XIX asrning oxirlarida O`rta Osiyoning katta qismi Turkiston general-gubernatorligi nomi bilan Rossiya tasarrufiga o`tdi. Qo`qon xonligi tugatilib, Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiya imperiyasiga qarashli kichik, yarim mustamlaka davlatga aylanib qoldilar. Xiva xonining Amudaryo bo`limi boshliQi, Buxoro amirining «Rus siyosiy agentligi» nazorati ostida ekanligi va uchastka pristavlarigacha harbiy-lardan bo`lganligini inobatga olib, o`lkada to`la harbiy-ma`muriy boshqaruvi, harbiy polisiya rejimi o`rnatilganli-gini yana bir bor qayd qilamiz. Bunday boshqaruv tez vaqt ichida o`lkani ruslashtirish va iqtisodiy qaram hududga aylantirish imkonini berdi.
urkiston General-gubernatorligini boshqarganlar[tahrir]



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling