1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
Dukchi eshon qo‘zg‘oloni( Andijon, 1898
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
.50. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni( Andijon, 1898 y).
XIX asr oxirlarida Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi o‘lka xalqlarining milliy ozodlik harakatining yana bir yorqin namunasi 1898 yil may oyida Andijonda bo‘lib o‘tgan Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni orqali namoyon bo‘ldi. Bu qo‘zg‘olon rahbari Muhammadali Eshon o‘z davrining obro‘li, diniy va dunyoviy ilmlardan boxabar, davr siyosatini to‘g‘ri tushungan shaxs edi. U o‘z muridlari va hamfikrlari bilan bosqinchilarning xalqqa qarshi olib borayotgan zulmkor siyosatini qoralar va bunga qarshi har qanday harakatni ma’qullar edi. Dukchi Eshon Mingtepa qishloqidan turib Farg‘ona shaharlari va Qirg‘iz erlaridagi mustamlakachilardan norozi aholini birlashtirish va bu zulmni aQdarib tashlash uchun harakat boshladi. Qo‘zg‘olon olib borish usullaridan bexabarlik, birlikning yo‘g‘ligi, uyushmaganlik, qurol-aslaha va moddiy bazaning etishmasligi qo‘zg‘olonning tezda mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘ldi, ayniqsa qo‘zg‘olonning kelishilgan muddatdan oldin boshlanishi, harakat mag‘lubiyatining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Qo‘zg‘olon bostirilib, uning rahbarlari qattiq jazolandi. Qo‘zg‘olon natijasida Farg‘ona viloyatida va butun Turkiston general-gubernatorligida harbiy politsiya rejimi kuchaytirildi. XX asr boshlariga kelib Rossiyadagi ijtimoiy, siyosiy vaziyat Turkistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘lka hududida demokratik-inqilobiy harakatlar avj ola boshladi. Bu harakatlarni biz nafaqat rus aholisi orasida, balki mahalliy mehnatkashlar orasida ham kuzatamiz. Turkiston o‘lkasi hududida temir yo‘llarning qurilishi, zavod va fabrikalarning ishga tushirilishi Rossiya markaziga ko‘plab o‘lka boyliklarini chiqib ketishini osonlashtirdi. Bu jarayon mahalliy aholi ahvolini yanada og‘irlashuviga sabab bo‘ldi. Turkiston o‘lkasi hududida dehqonlar g‘alayonlari, norozilik chiqishlari ortib bordi. Rossiyaning 1914 yilda boshlagan birinchi jahon urushiga tortilishi natijasida mahalliy xalqdan olinadigan soliqlar miqdori oshib bordi. Turkiston o‘lkasi hududida ersiz dehqonlarning soni ko‘paydi. CHor hukumatining 1916 yil 25 iyunda «Urush borayotgan joylarda mudofaa va harbiy inshootlarni qurish, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan jamiki boshqa ishlarni bajarish uchun rus bo‘lmagan aholining erkak qismini jalb etish to‘g‘risidagi» farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonga muvofiq hozirgi O‘zbekiston hududlaridan 19-43 yoshgacha bo‘lgan 250 mingdan ziyod erkak aholi front ortidagi ishlarga (mardikorlikka) chaqiriladigan bo‘ldi. Mardikorlikka ketadiganlar uch oyda qaytib kelishlari va bungacha ularning oilalari hukumat tomonidan ta’minlanishi va’da qilindi. Ro‘yxatga olish davomida amaldorlar boylik orttirish payida bo‘lishib, boylarning bolalarini pul evaziga ro‘yxatga kiritishmadi. Bu xalq noroziligining ortib borishiga sabab bo‘ldi. 1916 yil iyul oyidan mahalliy aholining qo‘zg‘oloni boshlandi. 4 iyul kuni Xo‘jandda, 5 iyul Samarqand viloyatida, 9 iyul kuni Qo‘qon uezdida, 10 iyul kuni Marg‘ilonda, 11 iyulda Samarqand va Toshkentda mardikorlikka olishga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. 1916 yil 18 iyulda butun Turkiston harbiy holatda deb e’lon qilindi. 1916 yildagi harakatlarning eng kuchaygan nuqtasi 13 iyul kuni boshlangan Jizzax qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Jizzaxdagi qo‘zg‘olonga Nazirxo‘ja Abdusalom o‘g‘li, Abdurahmon Jevachi kabi xalq yo‘lboshchilari boshchilik qilib, aholini mustaqil beklik tuzishga chaqirdilar. Qo‘zg‘olon davomida temir yo‘l bekatlari, ko‘priklar vayron qilingan. Jizzaxning yangi shahariga etib kelgan polkovnik Afanasevning jazo otryadi qo‘zg‘olonchilardan engildi. SHundan keyin Turkiston general-gubernatori yuborgan polkovnik Ivanov boshchiligidagi katta harbiy kuchlarga ega bo‘lgan jazo otryadi qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. CHor qo‘shinlari bilan so‘nggi to‘qnashuv 1916 yil 21 iyulda Qilich qishloqida bo‘lib o‘tdi. Mingga yaqin kishi hibsga olinib, jazolandi. 1916 yilgi qo‘zg‘olon hukmron sinflarning zulmiga qarshi qaratilgan xalq qo‘zg‘oloni edi. Qo‘zg‘olonni harakatga keltirgan asosiy kuch dehqonlar va hunarmand kambag‘allar bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilarni mahalliy ziyolilar, ruhoniylarning bir qismi qo‘llab-quvvatladi. Qo‘zg‘olon bostirilgach, uning yo‘lboshchilari jazoga tortilib, o‘limga mahkum etildi. Jami 51 kishi qatl etildi, 168 kishi surgun qilindi, 128 kishi qamaldi, 228 kishi turli jazo xizmatlariga safarbar etildi. 1916 yilgi qo‘zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Turkistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon bo‘ldi. Mustamlakachilar Andijon qoʻzgʻoloni munosabati bilan butun Farg‘ona vodiysida dahshatli qatag‘on uyushtirdilar. Birinchi navbatda qo‘zg‘olon rahbari Muhammadali eshon va uning yaqin maslaqdoshlaridan 5 na-fari 1898 yil 12 iyunda Andijon shahri mar-kazida butun vodiy jamoatchiligining 8 mingga yaqin vakili ko‘z o‘ngida osib o‘ldirildi. Keyin boshqalar jazolandi. Qo‘zg‘olonchilardan 18 nafari osib o‘ldirishga hukm qilindi. 344 nafari 5124 yildan 20 yilgacha muddatga, 3 nafari umrbod katorgaga, 8 nafari turli mud-datga qamoq jazosiga hukm qilindilar. 18 kishi Sibirga surgun qilindi. Jami 388 kishi jazolandi. Qo‘zg‘olon marka-zi bo‘lgan Mingtepa, Qashg‘ar, Tojik qishloqlari uch kun to‘plardan o‘qqa tuti-lib, kultepaga aylantirildi.Jazoga tortilgan qo‘zg‘olonchilarning ijtimoiy tarkibi tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi dehqon va hunarmandlardan iborat bo‘lib, sardorlari orasida 2 nafar dodxoh (general), 7 nafar ponsod (polkovnik), 2 nafar sobiq bek, 40 nafar mulla, 2 nafar mudarris bo‘lgan. Ya’ni, Andijon qoʻzgʻoloni aholining turli toi-fasi vakillarini qamrab olgan tom ma’-nodagi xalq qo‘zg‘oloni bo‘lgan.Andijon qoʻzgʻoloni Turkiston hayotida tasodi-fiy hodisa emas edi. Bunga qadar ham o‘lkada mustamlakachilarga qarshi bosh ko‘tarilgan. Andijon qoʻzgʻoloni 19-asrning so‘nggi choragi-dagi eng kuchli ozodlik kurashi edi. Ammo puxta tayyorgarlik ko‘rilmaganligi, harbiy imkoniyatlari zaifligi, keng doirada uyushmaganligi tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonning ta-rixiy ahamiyati shundaki, u mazlum xalqning siyosiy ongi va kurash tajriba-sining o‘sishida muhim rol uynadi. Gar-chand A.Q- tor-mor etilgan bo‘lsada, lekin o‘zbek xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashlarining eng yorqin namunalaridan biri bo‘lib qoldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Andijon shahrining Mirpo‘stin va Navoiy ko‘chalari orasidagi ko‘chaga (avvalgi Yangi O‘sh ko‘chasi) "Dukchi Eshon" nomi berildi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling