1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Mustaqillikni yanada mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish-milliy istiqlol g‘oyasi bosh maqsadi ekanligi


Download 0.6 Mb.
bet94/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

90.88 Mustaqillikni yanada mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish-milliy istiqlol g‘oyasi bosh maqsadi ekanligi.
Xalqimiz asrlar davomida Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g‘oya xalqimizni o‘z mustaqilligidan judo bo‘lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo‘lib, bu g‘oya millatimizning azaliy orzu – umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no – mazmunini ifodalaydi.
Milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish savolini izoxlashda “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish negizlari”, “Jamiyat barqarorligi erkin va farovon hayot qurish omili”, “Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan mashaqqatimizni barqaror rivojlantirishning asosiy shartlari” kabi ko‘rgazmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Milliy istiqlol g‘oyasi Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bosh maqsadi hisoblanadi. Ozod Vatan –o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakatdir. Obod Vatan esa fuqarolari erkin va ozod yaratuvchilik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy – siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir.

95.Millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo bag‘rikenglik tamoyillari milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlari ekanligi.

2. Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining aso-siy g‘oyalaridan biri bO‘lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. YOki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g‘oyasi umumbashariy qadriyat bO‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling