1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida


Download 0.6 Mb.
bet65/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

61.O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida.

Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga og’ir kulfatlarni soldi, O’zbekiston ham bu og’ir sinovlardan chetda qolmadi. Sobiq SSSR tarkibida bo’lgan O’zbekiston xalqi urushning barcha jabru- jafolarini boshidan kechirib g’alabaga umid bilan yashadi, fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga o’z hissasini qo’shdi.


Ikkinchi jahon urushi fashistlar Germaniyasining Sho’ro davlatiga 1941 yil 22 iyun tongida bostirib kirishi bilan o’zining shiddatli bosqichiga kirdi. Sovet davlati tarkibida bo’lgan O’zbekiston xalqlari ham urushning birinchi kunidan boshlab fashizmga qarshi kurashga o’z kuchlarini safasarbar qila boshladilar. Toshkentda va boshqa yirik shaharlarda mitinglar o’tkazilib kishilar ariza yozib frontga ko’ngilli bo’lib ketishga qaror qildilar. Mamlakat uchun urush boshlanishida og’ir yo’qotishlar davrida iqtisodiyot shoshilinch harbiy izga o’tkazila boshlandi.Ishchi va xizmatchilar uchun dam olish kunlari qisqartitrildi, ish soatlari oshirildi,mehnat majburiyati o’rnatilib urush davri qoidalarini buzganlar qattiq jazolandi, yani jinoiy javobgarlik belgilandi. Ishga asosan bolalar, ayollar, keksalar jalb qilindi mehnat normasini bajarmaganlarga turli jazo choralari ko’rildi. O’zbekistondan qariyb 1,5 million kishi frontga safarbar qilindi. Mamlakatimizga front yoni hududlaridan 100 dan ortiq sanoat korxonalari kochirilib keltirilib qisqa muddatlarda tiklanib ishga tushirilib front uchun kerakli mahsulotlarni ishlab chiqara boshladi, O’zbekistonga 1 milliondan ortiq aholi shulardan 200 mingi bolalar ko’chirilib keltirilib xalqimiz ularni o’z farzandlari qatorida ko’rdi.
1941 – 1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekistonlik jangchilar ham tarifga sigʻmas qahramonligini namoyon etgan.
Oʻzbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini taʼminlashda ham nimaiki zarur boʻlsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamgʻarmasiga 649,9 mln. soʻm naqd pul, 4 mlrd. 226 mln. soʻm zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qoʻnjli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 soʻmlik mahsulot joʻnatilgan. Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent toʻqimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, koʻp miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna gʻalla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va hoʻl mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida 59 mingta ot frontga olib ketildi.
Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani jangchilarga yordam qoʻllarini choʻzishdi. Masalan, 1942-yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qoʻlqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 poʻstin, 18,5 ming litr vino va quruq mevalar olindi. 1943-yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bugʻdoy, 5496 kilo yorma bugʻdoy, 1160 kilo guruch, 418 qoʻy, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpogʻistondan 224916 soʻm naqd pul, 21614 kilo bugʻdoy, 5819 kilo goʻsht, 3700 kilo guruch joʻnatildi.
Qoraqalpogʻistondagi Moʻynoq baliq kombinatidan 20 mln.banka goʻsht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942-yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yogʻ, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943-yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln. soʻm naqd pul, 330 tonna goʻsht va yogʻ, 530 tonna bugʻdoy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.
Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga joʻnatib turganlar.
Ikkinchi Jahon urushining toʻrt yili davomida Oʻzbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna gʻalla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va hoʻl meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna goʻsht, 5 286 000 dona teri topshirgani maʼlum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida Oʻzbekiston aholisi mudofaa jamgʻarmasiga jami 649 900 000 soʻm naqd pul oʻtkazib bergan.
Shuningdek, Oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi. Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz qaramogʻiga oldilar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. 113 ta harbiy kasalxona-gospitalni ham otaliqqa oldi.
Fashistlarning tor-mor qilinishida Oʻzbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yoʻnaltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 2100 samolyot, 17342 samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 million mina, 560 000 snaryad, 2 million 318 ming aviatsiya bombasi, 1 million dona granata, 100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostansiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milliondan ortiq radiolampa, 5 bronepoyezd, 18 harbiy-sanitar va hammom oʻrnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 koʻchma oshxona olib ketildi.
Oʻzbekiston 1943-yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida Oʻzbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944-yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qoʻy joʻnatildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu-qishloqlarga Qoraqalpogʻistondan 45 800 000 bosh qoramol va qoʻy yuborildi.
Toshkent temiryoʻlchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yuborishdi. Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xoʻjalik texnikasini joʻnatilgan.
1943-yil avgust oyida dushmandan ozod qilingan joylarga respublikadan 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar toʻldirilgan 374 vagon joʻnatildi. 12-oktyabrda Ukrainaga 450 vagonda sovgʻalar bilan birga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi.
Voronej va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna gʻalla, 24 tonna quruq meva olib ketildi. Bulardan tashqari, respublika boʻyicha 300 tonna gʻalla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming soʻm naqd pul, yuk mashinasi, telefon stansiyasi joʻnatildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina, 50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol oʻlkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan joʻnatildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qoʻy va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944-yili 100 000 kitob sovgʻa qilingan edi.
1943–44 yillarda ozod qilingan yerlarga Oʻzbekistondan 13 000 dan ortiq temiryoʻl mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yoʻl oldi. Oʻzbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻnlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling