65. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning olamshumul ahamiyati.
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi.
1989 yil oktyabrda davlat tili to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini tekin o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishiga e’tibor kuchaydi. 1990 yili bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinSipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlariga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.
I.A. Karimov 1990 yil 24 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaraSiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va Qoyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi.
1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabr-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarini ko’rsatib berdi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, balki O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat — O’zbekiston paydo bo’ldi. Jahon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi.
Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |