1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
68.O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi.
Fuqarolik jamiyati, bu insonning rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini to’la darajada ta’minlaydigan qonun ustuvor bo’lgan ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat qurish davlat qonunlari va inson huquqlarini poymol etmaslikni, insondan qonunlarga qat’iyan rioya qilishni talab etadi. O’ar bir fuqaroning davlat boshqaruviga keng jalb etilishi, inson huquqlarini himoya qilishda faol qatnashishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarur. O’uquqiy davlatda sud hokimiyati O’zbekiston Respublikasida odil sudlov va tarbiyalash vazifalarini bajarish bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimiga besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, O’arbiy sudlar tizimi, QoraqalpoQiston Respublikasi oliy sudi, QoraqalpoQiston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyat, rayon va shahar sudlari kiradi. Sud hokimiyatining faoliyati to’g’risidagi qonun-qoidalar O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrida qabul qilingan «Sudlar to’g’risida»gi qonunda bayon etilgan. Jamiyat tizimini qayta tashkil etar ekan, respublika rahbariyati sud hokimiyati doirasida islohotlar o’tkazib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ularning erkinligi va majburiyatlarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmni shakllantirdilar. Bu jarayonda, respublikamizda demokratik jamiyat talablariga mos tushadigan saylov tizimining tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bu o’zgarishlarning barchasi shaxsning davlat va jamiyat bilan munosabatlarini belgilashga qaratilgan. Davlat va shaxs o’tasidagi munosabat fuqarolikni namoyon etadi va ularning o’zaro huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil (dekabr) sessiyasi sud-huquqiy ishlaridagi islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida advokatura tizimini kuchaytirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash vazifalarini qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrdagi, 1995 yil 5 maydagi Qonunlari negizida demokratik saylov tizimi asoslab berilgan. «Saylov tizimi» to’g’risidagi Qonunga asoslanib 1994 yilning 25 dekabrida vakillik organlariga birinchi marta hududiy bir mandatli saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga deputatlar saylandi. I. A. Karimov davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish yuzasidan muhim vazifani belgilab: «..hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borish, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi. . Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday o’zgarishlar natijasi fuqarolik jamiyatini barpo etishning yo’nalishlarini tashkil etidi. Bu yo’lda nafaqat davlatimiz, prezidaentimiz, balki, biz yoshlar ham o’z hissamizni qo’shishga haqlimiz va bu bizning burchimizdir. Zero kelajak yoshlar qo’lida. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling