1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
72.O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 35 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamkatlardir. SHuningdek O’zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda O’zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi. O’zbekiston jahon iqtisodyotiga integraSiyalashish yo’lidan borib Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporaSiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi va ular bilan hamkorlik qilmoqda. SHu bilan birga O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon soQliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Ularning vakolatxonalari respublikamizda ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, NATO, EKO, Islom konferenSiyasi, qo’shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. I. A. Karimov 1999 yili aprelda SHimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari bilan Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lib kirdi va Trans Osiyo temir yo’lini qurilishida faol ishtirok etmoqda. Bu O’zbekiston uchun dengiz yo’llariga, xalqaro transport tarmoQiga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Tashqi iqtisodiy aloqalarda respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berilmoqda. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O’zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish; ilg’or texnologiyaning kirib kelishiga, xo’jalik tarkibini zamonaviylashiga ko’maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan «ochiq eshiklar» siyosatini o’tkazish; Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o’ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishni huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida», «CHet el investiSiyalari to’g’risida»gi va «Xorijiy investorlar va investiSiyalarga kafolat berish to’g’risida»gi, «Bankrotlik to’g’risida»gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Tashqi savdo uchun imtiyozlar berildi. Tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to’lovlari ancha kamaytirildi. O’zaro sarmoyalarni himoya qilish maqsadida jahonning ko’pgina mamlakatlari, jumladan, Germaniya, Turkiya, AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlar bilan shartnomalar imzolandi. InstituSional o’zgarishlar sohasida siyosiy va moliyaviy xatarni himoya qiluvchi «O’zbekinvest», Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki «ALC, inc» Amerika moliyaviy guruhi bilan birgalikda Londonda Siyosiy xatarning shtab kvartirasi va Toshkentda moliyaviy xatarning oldini olish shtab kvartirasi bilan o’zaro suQurta kompaniyasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida investiSiyalarga ko’maklashish muassasalari chet el investiSiyalari bo’yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirlar palatasi, Lizing kompaniyasi tashkil etildi. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan siyosati respublikaga xorijiy sarmoyalarning to’xtovsiz kirib kelishini ta’minlamoqda. O’zbekiston hukumati Kanada, XXR, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, SHveySariya banklari va firmalari bilan 1,5 milliard AQSH dollari hajmida 32 ta yirik kredit bitimi tuzdi va ular amalga oshmoqda. Faqat 1994 yilda respublikaga 640 million AQSH dollar miqdorida investiSiya kreditlari berish to’g’risida xalqaro moliya muassasalari va xorijiy sarmoyadorlar bilan tuzilgan bitimlar asosida Amerikaning «Nyumont-Mayning» kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan «Zarafshon-Nyumont» qo’shma korxonasi qurilib ishga tushirildi. Toshkentda xalqaro savdo-ko’rgazma kompleksi, Xorazmda qand-shakar zavodi qurildi. Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan «O’zDEU avto», «O’zDEU elektroniks» hissadorlik birlashmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Germaniya va Janubiy Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling