1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
I. A. Karimov- O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
66.I. A. Karimov- O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti.
Xalqimizning ko’p yillar davomida olib borgan kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko’r-ko’rona) ravishda emas, balki ilm-fan yutuqlariga, jahon taraqqiyotining, xususan, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga asoslangan Qoyalarga amal qilib ro’yobga chiqadi. O’zbekiston mustaqillik tomon yo’l tutar ekan birinchi kunlardan boshlab, uning tepasida Islom AbduQanievich Karimov turibdi. Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan boQlaydi. Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning «o’zbek modeli»ga (o’zbek yo’li) uning asoschisi va yo’lboshchisi I. A. Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bormoqda. 1996 yili Venada (Avstriya) «XX asr xalqlar dohiylari» nomida bosib chiqarilgan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob mualliflaridan biri, Garvard Universitetining professori Donald S. Karlayl «...Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir», deb tan beradi. SSSRda, chunonchi O’zbekistonda soSialistik tizim, kommunistik mafkura har tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to’lib-toshib turgan bir paytda I. A. Karimovning, avvalo O’zbekiston kompartiyasi rahbarligiga (iyun, 1989 yil), keyin Prezidentlik lavozimiga (mart, 1990 y.) tayinlanishi bejiz emas edi. Vaqti, soati etgan, lekin jon saqlash uchun o’zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan istibdod tizimidan jafokash xalqini, ezilgan el-yurtini mustaqillikka chiqarish uchun sovet tuzumining ikir-chikirigacha tushunib etgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom Karimovdek rahbar kerak edi. Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi. O’zbekistonning yaqin o’tmishda va XX asrning so’nggi o’n yilida o’tgan yo’llari, XXI asrda Respublika istiqlolini mustahkamlashning strategik vazifalarining asosiy yo’nalishlarini to’plagan kitoblari xorijiy mamlakatlarda chop etilgan I.A. Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida bayon etib berildi. I.A. Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Prezident Istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil, yanvar): «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha — hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi. Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodni tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A. Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil, avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi. YUrtboshimiz haqqoniy tarix millatning o’zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi. I.A. Karimov har bir «siyosatchiman, arbobman degan odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», deb vazifani keskin qo’yadi. O’zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutuQi-mamlakatda o’rnatilgan tinchlik, osoyishtalik, tartib-intizomdir. Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A. Karimovning etakchiligida erishildi deb hisoblaydi. I.A. Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi. O’zbekiston xalqining buyuk yo’lboshchisi, mamlakatininggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining minglab yillik an’analari chorizm mustamlakasi davrida batamom inkor etilgan edi. Mustaqil O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning milliy-tarixiy rivojlanishiga hamda o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita vazifa: 1. Esk ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; 2. YAngi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal qilindi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling