1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Soliqni hisoblab chiqarish tartibi, To‘langan soliq


Download 356.75 Kb.
bet24/40
Sana04.11.2023
Hajmi356.75 Kb.
#1748372
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org

31. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Soliqni hisoblab chiqarish tartibi, To‘langan soliq summalarini hisobga olish, Hisobga olinmaydigan soliq summasi) 265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi (1-q.) Ushbu Kodeksning 247-257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. (2-q.) Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli boʻlgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini koʻpaytiradigan yoki kamaytiradigan barcha oʻzgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga koʻra hisoblab chiqariladi. (3-q.) Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. (4-q.) Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir guruhi boʻyicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri boʻyicha alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri boʻyicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qoʻshish orqali hisoblab chiqariladi. 266-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish (1-q.) Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli boʻladi: 1) soliq toʻlovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlardan (xizmatlardan), foydalanilganda realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi, shu jumladan nol stavka boʻyicha soliq solinishi lozim boʻlganda; 2) olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq toʻlovchi tomonidan hisobvaraq-faktura yoki yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa hujjat olinganda hamda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganda; 3) tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda soliq budjetga toʻlanganda; 4) ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq budjetga toʻlanganda; 5) nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma mavjud boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) (2-q.) Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish aylanmasi maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Agar soliq toʻlovchi oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini oʻz vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi boʻlmagan intizomli soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan boʻlsa, eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq summasi soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar hicobga olinadi. Tovarlar "eksport" bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi (1-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi: 1) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari ushbu boʻlimga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun moʻljallangan asosiy vositalar, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda); 2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan asosiy vositalarni, koʻchmas mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va taʼmirlash uchun sotib olinganda; 3) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun sotib olinganda; 4) tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda; 5) vakillik xarajatlari; 6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular boʻyicha soliq toʻlagan hollar mustasno; 7) soliq toʻlovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda. (2-q.) Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chogʻida toʻlagan soliq summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chogʻida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bogʻliq boʻlmasa, hisobga olinmaydi: 1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilgʻini; 2) alkogol va tamaki mahsulotlarini. (3-q.) Ushbu Kodeksning 268-270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.

Download 356.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling