1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Yuridik shaxslarning mol-mulki solig’i (Soliq to‘lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq bazasi, Soliq bazasini


Download 356.75 Kb.
bet32/40
Sana04.11.2023
Hajmi356.75 Kb.
#1748372
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org

41. Yuridik shaxslarning mol-mulki solig’i (Soliq to‘lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq bazasi, Soliq bazasini aniqlash tartibi, soliq imtiyozlari) 410-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; 2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar. (2-q.) Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq toʻlovchi hisoblanadi. (3-q.) Agar yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan boʻlsa, u ham soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. 411-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Koʻchmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi. (2-q.) Koʻchmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar; 2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi; 3) temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar; 4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun koʻrsatilgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari, koʻchmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʻtgach. (3-q.) Quyidagi koʻchmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar; 2) uy-joy-kommunal xoʻjaligining va belgilangan maqsadi boʻyicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari. Uy-joy-kommunal hamda boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar hamda issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga texnik jihatdan xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun moʻljallangan binolar kiradi; (OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari; 4) sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari; 5) soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar; 6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yongʻin xavfsizligi organining maʼlumotnomasi asosida amalga oshiriladi; 7) yer uchastkalari. 412-modda. Soliq bazasi (1-q.) Quyidagilar soliq bazasidir: 1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha - oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq uchinchi xatboshi uchinchi-oltinchi xatboshilari bilan almashtirilgan (Oldingi tahririga qarang) Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1- bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas: Toshkent shahrida - ikki million besh yuz ming soʻm; Nukus shahrida va viloyat markazlarida - bir million besh yuz ming soʻm; boshqa shaharlarda va qishloq joylarda - bir million soʻm. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlsa, soliq toʻlovchi koʻchmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan ikki yilda oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi. (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan koʻchmas mulk obyektlari qonunchilikda belgilanadi; (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha - tugallanmagan qurilishning oʻrtacha yillik qiymati; 3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar boʻyicha - mazkur obyektlarning oʻrtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi boʻyicha). (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymatidir. 413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi (1-q.) Soliq solish obyektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (oʻrtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga koʻra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (oʻrtacha yillik qiymatlarini) qoʻshishdan olingan summaning oʻn ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha soliq bazasi mazkur obyektlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. (3-q.) Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti boʻyicha alohida aniqlanadi. (4-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni boʻlmasa, soliq bazasi soliq toʻlanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi. 414-modda. Soliq imtiyozlari (1-q.) Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: 1) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot obyektlarining; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 2) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulkning; 3) yangi neft va gaz quduqlarining - ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) (2-q.) Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan yangi neft va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin (3-q.) Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi: 1) yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar; 2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga; 3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga oʻrnatilgan hamda ularning ajralmas qismi boʻlgan konstruksiyalar. (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)

Download 356.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling