1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘I (Soliq to‘lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq bazasi) 424


Download 356.75 Kb.
bet34/40
Sana04.11.2023
Hajmi356.75 Kb.
#1748372
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org

43. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘I (Soliq to‘lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq bazasi) 424-modda. Umumiy qoidalar (1-q.) Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga toʻlovlar yer soligʻi yoki yer uchun ijara toʻlovi tarzda amalga oshiriladi. (2-q.) Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi. (OʻzR 06.06.2022-y. OʻRQ-775-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlaydi. 425-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. 426-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. (2-q.) Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi: 1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar; 2) aholi punktlarining, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, shaxobcha yoʻllar, sugʻorish tarmoqlari, kollektorlar, sohil boʻyi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar); 3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari egallagan yerlar; 4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, istirohat bogʻlari, sayilgohlar, xiyobonlar, aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 5) davlat qoʻriqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqxonalarning (bundan ovchilik xoʻjaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qoʻriqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning yerlari; 6) sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega boʻlgan yer uchastkalari; 7) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar - aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari; 8) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bogʻlari egallagan yer uchastkalari; 9) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar; 10) yuridik shaxs balansida boʻlgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar; 11) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va boshqa chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari); (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) 12) koʻp kvartirali uylar va yotoqxonalar egallagan yerlar, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari, bundan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari mustasno; (OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 13) suv fondi; 14) zaxiralar; 15) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlarini oʻtkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) (3-q.) Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yer uchastkalari xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish obyekti hisoblanadi. 427-modda. Soliq bazasi (1-q.) Quyidagilar soliq bazasidir: qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha - ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni; qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha - ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. (3-q.) Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi (koʻpaytiriladi). (4-q.) Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkasi boʻyicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmaganda, soliq bazasi soliqni toʻlash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy sof tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
44. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘I (Soliq imtiyozlari, Soliq stavkalari, Soliq bazasi)

Download 356.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling