1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (Soliq davri, Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini
Download 356.75 Kb.
|
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org
40. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (Soliq davri, Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish, Soliq to‘lash tartibi) 446-modda. Soliq davri Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. 447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi (1-q.) Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. (2-q.) Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi: dehqon xoʻjaliklari uchun; qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun; tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun; 1-oktyabrga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun - qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmoli normativlari boʻyicha aniqlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi: Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari mustasno - hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay; qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan - joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay; Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (4-q.) Soliq organlari soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasini dehqon xoʻjaliklariga, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay topshiradi. (OʻzR 30.12.2022- y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 448-modda. Soliq toʻlash tartibi (1-q.) Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlaydi, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar mustasno. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar: soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) - har oyning 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida; soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlanadi. (4-q.) Soliq davri davomida moʻljallanayotgan soliq bazasi oʻzgarganda, soliq toʻlovchi soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. (5-q.) Soliq davri uchun boʻnak toʻlovlar hisobga olingan holda soliqni toʻlash soliq toʻlovchilar tomonidan, bundan dehqon xoʻjaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi. (6-q.) Soliq davri uchun boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi. OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq yettinchi qismi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan almashtirilgan (Oldingi tahririga qarang) (7-q.) Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1-oktyabrga qadar - soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi; 15-dekabrga qadar - soliqning qolgan summasi. (8-q.) Dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Download 356.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling