1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Foyda solig‘i (to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq


Download 356.75 Kb.
bet10/40
Sana04.11.2023
Hajmi356.75 Kb.
#1748372
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org

13. Foyda solig‘i (to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq solinadigan baza) Quyidagilar foyda soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi); 2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu boʻlimda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi); 3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda norezidentlar deb yuritiladi); 4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar; 5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan yoki oʻz ixtiyori bilan foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi. Soliq toʻlovchi tomonidan olingan foyda foyda soligʻi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanadi. (2-q.) Ushbu boʻlim maqsadida quyidagilar foyda deb eʼtirof etiladi: 1) yuridik shaxs uchun - ushbu boʻlimda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farq; 2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun - ushbu Kodeksning 49-bobida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar oʻrtasidagi farq; 3) norezident uchun - ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar; 4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun - ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farq; 5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun - birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (koʻrsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) toʻgʻri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq. 296-modda. Soliq bazasi (1-q.) Ushbu Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim boʻlgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi. (2-q.) Soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq toʻlovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar boʻyicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin. (3-q.) Soliq toʻlovchi ushbu boʻlimga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar boʻyicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi. (4-q.) Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. (5-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida koʻrilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda kamaytiradi. (6-q.) Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII boʻlimi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham oʻz ichiga oladi. (7-q.) Soliq bazasiga ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi. (8-q.) Soliq toʻlovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi. (9-q.) Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq toʻlovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari koʻpayishiga olib kelsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning VI boʻlimiga muvofiq belgilanadigan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Download 356.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling