1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Foyda solig’i (jami daromad, soliq to’ovchilarning


Download 356.75 Kb.
bet11/40
Sana04.11.2023
Hajmi356.75 Kb.
#1748372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org

14. Foyda solig’i (jami daromad, soliq to’ovchilarning daromadi, realizatsiya qilishdan olingan daromad) Jami daromad yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir. (2-q.) Jami daromad, agar ushbu Kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini inobatga olmagan holda aniqlanadi. (3-q.) Ushbu boʻlim maqsadida jami daromadga (bundan buyon ushbu boʻlimda daromad deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim boʻlgan daromadlar (bundan buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi daromadlar kiradi: 1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad; 2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) boʻyicha mukofot tarzidagi daromad; 3) sugʻurta, qayta sugʻurta tashkilotining sugʻurta, qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha daromadi; 4) REPO operatsiyalari boʻyicha daromad; 5) qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha ushbu Kodeksning 327-329-moddalariga muvofiq olingan daromad; 6) amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning ushbu Kodeksning 298- moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan daromad; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) 7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni berish boʻyicha pul mukofoti tarzidagi daromad; 8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno; 9) royalti; 10) ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar); 11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad; 12) qonunchilikda belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ683-son Qonuni tahriridagi band) 13) ushbu Kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromad; 14) ushbu Kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad; 15) ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan daromad; 16) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad; 17) qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan yoxud qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) oʻrnini qoplash summalari; 18) ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq; 19) dividendlar va foizlar; 20) ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqarishdan olingan daromad; 21) shakllantirilish xarajatlari ushbu Kodeksning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul qilingan, qayta tiklangan zaxiralar summalari; 22) aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga oʻz ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechgan taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromad; 23) korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad; 24) ushbu Kodeksning VI boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad; 25) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; 25-1) ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan hollarda va tartibda soliq bazasiga tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritish natijasida olingan daromad; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 26) alohida hisobi mavjud boʻlmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan maqsadli mablagʻlar tarzidagi daromad (bundan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari qoʻllaniladigan budjet mablagʻlari mustasno); (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 27) ushbu qismning 1-26-bandlarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlar.

Download 356.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling