1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Ijtimoiy to‘lov (Soliq davri, hisobot davri Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini


Download 99.69 Kb.
bet37/40
Sana19.06.2023
Hajmi99.69 Kb.
#1619079
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
New Microsoft Word Document

47. Ijtimoiy to‘lov (Soliq davri, hisobot davri Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish, soliqni to‘lash tartibi) 406-modda. Soliq davri. Hisobot davri (1-q.) Kalendar yil soliq davridir. (2-q.) Yil oyi hisobot davridir. 407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. (2-q.) Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar boʻyicha soliqni toʻlash majburiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. (4-q.) Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa -keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Soliqni toʻlash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
48. Davlat boji (Davlat boji turlari, Davlat bojini to‘lovchilar, Davlat bojini to‘lovchilar, Davlat boji stavkalari) Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi. Davlat boji turlari Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir. Davlat boji turlari jumlasiga quyidagilar ham kiradi: O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan konsullik yig‘imi; ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat ko‘rsatish belgilariga, geografik ko‘rsatkichlarga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan patent boji. Davlat bojini to‘lovchilar Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o‘ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardi Davlat bojini to‘lash va hisobga o‘tkazish tartibi Davlat boji, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat boji undiriladigan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilguniga qadar va (yoki) bunga vakolatli bo‘lgan muassasalar (mansabdor shaxslar) tomonidan hujjatlar berilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi. To‘lovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‘laganligi fakti qog‘ozdagi yoki elektron shakldagi to‘lov hujjati bilan tasdiqlanadi. To‘lovchining davlat bojini naqd pul shaklida to‘laganligi fakti bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan to‘lovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi. Davlat bojini to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari amalga oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga, to‘lovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga ko‘ra ushbu Qonunning 19 — 24-moddalariga muvofiq belgilanadi. Davlat boji to‘lov hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi, bundan davlat bojining qaysi davlat organlari xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan bo‘lsa, o‘sha davlat organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi mustasno. Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji yagona hisobvarag‘iga keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat organi o‘rtasida qonunchilikka muvofiq taqsimlangan holda to‘lanadi. Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori qonunchilikda belgilanadi. Mulkiy nizo bo‘yicha sudga da’vo arizasi berilganda, shuningdek mol-mulkning oldisotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda, merosga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirishda, agar da’vo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat bojining miqdori harakatlar amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada belgilanadi va undiriladi. Davlat boji stavkalarining MIQDORLARI Oldingi tahrirga qarang. 1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan: a) mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan da’vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriyhuquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan) (sud qarori chiqarilayotganda aybdor tarafdan undiriladi) BHMning 1 baravari Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilganda ushbu bandning “e” va “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi. v) nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 2 baravari g) takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 4 baravari Izoh. Nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan taqdirda, boj “a” kichik bandiga muvofiq da’voning bahosiga muvofiq belgilanadi. d) bedarak yo‘qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni BHMning 2 foizi bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan e) turar joylar ijarasiga doir shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, mol mulkni xatlovdan chiqarish to‘g‘risidagi va mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan BHMning 2 baravari j) alohida ko‘riladigan ishlarga doir arizalardan BHMning 1 baravari Izoh. Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rganlik uchun davlat boji undirilmaydi. z) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi Izoh. Mulkiy nizolar bo‘yicha stavkalar miqdori “a” kichik bandga muvofiq hisoblab chiqariladi i) qarorlar, hukmlar, ajrimlar, boshqa sud hujjatlarining dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra sudlar tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun hujjatning har bir beti uchun BHMning 2 foizi k) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy BHMning 2 baravari ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan l) chet el sudlari va chet el hakamlik sudlari (arbitrajlar) qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi ariz?lardan BHMning 2 baravari

Download 99.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling