1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Ijtimoiy to‘lov (Soliq to‘lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq stavkalari) 402


Download 99.69 Kb.
bet36/40
Sana19.06.2023
Hajmi99.69 Kb.
#1619079
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
New Microsoft Word Document

46. Ijtimoiy to‘lov (Soliq to‘lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq stavkalari) 402-modda. Soliq toʻlovchilar Ijtimoiy soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi: Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari; ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq toʻlaydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari. 403-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan taʼminlash yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga doir shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxsga toʻlanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir. (3-q.) Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir. (4-q.) Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: ish beruvchining xodimga mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari; paxta yigʻim-terimi boʻyicha mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlar. 404-modda. Soliq bazasi (1-q.) Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq toʻlanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq toʻlash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi. (3-q.) Ushbu Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan taʼminlash yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga doir shartnoma boʻyicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam boʻlmagan summada belgilanadi. 405-modda. Soliq stavkalari (1-q.) Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: N Soliq toʻlovchilar Soliq stavkalari, foizlarda 1. Soliq toʻlovchilar, bundan 2-4- bandlarda nazarda tutilganlar mustasno 12 2. Budjet tashkilotlari 25 3. "SOS - Oʻzbekiston Bolalar mahallalari" uyushmalari 7 4. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar 4,7 (2-q.) Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.

Download 99.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling