1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


Суд ҳокимияти ва унинг тузилиши


Download 179.52 Kb.
bet29/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

46.Суд ҳокимияти ва унинг тузилиши.
1-modda. Sud hokimiyati
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
2-modda. Sud tizimi

  • O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

  • harbiy sudlar;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;

  • fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;

  • jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;

  • tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;

  • tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.

  • O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.

  • Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

47.Конституциявий судни сайлаш тартиби, хисоб бериши, унинг таркиби ва тузилиши.
6-modda. Konstitutsiyaviy sudni saylash
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda Konstitutsiyaviy sudning to‘qqiz nafar sudyasidan iborat bo‘ladi.
133-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
5) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling