1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси
-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari
Download 179.52 Kb.
|
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari
5-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari
Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 1) soliq to‘lovchilarda moliyaviy hujjatlar, shartnomalar (kontraktlar), rejalar, smetalar, daromadlar haqidagi deklaratsiyalar hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning, shu jumladan elektron hujjatlarning, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarning tekshiruvlarini o‘tkazish; 2) soliq tekshiruvi o‘tkazayotganda: daromadlar olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish; mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi) saqlanadigan joylarni muhrlab qo‘yish; soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni talab qilib olish; 6-modda. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari Davlat soliq xizmati organlari: 1) soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi; 2) soliq to‘lovchilarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi; 3) soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar, hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibiga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ta’minlashi; 4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlarini ma’lum qilishi, shuningdek tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi; 5) soliq to‘lovchilarga o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari to‘g‘risida ma’lum qilishi; 6) soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini o‘z vaqtida yetkazishi; Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling