87.Судта иш кўриш босқичлари .
Sud instansiyasi – sud ishlarini hal qilish bilan bog’liq ayrim sudlov vazifasini, ya’ni ishni mazmuni bo’yicha qaror qabul qilish, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi, adolatliligini tekshirish vazifasini bajaruvchi sud yoki uning tarkibiy bo’linmasi;
Birinchi instansiya – umumiy yurisdiktsiya sudlarining ishlarini birinchi marotaba ko’rib chiqilishi;
Apellatsiya instansiyasi – qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligi yuzasidan berilgan shikoyat yoki protestlarni ko’rib chiqadi;
Kassatsiya instansiyasi – qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida ko’rib chiqilmagan ishlar yuzasidan berilgan shikoyat yoki protestlarni ko’rib chiqadi;
Nazorat instansiyasi – qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya va kassatsiya tartibida ko’rib chiqilgan, protest keltirish huquqiga ega bo’lgan sud raisi yoki prokuror tomonidan keltirilgan protestlarga asosan qarorlarning qonuniyligi, asosliligi, adolatliligini ko’rib chiqadi;
Jinoyat ishlarini ko’rishda birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellatsiya shikoyatlari va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin.
88.Судьянинг ваколат муддати ва уни ҳисоблаш тартиби
71-modda. Sudyaning vakolatlari muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va lavozimda bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi.
Sudyaning vakolatlari muddati uning sudyalik lavozimida bo‘lgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun — oltmish besh yoshni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi o‘zining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yilgacha, boshqa sudlar sudyasining yoshi esa O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan xuddi shunday besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |