2 -amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yaylovlarda tarqalgan efemer va efemeroid o’simliklar


Download 0.6 Mb.
bet2/4
Sana31.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1311781
1   2   3   4
Bog'liq
2 -Amaliy mashg’ulot

Ko‘payish usuli: Ilakda urug‘i bilan ko‘payishga nisbatan, vegetativ usulda ko‘payish ustunlik qiladi. Asosiy massasi tuproqning yuza qismida (5-18 sm) joylashgan bo‘lib, ayrim Yaxshi taraqqiy etgan ildizlarning rivojlanish chuqurligi Qizilqum sharoitida 1-1,4 metrga etadi.
O‘sish sharoitiga qarab maydon birligida ilak-novdalarining miqdori 1 m2 da 150 dan 825 donagacha etadi.
YAylovbopligi: Qumli cho‘l Yaylovlarida ilakning ozuqaboplik mohiYati nihoYatda muhim: ilak barcha turdagi mollar uchun a’lo darajada foydalaniladigan bahorgi, vitaminlarga boy ko‘kat hisoblanadi. Quriganidan keyin ham o‘sgan joyida tezda buzilmasdan saqlanib qolishi tufayli ilakning eyiluvchanligi tugamaydi.
To‘yimliligi: Bahorda ilak pichanida (gullash fazasi) tarkibida 24,8% protein mavjud.
100 kg pichanida 94 ozuqa birligi va 10 kg engil hazm bo‘luvchan oqsil bor.
Ilakning vegetatsiYasi tugashi bilan uning ozuqaviy qiymati biroz kamaYadi va 100 kg quruq xashagida 60 ozuqa birligi va 3,3 kg hazm bo‘luvchan oqsil mavjud. Karotin va S vitaminiga (100-24,3 mg\kg) boy.
Ilak formatsiYasining floristik tarkibi 3-5 tur buta va Yarim butalar, 2-4 efemeroidlar, ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar va 22 tur efemerlardan iborat (Granitov, 1967).
VegetatsiYa davrida pichani tarkibida 17% protein va kam (26,3%) miqdorda kletchatka mavjud.
100 kg xashagida bahorda 83,- yozda 48, kuzda -41, va qishda- 34 ozuqa birligi va 4,9 kg engil hazm bo‘luvchan protein mavjud. Pichan tayyorlash uchun ham Yaroqli. YOzda vegetatsiYasi tugagach ozuqaviy qiymati sezilarli pasaYadi.
Qo‘ng‘irboshning hosili aktiv o‘sish davrining gidrotermik sharoitlarining qulayligi bilan belgilanadi: issiq va sernam bahor sharoitida, odatda eng yuqori (6-10 s/ga) hosil to‘playdi.
Ob-havo noqulay kelgan yillari qo‘ng‘irboshning hosildorligi 1,0-1,5 s/gacha pasayib ketadi.
Qo‘ng‘irbosh – cho‘lning diqqatga sazovor va chuqur o‘rganishga arzirli ozuqabop o‘simligi sirasiga kiradi. CHo‘lning turli tuproq-iqlim sharoitida olib borilgan tajribalar bu o‘simlik ekin sharoitida tabiiy holda o‘sishiga nisbatan ancha yuqori hosil to‘plash imkoniYatiga ega ekanligini ko‘rsatmoqda (Nurimov, 1992).

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling