2 -amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yaylovlarda tarqalgan efemer va efemeroid o’simliklar


Download 0.6 Mb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1311781
1   2   3   4
Bog'liq
2 -Amaliy mashg’ulot

Hosildorligi: O‘zbekistonda qo‘ng‘irboshning «Rohat» navi Yaratilgan, u gektaridan 8-10 sentner pichan hosili to‘plashga qodir.
Ko‘payish usuli: Tirik piyozchalari yordamida hamda chimlarining ikkilanish, parchalanish vositasi bilan ko‘paYadi.


Malcolmia turkestanica Litv., M.grandifora.
M.africana
Mahalliy nomlari: chitir (o‘zb, tojik) shtir (qozoq)
Botanik tavsifi. CHitirlarnomi bilan Markaziy Osiyo cho‘l xududlarida bu o‘simlikning bir necha (14) turlari tarqalgan.
Ular krestguldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, o‘rtacha 10-15 smdan tortib Yarim metrgacha etadigan bir yillik o‘simliklar (rasm 4).

Rasm 4. Chitir
Turlarga qarab o‘simlikning poYasi kamshoxliligidan tortib ser yon shoxchalar hosil qiluvchilargacha mavjud.
PoYasi, barglari va novdalari mayda tukchalar bilan qoplangan.
Barglari cho‘zinchoq, qirrali va lansetsimon, to‘pgullari tarqoq, aksariYat novdalarning uch qismida joylashgan.
Gultojlari juftli, binafsha rangli, uzunligi 2,5-3,5 mm. Gulbarglari cho‘zinchoq, qizg‘ish, binafsha rangda.
EkologiYasi:aksariYat Markaziy Osiyo va Kavkazning cho‘l va adir mintaqalarida tarqalgan.
Asosiy tarqalish sharoitlari- soz, qumoq, qumli tuproqlar. Taqirsomon tuproqlarda ham o‘saveradi, hatto begona o‘t sifatida ekinzorlarda ham uchraydi. Tarqalishining o‘ziga xosligi shundaki, siyrak-siyrak maydonlarda o‘sib, Yaxlit yirik maydonlar har yiliham hosil qilmaydi.
FenologiYasi: fevralning oxiri-martning boshlanishida maysalaydi, martda jadal o‘sadi, aprelda gullaydi, may oyida urug‘lari pishib etiladi.
Urug‘lar pishib etilgach tezda o‘simlik qoplamida siyraklashib qoladi.
Eng yuqori oziqa zahiralari to‘plash davri ham aynan ko‘klam fasliga to‘g‘ri keladi, yozning boshlaridayoq Yalpi to‘plangan hosilning uchdan bir qismigina saqlanib qoladi, xolos.
YAylovbopligi: ko‘kat holatida, quriganidan keyinroq ham chitirlar to‘yimli ozuqabop turlar jumlasiga kiradi.
Uni cho‘lda urchitiladigan barcha q/h hayvonlari xush ko‘rib istemol qiladi. Semirtiruvchi ozuqa hisoblanadi.
Madaniylashtirish uchun e’tiborga loiq tur. Yirik shoxli mollar qo‘y-echkilarga nisbatan kamroq istemol qiladi.
To‘yimliligi: ta’kidlaganimizdek, chitirlar proteinga boy o‘simliklar guruhiga kiritilgan. Ozuqasining tarkibida 26-32 % gacha protein, 19,3-32,2 % kletchatka, 25,9-46,8% AEM, 1,8-4,2 yog‘ va 14,7-17,7% kul moddalari saqlaydi.
100 kg abs. quruq pichani tarkibida 96,2 ozuqa birligi va 18 kg engil hazm bo‘luvchan oqsil borligi aniqlangan.
Gullari mayda, aksariYat oq rangli, shingilcha to‘plangan; mevasi tumorsimon uchburchak shaklidagi quzoqcha, pishgach mevasi ochilib urug‘lar sochilib ketadi.
EkologiYasi: turli ekologik muhitda o‘suvchan tur. U aksariYat begona o‘t sifatida turli ekin maydonlari, tashlandiq maydonchalar, yo‘llar atroflarida keng tarqalgan. Tuproq tipi mexanik tarkibiga unchalik talabchan emas; qumoq maydonlarda jadalroq rivojlanadi.
FenologiYasi: maysalashi ob-havo sharoiti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bahor iliq va sernam bo‘lganda vegetatsiYasi Yanvar-fevraldayoq boshlanadi, aprelgacha gullaydi, urug‘lari may – iyunda pishadi.
YAylovbopligi: YAkka va toza holda keng maydonlar hosil qilmaganligi sababli ozuqabop o‘simlik sifatida unchalik yuqori baholanmaydi, biroq shifobaxshligi jihatidan xalk tabobati va tibbiyotda katta ahamiYat kasb etadi.
To‘yimliligi:ozuqaning to‘yimliligi jihatidan I.V.Larin va boshqalar (1951) ma’lumotlari asosida absolyutquruq pichani tarkibida 13,2% protein, 3,9% yog‘, 28% AEM va 45,8% kletchatka saqlaydi. Urug‘larida 17-35% yog‘, ko‘katida 120-140 mg% S vitamini mavjud.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling