2 – bosqich, guruh talabasi


Download 73.83 Kb.
bet3/6
Sana16.03.2023
Hajmi73.83 Kb.
#1272671
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars mashg\'ulotlarini rejalashtirish.

Kurs ishining predmeti: Chizmachilik fanlarni o‘qitish jarayonining metod va vositalari.
1.CHIZMACHILIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Chizmachilikning rivojlanishi, asosan, rasm chizishdan boshlangan. Odamlar hali yozishni bilmagan xolda O’zlari qurgan narsalarning tasvirini chizganlar. Ibtidoiy odamlarning qoyalar, g’or devorlari va boshqa joylarga o’yib ishlagan tasvirlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bunday qoyalarga o’yilgan tasvirlar Yenisey daryosining qirg’oqlarida, Qozog’iston, O’zbekistan, Oltoy va vatanimizning boshqa yerlarida topilgan. Shu kabi oddiy rasmlarni tasvirlash asosida birinchi yozuvlar kashf etilgan.
Uch o’lchamlik geometrik shakllarni (inshootlarni) grafik usulda shartli belgilar yordamida tekislikda tasvirlash va undan foydalanish g’oyalari insoniyat jamiyati rivojlanishida ko’p yillik tarixga ega. Misol tariqasida eramizdan oldingi 2500 yilga mansub bo’lgan Misrdagi Vavilon haykalini keltiramiz. Vavilonning tizzasidagi plitada saroy plani va uning masshtabi tasvirlangan (2-shakl).
Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash usullarini ishlab chiqarish, ularni amalda tatbiq qilish nazariyasini rivojlantirish sohasida bir qancha olimlar yetakchi o’rin egallaganlar. Bulardan qadimgi grek olimlari Esxil, Anaksagor, Demokrit, kuzatish perspektivasi (optika) bo’yicha asar yaratgan olim Eliodora Larissksy, Yevklid O’zining Optika asarida kuzatish perspektivasi bo’yicha 12 aksioma, 61 teorema va nazariya yaratdi. Qadimgi Rim arxitektori Vitruviy «Arxitekura sohasida o’n kitob» asarida qurilish chizmachiligiga taalluqli plan, fasad va proeksiyalar haqida ma‘lumotlar bergan.
Chizmachilik fanining rivojlanishida Sharq olimlarining buyuk mutafakkirlarining o’rni beqiyosdir. O’rta Osiyo olimlaridan buyuk mutafakkir Abu Rayxon Beruniy O’z ilmiy ishlarida proeksiyalar metodini tatbiq etib, chizmalar chizgan va undan foydalangan. U biror jismni tasvirlovchi chizmani chizishda uning ko’rinishlariga e‘tibor berilishiga to’xtalib, shunday deb yozgan: «To’g’ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir jonivor turibdi deb faraz qilinsa, u holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, o’ngi, so’li, usti va osti bo’ladi», Abu Rayhon Beruniy O’z ilmiy ishlarida foydalangan asboblarni chizmalar yordamida yasagan. Beruniy o’zining ―Ma‘sud qonuni‖ kitobida yer shari sathini biridan qaraganda ikkinchisi ko’rinmaydigan joylar o’rtasidagi masaofalarni o’lchash va natijalarni maxsus xaritalarida tasvirlash masalalari ustida to’xtalib o’tadi. Bunda u tanlab olingan markaz atrofida har xil radiuslarda 90 ta aylana va shu markazdan tarqalgan 300 ta nur yordamida hosil qilingan maxsus turdan foydalanish mumkinligini aytadi.
Tarixiy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatadiki, odamlar hali yozuv dunyoga kelmagan davrlardayoq atrofidagi turli buyumlarning rasmini chiza boshlaganlar va o’zaro bo’lgan muloqotda tasvirlardan foydalanganlar. Ibtidoiy odamlar yaratgan qoyalardagi tasvirlar hozirgi to’g’ri burchakli (ortogonal) tasvirlarga taxminan to’g’ri keladi. Ko’pincha, mamont, bizon va boshqa hayvonlarni yakka-yakka qilib tasvirlangan. Shundan buyon avvallari oddiyroq, keyinchalik esa undan murakkabroq inshoot va buyumlarning tasvirlarini chiza boshladilar. Avvallari rasmning roli ortib bordi, keyinchalik chizmalarning roli keskin oshdi. Chunonchi inson ongi taraqqiy etgan sari fan-madaniyat shakllana bordi. Ishlab chiqarish, me‘morchilik taraqqiy eta boshladi. Bular o’z o’rnida grafikaning asosiy turi hisoblangan chizmalarning mohiyatini orttira boshladi. Uy-joylar, qo’rg’onlar va boshqa inshootlarni qurish davrida birinchi chizmalar paydo bo’ldi. Dastlabki chizmalarda faqat bitta tasvir bo’lib, uni reja deb atashadi. Odatda, bu rejalarni to’g’ridan-to’g’ri qurilajak inshootlarning o’rniga, ya‘ni yer sirtiga, haqiqiy kattaligi bilan bajariladi. Bunday chizmalarni yasash uchun birinchi chizmachilik asboblari-yog’ochdan yasalgan sirkul-o’lchagich, arqon yasalgan to’g’ri burchakli uchburchaklar yaratiladi.
Keyinchalik bunday reja chizmalarni pergament qog’ozda, daraxtlarda va xolostga kichraytirib bajarila boshlandi. Dastlabki chizmalar bilan rasm o’rtasida deyarli farq bo’lmagan. Tasvirlar ko’z bilan chamalab qo’lda chizilgan, Sank-Peterburgdagi Ermitajda saklanayotgan Sug’d laganchasiga o’yib tushurilgan ko’shk fasadi chizmasi (V-VII asr) ga e‘tibor bersak, bu chizmada o’lchamlar qo’yilmagan. Bunday chizmalar tasvirlangan narsalar haqida taxminiy tasavvur bera olgan xolos. Sharq miniatyuralarida uzoqdagi narsalar rasmi teparoqda, yaqindagi narsalar esa pastroqda bir xil kattalikda tasvirlangan. Ko’p tasvirlar, hozirgi zamon qiyshiq burchakli frontal izometriya, trimetriya yoki qiyshiq burchakli frontal dimetriya ko’rinishiga mos keladi. XV asrda qurilgan Go’ramir maqbarasi va madrasalar tasviri berilgan. Keyinchalik chizmalarda buyumning shaklini, shuningdek, o’lchamini ko’rsatishga harakat qilinadi, chizmalar asta-sekin takomillashib borgan. Unda tasvirlangan inshootlar taxminan ancha aniq aks ettirilgan va chizmachilik asboblaridan foydalanilganligi ko’rinib turibdi.
Rossiyada kemasozlikning rivojlanishi natijasida yanada aniqroq chizma masshtabiga qattiq rioya qilingan chizmalar paydo bo’ldi. Bunda uzunligi, kengligi va balandligi tasvirlangan uchta proeksiyadan foydalana boshlandi. 1719 - yilda Pyotr I tomonidan proeksiya nurlaridan foydalanib, chizilgan eshikli qayiq chizmasi ko’rsatilgan. XVIII asrda chizmalar g’oyatda puxta va rangli tusda bajarildi. Bu chizmalarda shartli qirqimlar bajarildi va buyumning kesilgan qismi materialiga qarab bo’yab ko’rsatildi.
Oldin metodika so‘zining ma’nosini va uning ahamiyatini aniqlab olamiz. «Metodika» so'zi qadimgi grekcha «metodos» so'zidan olingan bo'lib «tadqiqot yo‘li», «bilish usuli» ma'nolarini bildiradi. Uslub, vosita yoki harakatni amalga oshirish yo‘liga metod deyiladi. Biror ishni bajarish usullari va metodlari yig'indisiga metodika deyiladi. Shu bilan birgalikda metodika pedagogikaning aniq bir o‘quv fanini, jumladan chizmachilikni ham o‘qitish qonuniyatlarini o‘rganadigan boMimi hisobianadi. Muhandislik grafikasini o ‘qitish metodikasi fani ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda umumta’lim maktablari va kasb-hunar maktablarida chizmachilik (muhandislik grafikasi) fanini o'rganishdan maqsad, fanning mazmuni va o‘quvchilar grafik ishlami bajarishdagi eng qulay ish uslublarini hamda o ‘quv jarayonini samarali tashkil qilishning shakl va vositalarini o‘rganadigan fan hisobianadi.
Chizmachilikni o‘qitish metodikasi oldida pedagogika fani tannog sifatida quyidagi vazifalar turadi:
1. Umumta'lim maktablarida chizmachilik o ‘qitishning aniq maqsadlarini va uning fan sifatida bilim berish hamda tarbiyaviy ahamiyatlarini aniqlash;
2. O‘qitishning mazmuni va strukturasini aniqlash;
3. O‘quvchiiaming mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarini ta’minlovchi o‘qitishning eng qulay uslub, vosita va shakllarini ishlab chiqish;
4. O‘quvchilaming bilim olish jarayonini tadqiqot qilish.
Chizmachilikni o'qitish metodikasida kursning asosiy bo'lim va mavzularini o‘rganishning samarali usuliari, chizmaiami o‘qish va bajarish ko'nikmalarini shakllantirish metodikasi, grafik masalalaming roli va ulardan o‘qitishda foydalanish uslublari kabilar o'rganiladi.
Chizmachilikni o'qitish metodikasi chizmachilik kursining nazariy masalalarini o‘rganadi. Bunda:
chizmachilik kursini maktabda o‘qitishning maqsad va vazifalari;
o‘qitishning tashkiliy shakl va metodlarini ishlab chiqish;
o‘qitishning metodik vositalari (o‘quv - ko‘rgazmali qurollar va jihozlar)ni tanlash, ishlab chiqish va tadqiqot qilish;
chizmachilikning boshqa fanlar bilan aloqalarini (matematika, mehnat,...) hamda kurs mazmunini ochib beruvchi tushunchalami aniqlash va hokazolar kiradi.
Xususiy metodikada dastur mavzularini o‘rganish ketma-ketligi tushunchalarini shakllantirish usullari; ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar; grafik hamda amaliy ishlarining mazmunlari va hokazolar o‘rganiladi.
Chizmachilik (grafika) o’qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi axborotlarni grafik ko‘rinishda tasvirlashdan iborat. Grafika insonlaming vizual madaniyati savodxonligi sifatida qaralib, bugungi kunda texnika, texnologiya, ta’lim, tibbiyot, sanoat, loyihalash va dizayn kabi inson faoliyatining deyarli hamma sohalari amaliyotida keng qo’llaniladi. Nisbatan kichkina hajmdagi grafik tasvirlar (chizmalar)ning juda katta hajmdagi axborotlami uzatish imkoniyati mavjudligini va bu axborotlarda tasvirlanayotgan obyekt haqidagi hamma ma’lumotlaming to‘liq yoritilishini e’tiborga olsak, grafikani insonlaming kasbiy hamda kundalik turmushdagi muloqotlarida eng sodda va tabiiy vositalardan biri deb qarashimiz mumkin.
Umumta’lim maktablaridagi chizmachilikning o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini, ko‘z bilan chamalash, ko‘rish xotirasi, topqirlik va ijodkorlik qobiliyatiarini rivojlantirishdagi ahamiyati juda katta.
Ma’lumki ta’lim metodlari haqidagi ilm didaktika deb ataladi.
Chizmachilik o’qitish metodikasi pedagogik ilmning bir shaxobchasi bo’la turib uning uzi ham ilmiy fan xisoblanadi.
Obektiv olamni bilim jarayoni ta’lim va tarbiya qonuniyatlarini bilishni taqazo qiladi. Chizmachilik metodikasi o’quvchilarning grafik savodxonligini oshilishda materiallar mazmuni, o’qitish metodlari grafik ishlar bajarishning oqilona metodlari, ta’lim va tarbiyaning mushtarakligini taminlovchi o’qish prosesini tashkil qiluvchi ilmdir.
Chizmachilik metodikasi boshqa fanlar orasida pedagogik ilmning bir soxasi sifatida alohida o’rin tutadi. Chizmachilik metodikasi umumiy va xususiy bo’lib ikkiga bo’linadi.
Chizmachilikning umumiy metodikasi xususiy ta’lim nazariyasi xisoblanadi. Chizmachilikning umumiy metodikasi doirasiga quyidagi masalalar kiradi.
1.Chizmachilik o’qish fani sifatida uning bilim va tarbiyaviy mazmunaviy aniqlash; Chizmachilikning maktab ta’lim tizimidagi o’rni uning vazifalari va o’ziga xos xususiyaitlari.
2. Chizmachilik bo’yicha ta’lim dasturing asoslash va ta’limning mazmunini ochib berish va tasdiqlash.
3. O’quvchilarda bilim ko’nikma va malakani ta’minlash bo’yicha metodlar va ta’limni tashkil qilish shakllarini ishlab chiqish.
4. Ta’lim-metodik vositalarini tekshirish va tomlangan metodik vositalarni ishlab chiqish.
5. Chizmachilik metodikasi soxasida tekshirish metodlarini ishlab chiqsin: tushunchalar, atamalarni aniqlash, chizmachalik metodikasinin boshqa ilmlar bilan aloqasini aniqlash. Shunday qilib chizmachilik umumiy metodikasini toza pedagogik xodisalarning qonuniyatlarini tekshiradi.
Chizmachilikning xususiy metodikasi alohida maqsad va vazifalarga ega bo’lib, unda umumiy metodikada berilgan qonuniyatlarga asoslanib chizmachilik o’qitishning amaliy tomonlari ya’ni aniq yo’llarini ko’rsatuvchi masalalarni echadi. Chizmachilikning xususiy metodikasida mavzular o’rganishning ketma-ketligi o’quv qo’llanmalari bo’yicha tavsiyalar, mustaqil ishlash uchun grafik vazifalar va mashqlar xajmi beriladi. Chizmachilikni o’qitish jarayoni uning xamma komponentlari bilanbog’liqlikdako’riladi, ya’ni, kursning mazmun, uning masalalari bilan bo’gliklikda, o’qitish metodlari, uning mazmuni bilan bo’gliklikda, o’qish jarayonini jixozlash va tashkil qilish uning mazmuni va metodlari bilan kurilish zarur.
Chizmachilik umumiy metodikasini vazifasi chizmachilikni o’qish predmeti sifatida o’qitish jarayoni ta’lim nazariyasini ishlab chiqish va qonuniyatlarini ochishdan iboratdir.
Chizmachilik metodikasi didaktika bilan bog’langan chunki chizmachilik o’qitishning unga xos tomonlari ana shu asosda ochib beriladi.,
Didaktikaga nisbatan chizmachilik metodikasida ta’lim nazariyasining xususiy masalalari ko’riladi. Shuning uchun xam chizmachilik metodikasini xususiy didaktika xam
deyishadi.
Pedagogika va metodika pedagogika ilmining bir shoxobchasi sifatida psixologiya bilan tiqiz bog’liqdir, chunki chizmachilik o’qitish jarayonini takommilashtirishda injenerik va pedagogik psixologiya qonuniyatlariga asoslanadi. Bular idrok qilish, o’zlashitirish eslab qolish kuzatuvchanlikni va fazoviy tafakkuri rivojlantirish, fazoviy shakllar bo’yicha tasavuri shakllantirish singari psixik jarayonlarda namoyon buladi. O’qituvchi xamma vaqt o’quvchilarga o’tkazayotgan pedagogik ta’sirga o’quvchilardagi javob xarakatini tekshirib borishi va o’z faoliyatiga tuzatishlar kiritib borish zarur. Ta’lim va metod masalalari va o’quvchilar faoliyatini tekshirib borish,o’quvchilarning psixik faoliyati bilan tiqiz bog’liqdir. O’z navbatida psixrlogiya o’quvchilarda grafik bilim, ko’nikma va malaka shakllanishi jarayonida kuzatishlar orqali olingan natijalarga tayanadi
Metodika bilan psixologiya, uning didaktika bilan bog’likligi singari o’zaro aloqada bo’ladi.
Chizmachilik metodikasi ayni vaqtda chizmachilikning nazariy asosi bo’lgan chizma geometriya bilan davomi orqasida bilan aloqada bo’lishi zarur, chunki mavzularni o’tish metodikasini ishlab chiqish jaryonida nazariy asoslarni chetlab o’tib bo’lmaydi.
O’qitish prosessini takomillashtirish va samarador o’qitish metodlarini yaratish uchun maxsus ilmiy tekshirish shaklari olib boriladi.
Chizmachilik metodikasi o’quv ishlari yo’llarini shakllantirish jarayonini tekshirish bilan bir qator o’quvchilarning grafik ishlarni bajarish jarayoyaidagi xarakat malakalarining shakllanishiga jarayonini tekshirish muxim axamiyatiga ega.
Tekshirishlardagi kuzatishlardan shu narsa ma’lumki chizmachilikni endi boshlagan o’quvchilarda chizmani bajarishda katta xarakat kuchi talab qilinadi. Shuning uchun chizmani bajarish vaqtidagi o’quvchining xarakat usullarini ishlab chiqish katta axamiyatiga ega.
Grafik xarakatlarni tekshirishning keng tlrqalgan qsullari quyidagilardir: giklografiya xarakat kinematikasini qayd etish:
genzometriya va pe’zometriya nur sarf qilsh yoki qurish darajasini qayd etish,xronomertaj vaqtni qayd etish;
okulografiya- ko’rish idroki jarayonida ko’z xarajatini qayd etish;
multipikatsiyalash- grafik tasvirlarning loxida elementlarini chizilish ketma-ketligini qayd etish.

Download 73.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling