2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok


-§. Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana22.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1649942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC (1)

6-§. Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi
Konstitutsiyaning 40-moddasi “H ar bir inson malakali tibbiy 
xizmatdan foydalanish huquqiga ega”ligini m u stah k am lag an .
Bu huquq insonning hayotga, yashashga bo'lgan huquqining 
qo'shimcha kafolatidir. Inson sog‘-salomat, jismoniy kamchiliksiz 
yashasa, baxtli hayot kechirishi mumkin. Inson o‘z s o g ‘lig‘iga o‘zi 
turli yo'llar bilan g ‘amxo‘rlik qiladi va bunda davlatning ko‘magiga, 
yordamiga tayanadi.
Davlat insonning s o g ‘lig‘ini himoya qilib, u la rg a malakali 
tibbiy xizmatdan foydalanishga im koniyat y aratib beradi. Bu 
huquq amal qilganda m am lakatda inson salo m atlig ini saqlovchi, 
tiklovchi m uassasalarni. malakali, bilimli m u ta x a s s is la r tizimi 
(kasalxona, poliklinika, sanatoriylar) faoliyat ko'rsatadi. Ular 
zamonaviy texnik vositalar orqali jihozlanadi. Inson salomatli- 
gini tiklovchi, saqlovchi m uassasala rn i t a ’m in lash n i davlat o'z 
zimmasiga oladi. Fuqarolarga tez yordam ko'rsatish xizm ati 
t a ’minlanadi.
176
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu huquqning amal qilishi natijasida har bir kishi tibbiy muas- 
sasalarga о z m uam m olari bilan murojaat qilishi va ulardan te ­
gishli yordam, m aslahat olishga haqlidir.
Sog lorn fuqarolar har bir mamlakatning eng qimmatli boyligi 
hisoblanadi. S huning uchun ham sog'lik uchun davlat m as’ul va o'z 
vazifasini bajarish uchun tegishli choralarni ko'radi. Bunday cho- 
ralar qatorida aholi o'rtasida profilaktika, emlash ishlari olib boriladi.
O'zbekistonda 2005-yilning “Sihat-salomatlik yili” deb belgi- 
lanishi va u asosda tibbiy xizmat ko'rsatish choralarining amalga 
oshirilishi, tibbiyotni isloh qilish bo'yicha o'tkazilayotgan tadbirlar 
insonlarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini kengaytirib, tib­
biy xizmatning yanada malakali bo'lishini ta’minlashga qaratildi.
M am lakatim izda 2006-yilning “Homiylar va shifokorlar yili” 
deb belgilanishi va unda ko'zda tutilgan tadbirlar ham tibbiyot so- 
hasini takomillashtirishga, tibbiyot xodimlarining malakasini oshi- 
rish, tu rm u sh sharoitini yaxshilashga, tibbiy yordamga muhtoj- 
larga yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishini ta ’minladi.
Davlatimizning sog'lom avlod uchun qayg'urishi va bu borada 
qilayotgan ishlari boshqa davlatlar uchun ham ibrat bo'lishi mum­
kin. O'zbekiston mustaqil davlat bo'lgach, orden va medallarni 
ta ’sis etar ekan, “Sog'lom avlod uchun” ordenini birinchi ordenlar 
qatorida ta ’sis etishi ham, m am lakatning inson sog'lig'i uchun, 
tibbiyot sohasidagi huquqlarni ta ’ininlash uchun alohida e’tibor be- 
rayotganligini ko'rsatadi.
“Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida”, “Psixiatriya yorda- 
mi to'g'risida”, “Vich (OIV infeksiyasi) infeksiyasiga qarshi kura- 
shish to'g'risida”gi (2013-yilda yangi tahrirda qabul qilindi) “Aholi- 
ni sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risida”gi qonunlar va boshqa 
qabul qilingan huquqiy hujjat va davlat dasturlari fuqarolarning 
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini ta ’minlashning 
huquqiy asoslaridir.
M am lakatim izda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish va bu 
boradagi ishlarning davom ettirilishi natijasida sezilarli va katta 
ahamiyatli ishlar olib borilmoqda, natijada, ko'plab sog'liqni saq­
lash m uassasalari zamonaviy meditsina texnika vositalari bilan 
ta’minlandi; aholiga xizmat ko'rsatish sifati yaxshilanib bormoqda.
177
www.ziyouz.com kutubxonasi


B u la rn in g amaliy ifodasini Respublikamiz aholisining um r ko‘- 
rish ko'rsatkichi vuqorilab borayotganligida, bolalar va onalar o'limi 
k am ayib borayotganligida, bolalarni turli kasalliklarga qarshi em- 
lash davlat hisobidan am alg a oshirilayotganligida ko'rish mumkin.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling