Tafakkur qonunlari va ularning izohini
|
Tafakkur qonunlarining formulalarini keltiring
|
Ayniyat qonuni. Ob’yektiv voqelikdagi predmet va hodisalarning doimo o’zgarib turishiga qaramay, ularda nisbiy barqarorlik mavjud, u o’z ifodasini ayniyat qonunida topadi.
Predmetlar va hodisalar bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi, lekin ular ma’lum vaqtda ma’lum xususiyatlarni saqlab qoladi, o’sha ma’lum predmetli yoki hodisalik holatidan chiqib qolmaydi
|
Ayniyat qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: ma’lum bir predmet va hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr, ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o’z-o’ziga tengdir. U «A-Adir» formulasi orqali beriladi
|
Ziddiyat qonuni. Kishilar o’z faoliyatlarida predmet va hodisalar bir vaqtda, bir sharoitda biror xususiyatga ham ega bo’lishi, ham ega bo’lmasligi mumkin emasligini bilganlar.Bu hodisa bilimimizda ziddiyat qonuni sifatida shakllanib qolgan. Ziddiyat qonuni tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo’lishini ta’minlaydi.
|
Bu qonun «A ham B emas bo’la olmaydi» formulasi orqali beriladi
|
Uchinchisi istisno qonuni. Uchinchisi istisno qonuni ziddiyat qonuni bilan uzviy bog’liq bo’lib u ikki o’zaro zid fikrning munosabatini ifodalaydi. Bilish jarayonida biz fikrimizda ob’yektiv olamdagi predmet va hodisalarning ayni bir vaqtda mavjud yoki mavjud emasligini, ularga biror xususiyat xos yoki xos emasligini aks ettiramiz.
|
chinchisi istisno qonuni «A B yoki B emasdir» formulasi orqali beriladi. Masalan, «Axmedov mantiqni o’rgangan», «Axmedov mantiqni o’rganmagan» degan ikki zid fikr berilgan bo’lsa, ularning biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi xolning bo’lishi mumkin emas.
|
Yetarli asos qonuni. Tabiat va jamiyatdagi predmet va xodisalar bir – biri bilan bog’liq xolda rivojlanadi. Ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishlar eng muxim bog’lanishdir.
|
Yetarli asos qonuni «Agar B mavjud bo’lsa uning asosi sifatida A ham mavjud» formulasi orqali beriladi.
|