2- laboratoriya ishi mavzu: Konstruktsion materiallarning mexanik xossalari cho’zilishga mustaxkamligi. Ishning maqsadi


Download 328.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.01.2023
Hajmi328.58 Kb.
#1136184
  1   2   3
Bog'liq
2- LABORATORIYA ISHI (1)



2- LABORATORIYA ISHI 
MAVZU: Konstruktsion materiallarning mexanik xossalari (cho’zilishga 
mustaxkamligi. 
Ishning maqsadi. Konstruktsion materiallarning mexanik xossalarini 
aniqlash usullari bilan tanishish, turli tabiatli yuklamalar ta’sirida asosiy 
mexanik xossalarni aniqlash, olingan natijalarga ko’ra tegishli ГОСТ 
jadvallaridan markasini va ishlatilish joylarini belgilash.
Ishni bajarish tartibi: 
1. Umumiy ma`lumоt. 
2. Materiallarni statik yuklama bilan cho’zilishga sinash ( ГОСТ 
1497-84) 
3. Materiallarning zarbiy qovushqoqligini sinash 
Ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan uskuna va materiallar: 
1. Biologik mikroskop 
2. Tuzlar ammoniy xlor, xrom,
3. Shisha, pipetka 
4. Po`lat quymasi, qisqich
5. ТШ-2M tipidagi qattiqlikni o`lchash asbobi.
6. Metall sirtidagi izlarni o`lchash uchun lupalar.
7. Namuna komplekti.
8. Shtangentsirkul ШЦ-1.
9. Egov, jilvir qog`oz. 
1.Umumiy ma’lumot. 
Materiallarning turli tashqi yuklamalar ta’siriga yorilmay, sinmay 
qarshilik ko’rsatish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi. Konstruktorlar 
mashina detallarini yoki turli konstruktsiya elementlarini loyihalashda 
ularning ish sharoiti (qo’yiladigan yuklama tabiati va miqdori, muhit harorati 
va boshqa ko’rsatkichlar)ni xisobga olgan holda, texnika iqtisodiy talablarga 
javob beradigan bo’lishlari uchun ularning mexanik xossalarini, statik 
yuklama ta’sirida cho’zilishga ko’rsatadigan muvaqqat kuchlanishi (σ
т
), 
oquvchanlik chegarasi kuchlanishi (σ
0
), nisbiy chuziluvchanligi (δ), nisbiy 
ingichkalanuvchanligi (
ψ), qattiqligi (НВ yoki НR), zarbiy kuchlarga 
chidamligi, ya’ni qovushoqlik (КС) qiymaini, yo’nalishi va qiymati 
o’zgaruvchan (siklik) kuchlarga chidamliligini bilishlari kerak. Bu 
ko’rsatkichlarga ko’ra texnologlar zagotovkalarga oqilona ishlov berish 
usullarini va rejimlarini belgilaydi. 
Ma’lumki, real materiallar turli texnologik sabablarga ko’ra mutlaq toza 
bo’lmaydi. Ularda juda oz bo’lsada, begona qo’shimchalar bo’ladi. Ularning 
ba’zi birlarining atomlari metallarning fazoviy panjaralariga o’tishi, kristall 
panjara tugunlarida bo’sh joylar bo’lishi, chiziqli siljishlar va boshqa 
nuqsonlar hosil etadi. Shular sababli real materiallarning mustahkamlig i va 
boshqa xossalari ideal metallarnikidan ancha zaif bo’ladi. 
Masalan, real texnik temirning cho’zilishiga ko’rsatgan muvaqqat 
qarshilik kuchlanishi 
𝜎
𝑐ℎ
= 25 − 30 𝑘𝑔. 𝑘/𝑚𝑚
3
bo’lsa, ideal ipsimon tolali 


temirning cho’zilishga ko’rsatgan muvaqqat qarshilik kuchlanishi 𝜎
𝑐ℎ
=
1200 − 1300 𝑘𝑔. 𝑘/𝑚𝑚
2
dir. Bundan ko’rinadiki, real metallarning 
xossalarini ancha ko’tarish imkoniyatlari bor ekan. 

Download 328.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling