2- laboratoriya ishi mavzu: Konstruktsion materiallarning mexanik xossalari cho’zilishga mustaxkamligi. Ishning maqsadi
Download 328.58 Kb. Pdf ko'rish
|
2- LABORATORIYA ISHI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi: 1. Umumiy ma`lumоt. 2. Materiallarni statik yuklama bilan cho’zilishga sinash ( ГОСТ 1497-84)
- 1.Umumiy ma’lumot.
2- LABORATORIYA ISHI MAVZU: Konstruktsion materiallarning mexanik xossalari (cho’zilishga mustaxkamligi. Ishning maqsadi. Konstruktsion materiallarning mexanik xossalarini aniqlash usullari bilan tanishish, turli tabiatli yuklamalar ta’sirida asosiy mexanik xossalarni aniqlash, olingan natijalarga ko’ra tegishli ГОСТ jadvallaridan markasini va ishlatilish joylarini belgilash. Ishni bajarish tartibi: 1. Umumiy ma`lumоt. 2. Materiallarni statik yuklama bilan cho’zilishga sinash ( ГОСТ 1497-84) 3. Materiallarning zarbiy qovushqoqligini sinash Ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan uskuna va materiallar: 1. Biologik mikroskop 2. Tuzlar ammoniy xlor, xrom, 3. Shisha, pipetka 4. Po`lat quymasi, qisqich 5. ТШ-2M tipidagi qattiqlikni o`lchash asbobi. 6. Metall sirtidagi izlarni o`lchash uchun lupalar. 7. Namuna komplekti. 8. Shtangentsirkul ШЦ-1. 9. Egov, jilvir qog`oz. 1.Umumiy ma’lumot. Materiallarning turli tashqi yuklamalar ta’siriga yorilmay, sinmay qarshilik ko’rsatish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi. Konstruktorlar mashina detallarini yoki turli konstruktsiya elementlarini loyihalashda ularning ish sharoiti (qo’yiladigan yuklama tabiati va miqdori, muhit harorati va boshqa ko’rsatkichlar)ni xisobga olgan holda, texnika iqtisodiy talablarga javob beradigan bo’lishlari uchun ularning mexanik xossalarini, statik yuklama ta’sirida cho’zilishga ko’rsatadigan muvaqqat kuchlanishi (σ т ), oquvchanlik chegarasi kuchlanishi (σ 0 ), nisbiy chuziluvchanligi (δ), nisbiy ingichkalanuvchanligi ( ψ), qattiqligi (НВ yoki НR), zarbiy kuchlarga chidamligi, ya’ni qovushoqlik (КС) qiymaini, yo’nalishi va qiymati o’zgaruvchan (siklik) kuchlarga chidamliligini bilishlari kerak. Bu ko’rsatkichlarga ko’ra texnologlar zagotovkalarga oqilona ishlov berish usullarini va rejimlarini belgilaydi. Ma’lumki, real materiallar turli texnologik sabablarga ko’ra mutlaq toza bo’lmaydi. Ularda juda oz bo’lsada, begona qo’shimchalar bo’ladi. Ularning ba’zi birlarining atomlari metallarning fazoviy panjaralariga o’tishi, kristall panjara tugunlarida bo’sh joylar bo’lishi, chiziqli siljishlar va boshqa nuqsonlar hosil etadi. Shular sababli real materiallarning mustahkamlig i va boshqa xossalari ideal metallarnikidan ancha zaif bo’ladi. Masalan, real texnik temirning cho’zilishiga ko’rsatgan muvaqqat qarshilik kuchlanishi 𝜎 𝑐ℎ = 25 − 30 𝑘𝑔. 𝑘/𝑚𝑚 3 bo’lsa, ideal ipsimon tolali temirning cho’zilishga ko’rsatgan muvaqqat qarshilik kuchlanishi 𝜎 𝑐ℎ = 1200 − 1300 𝑘𝑔. 𝑘/𝑚𝑚 2 dir. Bundan ko’rinadiki, real metallarning xossalarini ancha ko’tarish imkoniyatlari bor ekan. Download 328.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling