2- маъруза. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, ieee 802 (ieee 802. 3, 802. 11, 802. 15, 802. 16) standartlari


Download 388.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.09.2023
Hajmi388.32 Kb.
#1689308
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MARUZA



2- МАЪРУЗА. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va 
simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) 
standartlari 
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga 
bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko‟pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi 
jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‟ra global, mintakaviy va lokal (mahalliy) 
tarmoqlar farqlanadi.
Qo‟llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki 
xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko‟pgina 
foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‟lgan bosh komp`yuter resurslarini 
taqdim etishga mo‟ljallangan. U „fayl-server‟ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning 
asosiy resursi fayllar bo‟lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki 
ma`lumotlarga ega fayllar bo‟lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng 
umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko‟p bo‟lishi 
kerak, chunki undan ko‟pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir 
qancha fayl - serverlar bo‟lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning 
birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini 
sanab o‟tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. 
Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‟pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun 
ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning 
asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server 
orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig‟idagi interfeys rolini bajaruvchi 
uncha katta bo‟lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy 
ta`minoti resurslardan jamoa bo‟lib foydalanishgagina mo‟ljallanib qolmay, ularni 
qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga 
mo‟ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo‟linmadan 
iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy 
ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar 
foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida 
ishlaydigan dastur - serverga so‟rov jo‟natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini 
qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi 
komp`yuteriga faqat bajarilgan so‟rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi 
serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko‟p) bilan 
ishlashga mo‟ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi 
(ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta 
ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta 
serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o‟tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari 
ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun 
so‟rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob‟yektlar 
tarmoq ob‟yektlari deyiladi. Tarmoq ob‟yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar 


kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni 
territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish 
mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) 
tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda 
joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday 
tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida 
amalga oshiriladi. 
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror 
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki 
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni 
birlashtiruvchi tarmoq. 
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni 
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, 
biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan 
cheklanishi mumkin. 
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli 
ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i 
keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga 
erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar 
orasida» ma‟nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning 
uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning 
ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi 
kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten 
muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa 
ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. 
Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. 
Bunday 
tamoyillar 
asosida 
kompyuter 
tarmoqlarining 
standart 
texnologiyalarini tavsiflash mumkin (2.1.-rasm). 
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi 

Download 388.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling