2 – Ma’ruza Mavzu: Moddiy nuqta dinamikasi. Dinamikaning asosiy vazifasi. Inersial va noinersial sanoq sistemalari. Nyutonning I qonuni (inersiya qonuni). Nyutonning II qonuni. Kuch. Nyutonning ш qonuni
Nyutonning butun olam tortishish qonuni
Download 0.54 Mb.
|
4b6538a44a1dfdc2b83477cd76dee98e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’irlik kuchi
Nyutonning butun olam tortishish qonuni
Uchta harakat qonunini yoritishdan tashqari, Isaak Nyuton shuningdek planetalarning va oyning harakatini ko‘rib chiqqan. Hususan u Oyni Yer atrofidagi deyarli aylanma harakat qilishi uchun uni ushlab turuvchi kuch tabiati haqida qiziqqan. S huningdek Nyuton gravitatsiya muammosi haqida ham o‘ylagan. Erkin tushuvchi jismlar tezlanish olgani uchun Nyuton,bu jismlar ularga ta’sir qiluvchi va og‘irlik kuchi deb ataluvchi kuch ta’sirida bo‘lishi kerak degan hulosaga kelgan. Har doim jismga ta’sir etadigan kuch biror boshqa jism tomonidan ta’sir etadi. Biroq gravitatsiya kuch ta’sir etadimi? Yer sirtidagi har bir jism gravitatsiya kuchi FG ning ta’sirini sezadi va jism qayerda joylashganligiga qaramasdan bu kuch Yerning markazi tomon yo‘nalgan bo‘ladi (2-3-rasm). Nyuton bu Yer bo‘lishi kerak va u o‘zining sirtidagi jismlarga gravitatsiya kuchi bilan ta’sir etadi degan xulosaga kelgan. Nyuton gravitatsion kuchning qiymatini, ya’ni Yerning Oyga ta’sirini Yer sirtidagi jismlarning og‘irlik kuchi bilan solishtirgan holda aniqlashga kirishdi va quyidagi hulosaga keldi: ixtiyoriy jismga Yer tomonidan ta’sir etuvchi gravitatsiya kuchi Fgrav yoki FG Yer markazidan jismlargacha bo‘lgan r masofaning kvadratiga proporsional ravishda kamayadi: FG1/r2. (2.16) Oy Yerdan 60 Yer radiusiga uzoq, shuning uchun unga Yer sirtiga yaqin niqtadagiga nisbatan 602=3600 marta kichikroq gravitatsiya kuchi ta’sir etadi1. Nyuton jismlarga ta’sir etuvchi gravitatsiya kuchi faqatgina masofaga bog‘liq emas, balki jismlarning massasiga ham bog‘liqligini tushundi. Aslida, u ularning massalariga to‘g‘ri proporsional. Nyutonning uchinchi qonuniga asosan, Yer ixtiyoriy jismga, Oy kabi, gravitatsion kuch bilan ta’sir etsa jismlar ham Yerga huddi shunday va qarama-qarshi yo‘nalgan kuch bilan ta’sir etadi (2.4–rasm). Bu simmetriya sababini Nyuton quyidagicha asosladi, gravitatsiya kuchining qiymati ikkala massaga proporsional bo‘lishi shart, ya’ni: FGmYmj/r2, (2.17) B unda mY va mj mos ravishda Yerning va jismning massalari, r – Yerning markazidan jismning markazigacha bo‘lgan masofa1. Nyuton gravitatsiyani analiz qilishda yanada chuqurlashdi. Sayyoralar orbitalarini ko‘rib chiqishda u quyidagi hulosaga keldi, turli sayyorarni Quyosh atrofidagi o‘z orbitalarida ushlab turish uchun kerak bo‘lgan kuch, ulardan Quyoshgacha bo‘lgam masofaning kvadratiga teskari teskari proporsional ravishda kamayadi. Bu uni quyidagi fikrga olib keldi: bu shuningdek har bir sayyorani o‘z orbitalarida ushlab turuvchi Quyosh va bu sayyolalar orasidagi og‘irlik kuchidir. Agar gravitatsiya bu ob’ektlar orasida ta’sir etsa, u holda nima uchun barja jismlar orasida tasir etmas ekan? Shunda qilib u o‘zining butun olam tortishish qonunini taklif qildi, va biz uni quyidagicha tariflashimiz mumkin:Koinotdagi har bir zarra boshqa bir zarrani ularning massalari ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional va ularning orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional kuch bilan tortadi. Bu kuch zarralarni birlashtiruvchi chiziq bo‘ylab ta’sir etyadi1. Gravitatsion kuchning qiymati quyidagicha yoziladi F=G , (2.18) bunda m1 va m2 – ikki zarraning massasi, r – ular orasidagi masofa, va G – gravitatsion doimiy bo‘lib, u tajriba yordamida aniqlanishi mumkin. G ning qiymati juda kichkina bo‘lishi kerak, chunki biz oddiy jismlar orasidagi tortishish kuchini bilmaymiz, masalan, ikkita beysbol koptogi orasidagi. Ikkita oddiy jismlar orasidagi ta’sir kuchini birinchi bo‘lib 1798 yili Genri Kavendish, Nyuton o‘z qonunini elon qilganidan 100 yilcha keyin o‘lchangan. Oddiy jismlar orasidagi juda kichik ta’sir kuchini aniqlash va o‘lchah uchun u 5-18–rasmda ko‘rsatilgan qurilmani ishlatgan. Kavendish Nyutoning ikkita jism bir-biriga tortilishi va (2.18) formula bu kuchni aniq ifodalashi haqidagi gipotezasini tasdiqladi. Bundan tashqari Kavendish FG, m1, m2 va r larni aniq o‘lchasi mumkin bo‘lgani uchun u doimiy G ning qiymatini ham aniq hisoblay olgan. Bugungi kunda uning qabul qilingan qiymati quyidagiga teng1. G=6,6710–11 Nm2/kg2. (Kitobning oxirida berilgan jadvalda barcha doimiylarning yuqori aniqlikdagi qiymatlari berilgan). (2.18) formula teskari kvadratlar qonuni deyiladi, chunki kuch r2 ga teskari proporsional1. [ Qat’iy qilib aytganda, (2.18) formula bir-biridan r masofada joylashgan bir zarra boshqasiga ko‘rsatuvchi gravitatsion kuchning kattaligini ko‘rsatadi1. Katta o‘lchamli jism (moddiy nuqta emas) uchun biz r masofani qanday o‘lchash mumkinligini ko‘rib chiqishimiz kerak. To‘g‘ri hisob-kitob shuni ko‘rsatadiki, har bir hajmiy jismni zarralar to‘plami deb qarash mumkin, natijaviy kuchni esabarcha zarralar kuchlarining yig‘ndisiga teng.Barcha zarralar bo‘yicha yig‘indiko‘pincha, Nyuton o‘zi o‘ylab topgan integral hisob yoramida amalga oshiriladi. Jismlarning tortishishi ularning orasidagi masofaga nisbatan kichik bo‘lganda (Yer–Quyosh sistemasi kabi), ularni moddiy nuqtalar deb qarash natijaga kichik hatolik beradi. Nyuton tashqaridanzarraga bir jinsli shar tomonidan ta’sir etuvchi gravitatsiya kuchi, huddi sharning barcha massasi uning markazida mujassamlashganidek bo‘lishi mumkinligini ko‘rsata olishi mumkin edi. Shunday qilib (2.18) formula markazlari orasidagi masofa r bo‘lgan ikki bir jinsli sharlar orasidagi to‘g‘ri kuchni beradi]1. Og’irlik kuchi G aliley ta’kidladiki, hamma jismlar Yer yuzasiga yaqin balandlikda bir xil tezlanish g bilan tushadi. Bu tezlanishni yuzaga keltiradigan kush tortishish yoki tortishish kuchi deyiladi. Bir jism ustida tortishish kuchi qanday ta'sirga ega? Og’irlik kuchiga Nyutonning II qonunini qo’llaymiz. Shunday qilib, bir jismga tasir etuvchi og’irlik kuchini quyidagicha yozish mumkin: Fg. = mg (2.19) Bu kuch yo'nalishi pastga Erning markaziga tomon bo'ladi XBS birliklari, g = 9.80 m /s2 shunday Yerdagi bir 1.00-kg massa og'irligi (1.00 kg ) x ( 9.80 m / s2) = 9.80 N .Bu asosan jismlarni og'irligi bilan bog'liq bo'ladi 9.80 N. Oyda, boshqa sayyoralarda yoki kosmosda, og'irlik kuchi Yerdagi ko'ra turli xil bo'ladi, deb qayd qilinadi.Jismning erkin tushishida gravitatsion kuch yoki og’irlik kuchi ta’sir qiladi.Agar jism tinch holatda bo’lsa hamma ta’sir qiluvchi kuchlar nolga teng bo’ladi1. Butun olam tortishish kuchining ko’rinishidan biri og’irlik kuchi, ya’ni jismlarning Yerga tortilish kuchidir. Agar Yerning massasini M bilan, radiusini R bilan, muayyan jismning massasini m bilan belgilansa, Yer sirti yaqinidagi jismning og’irlik kuchi butun olam tortishish qonuniga asosan quyidagiga teng bo’ladi: . (2.20) Bu og’irlik kuchi jismga qo’yilgan bo’lib, Yerni markaziga tomon yo’nalgan. Ikkinchi tomondan jismning og’irlik kuchi N’yutonning II qonuniga asosan: . (2.21) Jismning og’irlik kuchi jism massasi bilan erkin tushish tezlanishining ko’paytmasiga teng. (2.20) va (2.21) dan g ni topamiz: . (2.22) Demak, g jismning massasiga bog’liq bo’lmasdan hamma jismlar uchun bir xildir (gekv=9,78 m/s2, gqutb=9,83 m/s2). Jismning Yerdan h balandlikdagi og’irlik kuchi quyidagiga teng bo’ladi: . (2.23) Bundan tashqari erkin tushish tezlanishi Yerning geografik kengligiga va Yer qobig’i tuzilishiga ham bog’liqdir. Jismning og’irlik kuchi bilan jismning og’irligi (vazni)ni chalkashtirmaslik kerak. Jismning og’irligi deb, jismning Yerga tortishish kuchi tufayli tayanch yoki osmaga ta’sir qiladigan kuchiga aytiladi. Jismning og’irlik kuchi jismga qo’yilgan bo’lib, Yerning markaziga tomon yo’nalgan bo’ladi. Og’irlik esa, jism tomonidan tayanch va osmaga qo’yilgan bo’ladi.Og’irlik jism tayanchga tekkanida namoyon bo’ladi. Insonlar hayotida og’irlik kuchining ahamiyati kattadir. Bir-biriga tegib turgan jismlar yoki bir jismning o’zaro tegib turgan bo’lakchalari, bir-biriga nisbatan ko’chganda harakatga qarshilikning hosil bo’lishiga ishqalanish deyiladi. Bu paytda vujudga kelgan kuchlarga ishqalanish kuchlari deyiladi. Ishqalanish kuchlari doimo urinish sirti bo’ylab harakatga qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi. Ikkita tegib turgan jismlar bir-biriga nisbatan ko’chgandagi ishqalanishga tashqi ishqalanish deyiladi. Bitta yaxlit jismning qismlari orasidagi o’zaro ishqalanishga ichki ishqalanish deyiladi. Ikkita qattiq jism sirtlari orasidagi ishqalanish quruq ishqalanish deb ataladi. Qattiq jism bilan suyuqlik yoki gazsimon muhit yoki shunga o’xshash muhit qatlamlari orasidagi ishqalanish suyuq yoki qovushoq ishqalanish deyiladi. Quruq ishqalanish, sirpanish va dumalanish ishqalanishga bo’linadi. Quruq ishqalanishda ishqalanish kuchi faqat sirpanish yuzaga kelgandagina hosil bo’lmasdan, shuningdek sirpanishni amalga oshirishga uringan vaqtda ham yuzaga keladi. Tashqaridan qo’yilgan kuch tufayli hosil bo’layotgan qarshilik kuchi tinchlikdagi ishqalanishning maksimal kuchi ishk.max bo’ladi. Agar tashqi kuchning qiymati ishk.max dan kichik bo’lsa jism tinch holatda bo’ladi. Ammo > ishk.max bo’lsa, jism harakatga keladi (2.6-rasm). N – rеаksiya kuchi - tаshqi kuch ishk - nоrmаl bоsim kuchi. 2.21 – rаsm. Tajribalardan ishk.max , (2.24) ishk (2.25) ekanligi aniqlangan. Bu yerda - tinch holatdagi ishqalanish koeffitsenti bo’lib, tegib turgan sirtlarning tabiatiga bog’liq; - sirpanish koeffitsenti bo’lib, tegib turgan sirtlarning tabiatiga va bu sirtlarning bir-biriga nisbatan harakat tezligiga bog’liq. 2 ishk ishk.max O v
.7 – rasmda sirpanishda ishqalanish kuchining nisbiy tezlikka bog’liqlik grafigi keltirilgan. Kichik tezliklarda ishk.max= ishk bo’ladi, shuning uchun deb olinadi. (2.24) ifodani 1699 yilda Amontan topgan. (2.25) ifodani 1785 yilda Kulon topgan. Shunday qilib, ishqalanish kuchi uchun Amontan-Kulon qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Ishqalanish kuchi jism sirtlarini bir-biriga siqib turuvchi normal bosim kuchiga to’g’ri proporsional, ya’ni Fishk , (2.26) . (2.27) Ishqalanish koeffitsenti deb, ishqalanish kuchi normal bosim kuchining qancha qismini tashkil etishini ko’rsatuvchi o’lchamsiz songa aytiladi. Ishqalanish koeffitsentining qiymati ishqalanuvchi jismlarning materialiga, sirtlarning silliqligiga, tezlikka, sirtlarning holatiga bog’liqdir. G’ildirak yoki g’ildiraksimon jismlar sirpanishsiz dumalaganda, dumalashdagi ishqalanish kuchi yuzaga keladi. Bu kuch, sirtni og’irlik kuchi ta’sirida deformasiyalanishi tufayli hosil bo’ladi. Fd.ishk . (2.28) S – dumalanishdagi ishqalanish koeffitsenti bo’lib, ta’sirlashayotgan sirtlarning holatiga va jism materialiga bog’liq. Uzunlik birligida o’lchanadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling