2 – Ma’ruza Mavzu: Moddiy nuqta dinamikasi. Dinamikaning asosiy vazifasi. Inersial va noinersial sanoq sistemalari. Nyutonning I qonuni (inersiya qonuni). Nyutonning II qonuni. Kuch. Nyutonning ш qonuni


Download 0.54 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1543652
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4b6538a44a1dfdc2b83477cd76dee98e


2 – Ma’ruza
Mavzu: Moddiy nuqta dinamikasi. Dinamikaning asosiy vazifasi. Inersial va noinersial sanoq sistemalari. Nyutonning I qonuni (inersiya qonuni). Nyutonning II qonuni. Kuch. Nyutonning Ш qonuni. Tabiatdagi o’zaro ta’sir turlari. Og’irlik kuchi. Og’irlik. Ishqalanish kuchlari.


Mavzu rejasi

  1. Dinamikaning asosiy vazifasi.

  1. Inersial va noinersial sanoq sistemalari.

  1. Nyutoning I qonuni (inersiya qonuni).

  2. Nyutonning II qonuni. Kuch. Massa. Zichlik.

  3. Impuls va impulsning o’zgarish qonuni. Kuch impulsi.

  4. Nyutonning III qonuni.

  5. Ishqalanish kuchlari.

Tayanch so'z va iboralar

Inersial va noinersial sanoq sistemalari, inertlik, inersiya, kuch, massa, zichlik, impuls, o’g'irlik, og'irlik kuchi, ishqalanish kuchi, elastiklik kuchi, Guk qonuni, deformatsiya, Yung moduli, elektromagnitik va gravitatsiya kuchlari, mexanik kuchlanish, bikrlik koeffitsenti, absolyut va nisbiy uzayishlar


1. Dinamika – jismlarning harakatini va harakatni vujudga keltirgan sabablar (kuch)ni e’tiborga olib, birgalikda o’rganuvchi mexanikaning bo’limidir. Dinamika so’zi grekcha «dinamis» so’zidan olingan bo’lib, kuch degan ma’noni bildiradi.
Dinamikaning asosiy vazifasi harakatlanayotgan jismga ta’sir etuvchi kuch bilan shu jism massasi orasidagi bog’lanishni ifodalovchi harakat qonunlarini aniqlashdan iborat.
Dinamikaning asosini, ingliz olimi I.Nyutonning 1687 yilda aniqlagan uchta qonuni tashkil etadi. Nyutonning qonunlari tajribalarda topilgan juda ko’p faktlarni umumlashtirish natijasida maydonga kelgan. Nyutonning I qonuni har qanday sanoq sistemada ham o’rinli bo’lavermaydi.
2. Tekis va to’g’ri chiziqli harakatlanayotgan (yulduzlarga nisbatan) sanoq sistemasiga i n e r s i a l sanoq sistemasi deyiladi. Bunday sanoq sistemalari juda ko’p bo’lishi mumkin, chunki biror inersial sistemaga nisbatan tekis va to’g’ri chiziqli harakatlanayotgan har qanday sistema inersial sistema bo’ladi. Inersial sistemalarga nisbatan tezlanish bilan harakatlanayotgan sanoq sistemalari n o i n e r s i a l sistemalar deyiladi.
Barcha inersial sistemalarda mexanik jarayonlar mutlaqo bir xil o’tadi degan qoida 1636 yilda G.Galiley tomonidan aniqlangan bo’lib, Galileyning nisbiylik prinsipi deb ataladi. Galiley bu prinsipni sokin dengizda tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilib borayotgan kema kayutasida bo’ladigan mexanik jarayonlar misolida tushuntirgan.
XX asr boshlariga kelib, faqat mexanik jarayonlargina emas, balki issiqlik, elektr, optik va tabiat hodisalari ham barcha inersial sanoq sistemalarida mutlaqo bir xil o’tishi aniqlandi. Shu asosda A.Eynshteyn 1905 yilda umumiy nisbiylik prinsipini aniqladi, bu prinsipni keyinchalik Eynshteyn nisbiylik prinsipi deb nomlanadi:
Barcha inersial sanoq sistemalarida barcha fizik jarayonlar mutlaqo bir xil o’tadi.
N’yuton qonunlari va dinamikaning boshqa qonunlari faqat inersial sanoq sistemalarida o’rinlidir. Amalda Yer bilan bog’langan koordinatalar sistemasini yetarli darajada aniqlik bilan inersial sistema deb qabul qilinadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling