2- ma’ruza til va jamiyat. Sotsiolingvistika reja


Til irqiy hodisa ham emas


Download 346.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana08.01.2022
Hajmi346.77 Kb.
#248737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-maruza

Til irqiy hodisa ham emas. Bir tilda gapiradigan odamlar turli irqqa mansub bo‘lishi va, 

aksincha, turli irqqa mansub bo‘lgan odamlar bir tilda gapirishi mumkin. 

Ijtimoiy  hodisalarga bazis,  usqurma, madaniyat,  urf-odatlar, tafakkur va  boshqalar kiradi. 

Bu hodisalar kishilik jamiyati uchun xizmat qiladi. Til ham bu ijtimoiy hodisadan farqi bo‘lib, 




jamiyatga  xizmat  qiladi.  Til  sinfiy  hodisa  emas.  U  barcha  sinflarga  birday  xizmat  qiladi. 

Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko‘rmasin, u hеch qachon gapirmaydi. 

Til  nasldan  naslga  ta’sir  etmaydi.  Uning  irsiyatga  hеch  qanday  aloqasi  yo‘q.  Irsiyat  qonuniga 

binoan  bolaning  biologik,  antropologik  xususiyatlari:  yuz  tuzilishi,  rangi,  sochining  rangi  va 

boshqalar avloddan-avlodga o‘tadi. 

Til  va  jamiyatning  o‘zaro  uzviy  munosabatini  sotsiolingvistika  fani  o‘rganadi.  Tilning 

paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi  insoniyat  jamiyati  bilan  mustahkam  bog‘liq.  Til  insoniyat  tarixi 

qadar qadimiydir. 

Umumiy  til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva 

esa  xalqning  bir  guruhigagina  taalluqlidir.  Til  ko‘p  vazifali,  hamma  uchun  umumiy  bo‘lgan 

aloqa-munosabat  vositasidir;  sheva  esa,  vazifa  nuqtai  nazaridan  chegaralangan  bo‘lib,  tilning 

nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi.  

Masalan,  o‘zbek  tiliga  qarluq-chigil-uyg‘ur  dialekti  asos  bo‘lgan.  Bu    sheva  Farg‘ona, 

Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili—ko‘p dialektli til. Bu hol 

o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi 

xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.  

Ta’kidlanganidek,  til  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  birga  rivojlanadi,  tilning  grammatik 

qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik 

tarixidan  shu    narsa  ma’lumki,  avval  urug‘dosh  tili,  keyin  qabila  tili,  elat,  xalq  va  millat  tili 

shakllangan.  

Dialektlar urug‘chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichiga qadar 

son  jihatdan  ko‘payib  boradi.  Bu  qabilalarning  yashash  tarzi  bilan  bog‘liq.  Avval  bir  qabila 

ittifoqiga  kirgan  tillar  markazdan  uzoqlashgan  sari  ulardagi  dialektal  farq  orta  boradi  va  bu 

dialektal  farqlar  oxir-oqibatda  yangi  til  paydo  bo‘lishi  uchun  asos  bo‘ladi.  Dialektlar  sonining 

ko‘payishi  va  ular  asosida  yangi-yangi  tillarning  vujudga  kelishi  til  taraqqiyotining 


Download 346.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling