2- ma’ruza til va jamiyat. Sotsiolingvistika reja


Download 346.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana08.01.2022
Hajmi346.77 Kb.
#248737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-maruza

Pijin  tillar  ham  Yevropa  tillari  bilan  mahalliy  tillarning  aralashuvidan  yuzaga  keladi. 

Lekin  pijin  tillarida  so‘zlashadigan  jamiyat  yo‘q  (kreol  til  jamiyat  uchun  aloqa-munosabat 




vositasi  sifatida  xizmat  qiladi).  Pijin  tillardan  port  shaharlarida  ikkinchi  til  sifatida 

foydalaniladi. 



Sun’iy tillar  maxsus  yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi  L.  Zamengof tomonidan 

yaratilgan  esperanto  tili  sun’iy  til  hisoblanadi.  Bu  tilning  lug‘aviy  asosi  Yevropa  tillaridan 

olingan,  grammatikasi  agglyutinativ  xarakterda,  grafikasi  lotin  yozuvi  asosida.  Bu  tilda 

mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio  eshittirishlar ham  tashkil qilingan. Bu tilning keyingi 

taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq. 

Sotsiolingvistika  til  va  jamiyat  munosabatlarini  tahlil    qilar  ekan,  umumiy  va  xususiy 

qonuniyatlarga tayanadi. 

XIX  asrning  o‘rtalarida  tabiiy  fanlarning  rivojlanishi,  Charlz  Darvin  ta’limotining 

vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb tushunish kuchayadi. 

Chunonchi,  nemis  tilshunoslari  M.  Myuller  va  A.  Shleyxerlar  shu  nazariya  tarafdori 

edilar. To‘g‘ri, fiziologik jihatdan til umurtqali hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og‘iz 

bo‘shlig‘ida joylashgan harakatchan bir qismi.  Lekin hayvonlar tili faqat ovqat  yeyish, uning 

ta’mini  aniqlash  kabi  ishlar  uchun  xizmat  qiladi.  Kishilar  tili  esa  hayvonlarga  xos 

xususiyatlardan  tashqari,  nihoyatda  muhim  vazifalarni,  ya’ni  kishilik  jamiyatining  aloqa 

vositasi—kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi. 

Shuni uqtirib o‘tish kerakki, insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan 

tashqari,  jamiyatga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda,  masalan,  yangi  tug‘ilgan  go‘dak  hayotining 

takomili  (nafas  olishi,  korishi,  ovqat  yeyishi,  asta-sekin  yurib  ketishi  va  hokazolar)  tabiat 

qonunlariga  muvofiq  holda  taraqqiy  etaveradi,  o‘saveradi.  Ammo  til  bunday  tabiiy  hodisa 

emas.  So‘zlashish,  fikrlash  uchun  kishilik  jamiyatining  bo‘lishi  shart.  Demak,  aytilgan 

fikrlardan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkin:  birinchidan,  til  tabiiy  biologik  hodisa    emas; 

ikkinchidan, tilning mavjud bo‘lishi va uning taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog‘liq emas; 

uchinchidan, til kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog‘liq 

emas;  to‘rtinchidan,  faqat  jamiyat  bo‘lib  uyushgan  insonlargina  aloqa  vositasi  bo‘lgan  tilga 

ega.  Binobarin,  til  tabiiy-biologik  hodisa  bo‘lmay,  kishilik  jamiyatining  eng  muhim  aloqa 

vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir. 

Dastlabki  davrlarda,  jamiyatning  qarama-qarshi  guruhlarga  bo‘linishiga  qaramay,  til 

birgina  guruh  ehtiyojini  qondirish  uchun  xizmat  qilmadi,  u  jamiyat  a’zolarining  hammasiga 

bab-  baravar  xizmat  qildi.  Ishlab  chiqarish  jarayoni  jamiyatdagi  turli  guruh  odamlari  bir-biri 

bilan  aloqada  bo‘ladilar,  til  esa  ishlab  chiqarishni  uyushtirishda  jamiyatning  hamma  sohalari 

rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 

Til  kishilik  jamiyatining  asrlar  davomidagi  butun  tarixiy  jarayonida  ma’lum  bir  guruh 

tomonidan  emas,  balki  butun  jamiyat  va  jamiyatning  a’zolari  tomonidan  shakllantirilgan 

ijtimoiy  hodisadir.  Shu  bilan  birga,  til  biror  davrning,  biror  ijtimoiy-iqtisodiy  jamiyatning 




mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, 

jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi. 

Faqat bir sinfga yoki bir guruhga xizmat qiluvchi til bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin 

emas. 


Shunday qilib, til guruh va tabaqalardan qat’i nazar, butun jamiyatga xizmat qiladi. 

Til  fikr  ifodalashning  muhim  vositasidir.  Tafakkur  bilan  tilning  munosabati  murakkab 

jarayondir.  Til  fikr  ifodasi  sifatida  mavjud,  o‘z  navbatida  fikr  til  asosida  yuzaga  keladigan 

murakkab jarayon. Til ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida shakllangan. 

Til  birliklari  –  fonema,  morfema,  so‘z,  gap  bir  butun  holda,  mantiqiy  tushunchalar  (his-

tuyg‘u, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog‘liqdir. 




Download 346.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling