2- mavzu: Boshlangʻich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi
Download 50.54 Kb.
|
2 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayon
- Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi. U kontseptual asos, ta’lim jarayoni mazmuni, texnologik jarayondan iborat bo’ladi.
Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy kontseptsiyaga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy kontseptsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining umumiy va aniq maqsadlari, o’quv materiali mazmunidan iborat bo’ladi. Texnologik jarayon o’quv jarayonini tashkil etish, o’qituvchi faoliyati, talaba faoliyati, o’quv jarayonini boshqarish usullari, o’quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi. Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalarni qanoatlantiradigan mezonlarni belgilaydilar. Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o’zaro bog’likligi, yaxlitligani o’z ichiga oladi. Pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri boshqaruvga asoslanganligidir. U o’quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash, undagi o’qitish metodlari va vositalari bilan o’zgartirib turishdan iborat bo’ladi. Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim jarayonining konkret sharoitlarida olinadigan yuksak natijalarni ko’zda tutadi. Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda pedagogik texnologiyalarni boshqa o’quv yurtlarida qo’llash imkoniyati tushuniladi. Shunday qilib, oliy maktabda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi murakkab va doimiy harakatdagi tizimni tashkil etadi. Bu tizimda bo’lg’usi o’qituvchining texnologik tayyorgarligi alohida o’rin tutadi. U bo’lusi pedagogning intellektual rivojlanishi, faol o’qishi, ijodiy shaxsning rivojlanishi, tafakkurning kasbiy yo’nalganligani idrok qilish, o’quv-bilish faoliyatini tashkil etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillarni amalga oshirish bilan bog’langan. Bo’lg’usi pedagogning texnologik tayyorgarligi oliy o’quv yurtida pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishni talab qiladi. Oliy o’quv yurti ta’lim jarayonida foydalaniladigan va keng tarqalgan pedagogik texnologiyalar: muammoli o’qitish, o’qitishning tabaqalashtirilgan va individual texnologiyasi, programmalashtirilgan o’qitish texnologiyasi, komp’yuter axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasidir. Ta’lim mazmuning mohiyati va uning tarixiy tasnifi. Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi - ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi. Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning o’qish jarayonida egallashi lozim bo’lgan hamda tizimga solingan bilim, ko’nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan: ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo’nalgan bo’ladi; ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi; o’quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo’ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi; har bir o’quv fani bo’yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo’ladi; ta’lim mazmuni alohida o’quv fanlari orasidagi o’zaro aloqadorlikka asoslanadi; maktab, o’rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo’shib olib boriladi, o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga imkon beradi; ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni yengib o’tishda irodalilikni shakllantirishga o’rgatadi; ta’lim mazmuni o’quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo’ladi. Download 50.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling