2- mavzu: Boshlangʻich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari


Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud


Download 50.54 Kb.
bet11/13
Sana01.03.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1241510
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 maruza

Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud:
1) bilimga yo’naltirilgan. 2) shaxsga yo’ naltirilgan yondoshuv.
Ta’lim muassasalaridagi o’qitish mazmuniga qo’yilayotgan talab mazkur mamlakatning ishlab chiqqan strategiyasida aniqlanadi. Bu strategiya “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da yozilgan bo’lib, unda taxlim tizimi tubdan isloh qilindi, yuqori darajali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini egallagan mamlakatlardagi kabi yo’lga qo’yil ko’zda tutilgan.
Hozirgi davrda bizning respublikamizda ta’lim mazmunini aniqlashda quyidagi g’oyalarga asoslaniladi: insonparvarlashuv, differentsiallashuv, integratsiyalash hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish deganimiz ta’lim muassasasi bolaga ehtibor bilan qarashini, ya’ni bolaning shaxsini hurmat qilish, iularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olish yotadi. Shuning bilan birga o’quvchilarning o’quv soatini qisqartirish ortiqcha ishlardan saqlaydi. Insonparvarlashuv ijtimoiy va tabiiy va ilmiy fanlarning “insonga xizmat” qilishini talab etadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda asosiy rolni til va adabiyot, ruhiy-insonparvarlik tarbiya, jamiyatshunoslik fanlari asosiy rolg’ o’ynaydi.
Ta’lim mazmunini differentsiallashuvi- o’quv tashkil etishdagi ikkinchi yetakchi g’oya.
Differentsiyallashuv-bu hozirgi davrda ta’lim berishning umumiy tendentsiyasi. Bizning respublikamizda ta’lim berishni differentsiallashtirish maqsadida fanlarni chuqurlashtirib o’qitiladigan sifnlar, maktablar ochilgan.
Ta’lim mazmunini integratsiyalashuvi g’oyasi bir-biriga yaqin fanlarni qo’yib, integrativ fanlarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi. Integrativ fanlar o’quvchilarga olamning tugal manzarasini hosil qilishda o’lkan rol o’ynaydi. Bundan tashqari o’tiladigan darslarning sonini qisqartiradi.
Ta’lim mazmuni normativ xujjatlar: o’quv rejasi, o’quv dasturi va darsliklarda ko’rsatilgan.
O’quv rejasi: davlat xujjatidir. O’quv rejasi barcha ta’lim muassasalarida so’zsiz amal qilinishi lozim bo’lgan davlat xujjatidir.
O’quv rejasi tegishli ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O’quv rejasida:

  • o’quv yilining boshlanishi va tugash vaqti, beriladigan tahtillarning kuni, ta’lim muassasasida o’tilishi kerak bo’lgan fanlarning tizimi;

  • o’rganilayotgan fanlarning ro’yxati va bo’linishi (taqsim qilinishi);

  • fanlarning asosiy va fakulg’tativlarga bo’linishi;

  • har bir sinfda o’quv fanlarini o’rganishda haftalik va yillik taqsim qilinishi soati ko’rsatilgan bo’ladi.

O’quv dasturi o’quv rejasi asosida har bir o’quv fani uchun tuziladi. O’quv dasturi har bir o’quv fanini o’qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g’oyaviy-siyoiy yo’nalishini aniqlab beradigan xujjatdir.
O’quv dasturida o’quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo’yicha o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o’quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ta’lim mavzular orqali ko’rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan o’quvchi o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar qsqacha ifodalab beriladi.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling