2- mavzu: Defektologiya fanining falsafiy asoslari Reja: Falsafa fanining ilmiy mohiyatini aniqlashtirib beriladi; 2


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1323098
1   2   3
Bog'liq
2 МАВЗУ

kо‘ngli siniqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim Ka’ba vayron bо‘lsa obod 
aylagay. 
Alisher Navoiyning, "Odamiy ersang demagil odami, onikim yо„q xalq 
gamidin g„ami" degan fikrlarida Sharq falsafasining asosiy g„oyasi ifodalangan. 
Hazrati Bahovuddin Naqshband ham namoz о„qiyotgan vaqtingda bir 
muhtojga yordam berish zarur bо„lib qolsa, darhol namozni tо„xtatib, yordamga 


oshiq, chunki muhtoj odamning kо„nglini kо„tarish, savobliligi jihatidan namozdan 
afzal, degan. 
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan kо„p 
asrlar mobaynida yaratib kelingan g„oyat ulkan, bebaho ma‟naviy va madaniy 
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga kо„tarilgan, nihoyatda muhim vazifa 
bо„lib qoldi», -deb yozgan edi I.A.Karimov. Haqiqatdan ham ma‟naviyat va 
ma‟rifat g„ildiragini olg„a harakatlantiruvchi, millatni ulug„lik pillapoyalaridan 
yuksaklikka kо„taruvchi qudratli kuch bо„lib kelgan. Shuning uchun ham 
istiqlolimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda milliy qadriyatlar va 
an‟analarimizni tiklashga, xalqimiz ma‟naviyati va ma‟rifatini yuksaltirishga 
alohida e‟tibor berib kelinmoqda. 
Xalqimiz orasidan kо„plab buyuk zotlar yetishib chiqqan. Butun jahonga 
mashhur bо„lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, At-Termiziy, 
Ahmad Yassaviy, Ulug„bek, Navoiy va boshqa kо„pgina allomalar ma‟naviyati 
keng ulug„ siymolardir
Yusuf Xos Xojib ham xuddi shunday siymolardai biri sanaladi. U XI asrniig 
atoqli shoiri, mutafakkiri, davlat arbobidir.Uning xayeti, ijodiy faoliyati hakida 
ma‟lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg„u bilig» (Baxt - saodatga etuvchi 
bilim) dostonidir. Yusuf Xos Xojib Qashqarning (Urdukent) Balosogun
(Kuzurdu) shimolidagi shaharida tug„ilgan. U dostonning muqaddimasida ushbu 
asarni 50-60 yoshlarida yozganini aytadi va yaratilganligi haqida shunday ma‟umot 
beradi. 
Yil altmish eki erdi tо‘rt yuz bila 
Bu sо‘z sо‘zladim man tutib jin sо‘rab 
Tugal о‘n sakkiz aydi bu sо‘z 
Udurdim, adirdim sо‘z evdib tera
Kо„rinib turibdiki, muallif о„z asarini hijriy yil hisobi bilan 462 yilda (milodiy 
1069-70) yozib tugatgan. Asarning bir necha bobi bevosita axloq va odob 
masalalariga bag„ishlangan. Shunday boblardan biri til odobi deb atalgai 7 - bob 
bо„lib, unda shoir о„qish va bilim olishda tilning ahamiyati, qisqa mazmunli 
sо„zlash, tilga ortiqcha erk bermaslik va boshqalar haqida ibratli о„gitlar aygadi. 
Bu bobda shunday misrani uchratamiz: 
Ortiq sо‘zda aslo bо‘larmi foyda, 
Ziyondan bо‘lak yо‘q sо‘z ortiq joyda.
Shoir tarbiya murakkab jarayon ekanligini ta‟kidlab, bolani yoshlik chog„idan 
yaxshi xulqli qilib tarbiyalash zarurligini aytadi. Yaxshi ta‟lim tarbiyaning natijasi 
kishining xulqida, ahloq odobida, ulug„larga xurmatida yaqqol kо„rinishi. 
Kichiklarning kattalarga hurmati, ehtiromi vojibdir, chunki har bir narsa, ulug„lik 


ham kichiklarga ulug„lardan tegadi. Shuning uchun ulug„lar sо„zini albagga 
qadrlash, unga amal qilish, о„zlarini esa e‟zozlash kerak. 
Shoir uylanish borasida ham bir qator qimmatli о„gitlar beradi. YA‟ni vaqtida 
uylanish, farzandga tarbiya berish, oiladagi ayolga va qiz bolaga xurmat kо„rsatish 
va boshqa masalalarni nasihat qiladi. 
Dostonning 55-56 boblarida mehmon bо„lmoq va mehmon kutmoq odobi 
tо„g„risida tо„xtaladi, yurish-turishi, о„zini tutish, mezbonlik va mehmonlik 
shartlari, qonun-qoidalari, ahloq odobi, mehmondо„stlikning targ„ib - intizomlari 
tо„g„risida tо„xtaladi. 
Maxsus pedagogikada keng material tuplangan, u baland dunyokarashli 
potensialga ega bо„lib, jamiyatning ongiga sezilarli ta‟sir utkazadi, shuningdek 
imkoniyati cheklangan odamlarga bо„lgan munosabatga xam.
Maxsus pedagogikaning butun nazariyasini qurish uchun rivojlanishida 
nuksoni bulgan bolalar haqida nafakat kiska ma‟lumotlarning mexanik birlashmasi 
kerak, aksincha ilmiy ma‟lumotlarning mundarijali sistematizatsiyasi kerak, bu 
narsa maxsus pedagogikaning ichki birlashmasini ushlab turishga yunaltirilgan. Bu 
masalani yechishda falsafaning urni muxim. U maxsus pedagogikaning 
muammolarini yechish uchun xar xil soxadagi bilimlarni integratsiyalashtiradi. 
Maxsus pedagogikaning falsafiy tadkikotlari maxsus pedagogik ish 
faoliyatining kursatkichlarini aniklash va muxokama kilishga yunaltirilgan, 
korreksion-tarbiyaviy model va goyalarning kritik ajratish va asosnoma kilish, 
imkoniyati cheklangan bolalarning ta‟lim jarayonining prioritet, perspektivini 
aniklash. 
Falsafa maxsus pedagogikaga nisbatan: 
Dunyokarashli fundament, inson va uning jamiyat-tabiat borlikdagi umumiy 
tushunchalarga karatilgan bulib, bu narsa pedagogik xodisalarni evulyusiyasini 
о„zgartiradi.; 
Metodologik asos sifatida maxsus ta‟lim jarayonini urganishning universal 
tamoyilidir va usullarni kullashni e‟tirof kiladi.
Falsafaning bо„limlari bilan xamoxanglikda maxsus dunyokarashlik 
aspektlardan iborat. 
Ontologik 
Borliqni strukturasida maxsus ta‟limning о„rnini 
aniqlaydi 
Gnosseologik 
О„qitish va bilimning bog„liqligini aniqlaydi. 
Aksiologik 
Maxsus 
ta‟limning qimmatli kо„rsatkichlarini 
aniqlashga va pedagogik prioritet о„rnatishga qaratilgan 
Falsafiy-
antropologik 
Imkoniyati 
cheklangan 
odam 
haqida 
ilmiy 
bilimlarni muxokamalashtirish 
Tarixiy-falsafiy 
Qadim 
faylasuflarning 
maxsuss 
pedagogik 


muammolarga bо„lgan qarashlarni rekonstruksiyalash 
Ijtimoiy falsafiy 
Ijtimoiy-falsafiy kontekstda maxsus pedagogikani 
zamonaviy holatini tushunish 
Maxsus pedagogikaning xodisa va faktlarini falsafiy-metodologik asoslashda 
alohida bilim uslublarini qо„llash kerak. Maxsus ta‟limning asosiy muammolari 
shunchalar qiyinki, bita fan bilan yechim topmaydi, falsafiy tadqiqotlar asosida bu 
muammolarning yechilishida fanlararo bо„lgan yondashuv yotadi, bu narsa xar xil 
konkret 
fanlardan 
bilimlarni 
muxokamalashtiradi, 
intepretatsiya 
va 
integratsiyalashtiradi. Bunday ilmiy yondashuvlarni amalga oshirish, maxsus 
pedagogikaning nazariy metodologik imkoniyatlarining kengayish yо„llarini ochib 
beradi. Bu soxada izlanishlarning chuqurlashishiga stimul yaratadi.
Anomal bolalarni о„qitish muammolari haqida turli olimlar tomonidan о„z 
falsafiy g„oyalari bildirilgan. L.S.Vigotskiy fikricha defektologiyaning obyekti – 
defekt emas, balki shu defektga ega bо„lgan boladir. Defekt nafaqat bolaning 
rivojlanishi qiyinlashtiradi, shuningdek ijtimoiy konpensatsiya rivojlanishiga turtki 
beradi. Anomal bolaning rivojlanishida Vigotskiy umumiy va alohida tomonlar 
birligini aniqladi. Bu narsa umumiy va maxsus maktablarning umumiy ijtimoiy 
maqsad va vazifalarini qurollarining har xilligini xisobga olgan holda о„rnatishga 
yordam beradi. L.S.Vigotskiyning bu g„oyalari maxsus pedagogikaning zamonaviy 
nazariyasi asosida yotadi.
Xozirgi vaqtda maxsus ta‟lim sistemasi qiyin davrni boshdan kechirmoqda, 
bu narsa asoslarining ma‟naviy qiymatini qayta qurib chiqish bilan, maxsus о„quv 
muassasalarida moliyaviy ta‟minlashda uchraydigan muammolar bilan, maxsus 
ta‟lim yordamining ijtimoiy imkoniyatlar о„zgarishlaridan orqada qolishi bilan 
bog„liqdir. T.S.Kunning ilmiy rivojlanish haqidagi qarashi bо„yicha, maxsus 
pedagogikaning krizisini bartaraf etilishini uning paradigmasi, ya‟ni shu ilmiy 
sohada nazariy va 
amaliy muammolarni yechish andozasini о„zgartirishni tadbiq etadi. Shu 
yо„lda olib boriladigan ishlar va yangi paradigmani amalga oshirish maxsus 
ta‟limni zamonaviy sivilizatsiya talablari javob beradigan holatda yaqinlashtiradi 
va imkoniyati cheklangan odamlarning yashash tarzida ijtimoiy madaniy 
muxtojliklarni tо„laroq qondirishga yordam beradi. Maxsus pedagogikaning yangi 
paradigmasi 
quyidagi 
asosiy 
yо„nalishlardan 
iborat: 
gumanizatsiya, 
fundamentalizatsiya va integratsiY. Bu uylanishlarning falsafiy tadqiqotlarning 
masalasi – xar –xil yondashuvlarni sistemalashtirishdan iborat bо„lib, maxsus 
pedagogikaning rivojlanishi haqida strategiya va perspektivalari haqida tshg„ri 
bilim olish maqsadidir. 


Gumanistik yondashuvda maxsus ta‟limning maqsadi imkoniyati cheklangan 
odamning yashash tarzini tо„la-tо„kis va qadr-qiymatiga sazovor qilishdir. Bu 
maqsadni amalga oshirish uchun shu insonni ijtimoiy muloqotga qо„yish zarur, 
uning о„zligini rivojlanishida qо„llash kerak. Gumanistik yondashuv asosida inson 
hayotining butunligi g„oyasi yotadi, shuning uchun bu yondashuvning konkret 
rо„yobga chiqishi – butun umr davomida ta‟lim olish konsepsiyasidir.
Maxsus 
pedagogikaning 
paradigmasi 
almashishi 
jarayonida 
uning 
nazariyasining rivojlanishida uning vektori – fundamentalizatsiyasidir, umumiy 
nazariyaning asoslovchi holatini aniqlashda, nazariyaning qayta kо„rib chiqishidan, 
mustahkamlashdan ifodalanadi. 
Maxsus pedagogikaning asosiy muammolari endi yangicha fundamental 
jaranglashga ega. Falsafa uchun inson rivojlanishida norma va anomaliya о„rtasida 
bо„lgan chegara muammosi qiziqish uyg„otadi. Bu savol maxsus pedagogikaning 
asosiy savoli bо„lib, uni tushunishdan fannig predmeti aniqlanadi. Dunyoqarashlik 
rejasida patalogiyani tanish oddiy yechim emas. Gap shundaki, kо„pchilikning 
ongida shu tarzdagi fikrlar о„rnashib olgan: birinchidan, hamma odamlarning 
normalligi, ikkinchidan, umumiy anomalligi. Bu fikrlar norma va anomaliya 
aralashmasida asoslangan bо„lib, maxsus pedagogikada qо„llanilmaydi, ular 
maxsus pedagogik yordamni predmetsiz va ma‟nosiz qiladi. Glrma va anomaliyani 
diferensiyalashtirishda bu hodisalarning falsafiy kategorial tahlili tavsiya etiladi. U 
ularni 
ajratishining 
umumiy 
parametrlarini 
о„rgatib beradi. Patalogik 
rivojlanishning normal rivojlanishiga bо„lgan farqi sifatli va sof xarakterga ega.
Defektologiyaning an‟anaviy nazariyasi asosiy e‟tibor dizontogenezning 
sifatli xususiyatlariga qaratilgan, bu narsa rivojlanishida og„ir nuqsoni bо„lgan 
bolalarni ijtimoiy muxtojlik sifatida ularni о„rganish va о„qitishdan iborat bо„lgan,
asoslangan. Ohirgi yillar davomida yengil nuqsoni bо„lgan bolalar kо„paydi, ular 
о„qishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus ta‟limda extiyoji bо„lgan 
odamlarning safida rо„y bergan о„zgarishlar rivojlanishida sonli nuqsonlarni 
tadqiqot qilish dolzarb muammolardan biri bо„ldi. Shuningdek, anomaliyani 
diagnostikalashtirishda bolaning shaxsiy biologik, psixologik ijtimoiy rivojlanish 
darajalarini farqlash kerak, va uning shaxs sifatida rivojlanishini ham. Korreksiya 
jarayonida individual darajasining normasi va ijtimoiy madaniy hayotning 
normalari bog„liqliklarini xasobga olish kerak.
Maxsus ta‟lim alohida ta‟limga muxtoj bо„lgan bolalarni xar xil normalarga 
biriktiriladi. Bu normalar jamiyatni tarixiy rivojlanishida ishlangan, lekin bu 
normalar rivojlanishida individuallashtiriladi. Individual hulqning konkret 
normasiga aylanadi. 
Ta‟lim sistemasini barpo etilishida integratsion jarayonlar muhim о„ringa ega. 
Ular har xil darajada kechadi. Maxsus ta‟limda zamonaviy bosqichda integratsiya 


rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarning о„zining sog„lom tengdoshlari bilan 
birgalikda о„qishdan iboratdir. Integratsiya umumiy holda tasavvur etganda bu 
narsaning qarama-qarshiligini namoyon bо„ladi: bir tarafdan ba‟zi bolalar va ota-
onalarning istaklarini rо„yobga chiqaradi va ba‟zi bolalar va ularning ota – 
onalariga, ularning istaklariga javob bermaydi. Maxsus ta‟limda integratsiya 
alohida ehtiyojli bolalarni sog„lom bolalar jamoasiga qо„shish bilan cheklanib 
qolmaydi. Integratsion о„zgarishlar – maxsus ta‟limning mundarijasida seziladi. 
Rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalar uchun bо„lgan о„quv muassasalarida 
ularning sistemasi va uslublarida о„zgarishlar seziladi. Bu о„zgarishlar katta 
ahamiyatga ega, chunki fan va sivilizatsiyaning rivojlanishi umumiy jarayonlar 
bilan bog„liq. 
Maxsus pedagogikaning falsafiy muammolarini ishlab chiqish bu fanning 
asosiy muammolarini odamiylik nuqtai nazaridan yechishga turtki bо„ladi. Shu 
bilan 
imkoniyati 
cheklangan 
bolalarni 
ta‟lim jarayonida uchraydigan 
qiyinchiliklariga talab bо„ladi. Maxsus pedagogikaning fundamental asoslarida 
olib boriladigan tadqiqotlar uni rivojlanishining yangi bosqichiga о„tishiga yordam 
beradi. Ijtimoiy munosabatlarning zamonaviy dinamikasiga adekvat javob berishi 
uchun. 
Ibn Sino bolaning oiladagi tarbiyasiga katta о„rin ajratar ekan, ota-ona kim 
bо„lishidan qat‟iy nazar, ularning birinchi va eng muhim vazifasi bola tarbiyasidir, 
deydi. Oilada bolalarni tarbiyalashda ularning tug„ilganidan boshlab faqat yahshi 
qiliqlarga о„rgatish lozim. Shunda bu qiliqlar kelajakda bolaning miyasiga singib, 
uning tabiatiga mustahkam о„rnashadi. 
Ayniqsa, ota-onaning shahsiy namunasi bola kelajagini belgilab beruvchi 
omil ekanini misollar asosida kо„rsatib beradi. «Bolaning hulqini, -deydi olim, - 
mо„tadillikda saqlashga alohida e‟tibor berish kerak; bunga esa bolaning qattiq 
g„azablanishidan, qо„rqish, hafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi». 
Bola uchun yoqimli va foydali narsalarni muhayyo qilish, yoqimsiz va befoyda 
narsalarni esa kо„zidan yо„qotish kerak. Bunday tarbiya, deydi u, bolaning ruhan 
tetiklashishiga, yoshlikdan boshlab yahshi hulqli bо„lib о„sishiga zamin bо„ladi, 
g„azablanish kuchni tug„yonga keltiradi, qayg„u esa uni quritadi, passivlik, sustlik 
bolani bо„shashtirib kasallikka olib keladi. 
Mutafakkir chaqaloq tarbiyasi haqida ham bir qancha maslahatlar beradi. 
Bolaning yangi tug„ilganidan, to bir necha oylik bо„lguncha tarbijasida nimalarga 
e‟tibor berish kerak? Chaqaloqni havosi toza, harorati о„rta darajada uyda uhlatish 
kerak. Bola uhlatiladigan uy soya va qorong„iroq bо„lmog„i lozim, uyga kuchli 
qujosh nuri tushmasligi kerak. Bola yotganida, uning boshi boshqa a‟zolaridan 
yuqorida turishi kerak, bо„yin, qо„l-oyoq va umurtqa pog„onasini qiyshaytirib 
qо„yishdan ehtiyot bо„lish lozim. Ibn Sino bolani uzoq davom etgan uyqudan 


keyin, chо„miltirishni maslahat beradi. bolani yо„rgaklaganda uning a‟zolarini 
muloyimlik bilan silash zarur. Bu bola badanining shakli normal bо„lib о„sishiga 
yordam beradi. 
Gо„dak hayotining ilk davridanoq nafaqat aytib о„tilgan jismoniy parvarishga, 
balki aqliy va estetik tarbiyaga ham muhtoj bо„ladi. Bu о„rinda Ibn Sino bolaning 
uhlashi oldidan aytiladigan ona allasiga mana shunday vazifa yuklaydi. 
Halq orasida mashhur bо„lgan bir voqeaga kо„ra, bir ota-onaning Ibn Sinoga 
qarata о„z bolasini qaysi yoshdan boshlab tarbiyalashga kirishish lozim, degan 
savoliga donishmand hakimning bergan javobi mana shu talablarni ham о„z ichiga 
olgani shubhasizdir. 
Ibn Sino «Kitob tadbir al-manzil» asarining «Rohi nasihat» bо„limida inson 
о„z badanidagi yaraga qanday ehtijotkorlik bilan muomala qilib, yara qonini 
sekinlik bilan yuvsa, nasihat oluvchiga ham ana shunday muomala-munosabatda 
bо„lishi lozim, degan fikrni aytish bilan inson tabiatining naqadar nozik ekanini 
kо„rsatmoqchi bо„ladi. 
Ibn Sino о„z asarlarida spirtli ichimliklar va ularga ruju qо„yishlikning salbiy 
tomonlari, uning natijasida kelib chiqadigan voqealar haqida fikr yuritib, shunday 
yozadi: «Odamni tentak va mute qilmoqchi bо„lsang, unga muttasil sharob ichir». 
Ibn Sino fikricha: «Kо„pchilik tentak va aqli ojiz bolalar mayga tobe bо„lgan 
ota-onalar zurriyotidirlar». 
Olimning bola tarbiyasi haqidagi fikrlari o'zining chuqurligi, ilmiy 
asoslanganligi bilan о„z davri pedagogik qarashlarida olg„a qо„yilgan katta qadam 
bо„ldi.
О„rta asrlarda ta‟lim tizimida amalda bо„lgan о„quv dasturidan farqli о„laroq, 
Ibn Sino о„z tizimini ishlab chiqadi va unga quyidagi yettita о„quv intizomini 
kiritadi: adab, astronomija (ilmi nujum), tibbiyot, tabiiyot, til va uning 
grammatikasi va fiqh. 
Tibbiy bilimlarning о„zlashtirilishini osonlashtirish uchun Ibn Sino «Al-
Urjuza fi-t-tib» nomli asarini yozadi. Unda «Kitob al-qonun» mazmuni arab sheriy 
tizimi bо„lgan aruz vaznining razaz bahrida she‟riy yо„l bilan qisqacha bayon 
etilgan. 
Ibn Sinoning ta‟lim-tarbiyaga oid ta‟limotida yosh avlod tarbiyasiga 
qaratilgan kompleks dastur quyidagi qismlarni о„z ichiga oladi..: 
1.
Aqliy tarbiY. 
2.
Jismoniy sog„lomlashtirish. 
3.
estetik tarbiY. 
4.
Ahloqiy tarbiY. 
5.
Kasbga о„rgatish. 


Ibn Sino maktabdagi ta‟lim-tarbiyaga katta e‟tibor beradi. Bu masalaga 
«Kitob tadbir al-manzil» kitobida «Omuzish va parvarish madrasaye farzand» 
(«Bolalarga madrasada ta‟lim-tarbiya berish») nomli mahsus bо„lim bag„ishlagan. 
Ibn Sino unda birinchi о„rinda bolalarni maktabga kamrab olish haqidagi masalaga 
tо„htaladi. Uning ta‟kidlashicha, maktabga hamma odamlarning bolalari olinishi 
shart. Hamma bolalar bir joyda jam bо„lib ta‟lim-tarbiya olishlari kerak. 
Ibn Sino bolalarni uy sharoitida yakka tartibda о„qitishga qarshi edi. Uning 
fikricha, bolalarni maktabda jamoa bо„lib о„qitishning ma‟lum foydalari borki, 
ular quyidagilardir: 
1)
agar о„quvchilar birgalikda о„qisa, ular zerikmaydi, ularning ilm 
о„rganishga qiziqishi kuchayadi, ularda bola tabiatiga hos о„zaro musobaqalashish 
hohishi kuchayadi: 
2)
о„zaro suhbatlarda bolalar bir-birlariga kitobdan о„qigan yoki eshitgan 
qiziqarli hikoyalarni ajytib beradilar.: 
3)
bolalar birga tо„planganda, bir-birlarini hurmat qilishni, dо„st 
bо„lishni о„rganadilar, ular nafaqat musobaqalashadilar, balki о„qiganlarini 
o'zlashtirishda bir-birlariga yordam beradilar, bolalar bu bilan g„ururlanadilar, bir-
birlaridan yahshi odatlarni о„rganadilar. 
Ibn Sino taklif etgan о„quv dasturi g„oyat keng qamrovli bо„lib, unga kо„ra 14 
yoshgacha bо„lgan bolalar Qur‟on, til va uning grammatikasini bilishi, о„rta asr 
she‟r tizimi bо„lgan aruz nazarijyasi asoslari va qofiya ilmini о„zlashtirgan 
bо„lishi, biron hunar egallashi, foydali mehnat bilan shug„ullanishi kerak. Ular о„z 
vaqqtlarining bir qismini jismoniy mashqlarga ajratishlari, ba‟zida esa о„zlari 
yoqtirgan ishlar bilan mashg„ul bо„lishlari ham kerak. Bu о„rinda Ibn Sino turli 
о„yinlarni nazarda tutadi. 
Ulug„ tabib jismoniy mashq - badantarbiyaga ham katta e‟tibor beradi. 
Badantarbiyadan u ikki maqsadda foydalanish lozimligini ajtib о„tadi. Birinchidan, 
jismonijy mashqlar organizmni chiniqtirish va shu yо„l bilan kasalliklarni oldini 
olish, kasalliklarga kishi organizmining qarshiligini oshirish uchun hizmat qilsa, 
ikkinchidan, kasallikni davolash usullaridan biridir. Ibn Sino jismoniy mashqlarga 
aniqq ta‟rif berar ekan, bunda u insonning anatomiya-fiziologiya hususiyatlarini 
hisobga oladi.
Ibn Sinoning jismoniy mashqlarga oid fikrlari biz uchun goyat qiziqarli, 
chunki olim bu о„rinda jismoniy mashqlarga ta‟rif berib, ularning turlarini bayon 
etish bilan cheklanmadi, balki mashqning u yoki bu turidan qanday yо„llar bilan 
foydalanish kerakligini ham kо„rsatib berdi. Jismoniy mashqlarning inson hayotida 
tutgan о„rni haqida gapirib, ular bilan shug„ullanishdan bosh maqsad organizm 
uchun foyda olish ekanini alohida ta‟kidlaydi. 


Shuning uchun ham olim badantarbiyani turlarga bо„lar jekan, uning 
hamma turlari bilan barcha odamlar birdek shug„ullanaverishi mumkin emasligini 
uqtiradi. «Har bir odam, - deydi Ibn Sino, - о„ziga mos harakatlarni tanlashi kerak. 
Masalan, belanchaklarda uchish kabi engil mashq isitmadan holsizlangan kishilar 
uchun, harakat qilish va о„tirishga qurbi yetmaydigan kishilar uchun muvofiq». 
Agar odamni ohista tebratilsa, miya kasalliklari natijasida kelib chiqan parishonlik, 
esarlik holatlaridan halos bо„lish uchun foydalidir. 
Badantarbiyaga, deydi u, odamning ish jarajonida qiladigan harakatlari va 
mahsus badantarbiya harakatlari kiradi. Sо„ngra olim badantarbiyaning turlariga 
tо„htalib, ularga: tortishish, musht bilan tushirish, yoydan о„q otish, balanddagi bir 
narsaga irgib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik, arqonda 
yurish, ikki qо„llarni silkitish, oyoq uchlarida turgan holda qо„llarni oldga va 
orqaga chо„zib, tez harakat qilishlarni kirgizadi. Bularning hammasi tez harakatlar 
jumlasidandir. 
Yengil badantarbiya turlariga: arg„imchoq uchish, belanchakda tik turib yoki 
yotib uchish, qayiq va kemalarda sayr qilish kiritiladi. 
О„n tо„rt yoshgacha bо„lgan bolalar uchun mо„ljallangan jismoniy mashqlar 
dasturiga u mashq qilish, yugurish, sakrash, koptok va arqon bilan o'ynash, ot 
minish, kurash tushish kabi mashqlarni kiritadi. 
Ibn Sinoning ta‟lim va tarbiya jarayonidagi didaktik tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
1)
о„qitish asta-sekin osondan-murakkabga qarab borishi lozim; 
2)
о„quv mashqlari meyorida va bolaning kuchi yetadigan qiyinlikda va 
hajmda bо„lishi kerak; 
3)
bolani darhol kitobga chaqirish, kitob mutoalasiga majbur etish kerak 
emas; 
4)
о„qitish jamoa tarzida bо„lishi kerak, chunki bola jamoada uncha 
charchamaydi (kam charchaydi), unda musobaqalashish hissi kuchayib, unga kuch, 
sabr-qanoat qо„shiladi; 
5)
о„qitish bolaning moyilligi va layoqatini hisobga olgan holda olib 
borilishi kerak; 
6)
о„qitish jismoniy mashg„ulotlar bilan birgalikda olib borilishiga 
ahamiyat berish lozim. 
Ibn Sino о„zining ta‟lim-tarbiyaning asosiy muammolariga bag„ishlangan 
asarlarida о„qituvchining о„rniga alohida ahamiyat beradi. Uning fikricha, 
о„qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgо„y, bola tarbiyasi uslublarini hamda odob-
ahloq qoidalarini mukammal biladigan inson bо„lmogi lozim. О„qituvchi о„z 
о„quvchisining ichki ruhiy olamini va tashqi jismoniy imkoniyatlarini mukammal 
о„rganib, uning aqliga ta‟sir eta bilmog„i shart.


Abu Ali ibn Sino iborasi bilan aytganda, о„quvchiga qaratilgan har bir sо„zni 
о„qituvchi imo-ishoralar bilan tо„ldirib bormog„i lozim. Uning ta‟lim uslublari va 
usullarini tushuntirishga yо„naltirilgan fikrlari, mulohazalari Uygonish davri uchun 
g„oyat buyuk ahamijat kasb etgan edi. Ma‟lumki, о„qituvchi о„z о„quvchilarining 
mayli, intilishi, qiziqishi, faolligi, qobiliyati, iste‟dodi va layoqatini oldindan 
aniqlamasdan turib, ularni kasb tanlashga oqilona yо„naltira olmas edi. 
Ibn Sinoning mulohazasiga kо„ra, о„qituvchi bu donolikdir. Shuning uchun u 
butun dunyoviy bilimlardan, ma‟navijat olamidan habardor bо„lmogi kerak, bular 
jumlasiga hisob-kitob va yahshilik qilish kabilar kiradi. О„qituvchining mazkur 
sifatlarini kо„rsatar ekan, olim nimalarni nazarda tutadi? Olim bu haqda mulohaza 
yuritar ekan, uning fikricha, hisob-kitob avvalo biron moddiy narsani harid 
qilishda qо„llanadi, albatta: hisob-kitob bо„yicha nimadir olinadi. Ammo olingan 
narsa hamma vaqt ham kо„zga kо„rinavermaydi, chunki bu yahshi nom
hursandlik, ezgu niyat, oliyjanoblik, bilim kabi ma‟naviy qiymatlar ham bо„lishi 
mumkin. Ibn Sinoning estetik qarashlariga muvofiq, hisob-kitob deganda, 
masalan, о„rtoqlar о„rtasidagi biron narsa almashinuvi bilan birga fikr almashinuvi 
ham nazarda tutiladi. Maqtash, rag„batlantirish almashinuv predmetiga kirmaydi. 
YA‟ni о„qituvchi о„z shogirdini maqtasa, buning evaziga undan hech nima tama 
qilmaydi, demak bu о„rinda о„zaro hisob-kitobga о„rin yо„q: ustoz о„z 
shogirdlariga bilimlari va qalb qо„rini beg„araz taqdim etadi. 
Ma‟lumki, feodal jamiyatida о„qituvchilik lavozimini amaliy va nazariy 
jihatdan yetarli tayyorgarligi, ta‟lim-tarbiya qoidalari bilan yahshi tanish 
bо„lmagan, magistrlarning fikrini rivojlantirishga emas, balki quruq yodlashga 
kо„proq e‟tibor bergan, majhud feodal tuzumga kо„r-kо„rona sadoqat bilan qaragan
shahslar ham egallar edi. 
Ibn Sino о„qituvchilarni tanlashga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, 6-7 
yoshdanoq bolaning ta‟lim va tarbiyasi о„qituvchi qо„liga topshirilar ekan, u imon-
e‟tiqodli bо„lishi bilan birga, bilimdon, dono, haqiqatgо„y, о„zining shahsiy 
hislatlari bilan ham о„z о„quvchilariga о„rnak bо„lishi kerak. Ibn Sino fikricha, 
о„qituvchi yosh avlodga ta‟lim berish, uni jismonan va ruhan sog„lom etib 
tarbiyalashni maqsad qilib olar ekan, о„z faoliyatida quyidagi natijalarga 
erishmoqni maqsad qilib olishi va ta‟lim-tarbiya jarayonida qо„llanadigan usullarni 
shu maqsadga qaratishi lozim. О„qituvchi-murabbiylar: 
1) bolaga murojaat qilganda, о„zlarini doimo osoyishta tutishlari lozim; 
2) о„zlari bergan bilimlarni о„quvchilar butun hayoti davomida ishlata 
bilishlariga alohida e‟tibor berishlari kerak; 
3)
о„qitish jarajonida turli uslub va shakllardan foydalanishlari kerak; 


4)
bolaning nafaqat hotirasi ustida, balki aqliy va ma‟naviy 
qobiliyatlarini namoyon etishlariga va rivojlantirishlariga yordam berishi, ya‟ni har 
bir alohida bolaning о„ziga hos hususiyatlarini hisobga olishi kerak; 
5)
magistrlarning bilim egallashida onglilikka rioa qilishi, о„qish 
jarayonida takrorlash usulini keng qо„llashi lozim; jazolash zarurati tug„ilganda, 
ma‟naviy jazo usullarini qо„llash joiz; 
6)
о„z fikrini magistrlarga yetkazishda, avvalo о„zi darsda о„qitilayotgan 
masalaning mohiyatini yahshi anglab olishi, uni aniq, qisqa qilib, ortiqcha sо„zlarni 
ishlatmagan holda tushuntira bilishi lozim; 
7)
о„qituvchining har bir sо„zi va iborasi tegishli sо„z ifodasi va qо„l 
harakatlari bilan qо„shib olib borilishi, magistrlarda emosional his-tuyg„ularni 
uyg„ota olishi kerak.
Shunday qilib, о„zining kо„p qirrali ijodi bilan fanning turli sohalarini qamrab 
ololganligi Abu Ali ibn Sinoga tabiatni har tomonlama tushunish, inson va uning 
ruhiyatiga chuqurroq kirib borish imkoniyatini berdi. Abu Ali ibn Sino elementar 
fanlardan tortib, inson ruhida yuz beradigan murakkab jarajonlarni ham kuzatdi. 
Uning dunyoqarashi mehnatkash ommaning sermashaqqat turmushini kuzatish 
ta‟sirida shakllandi.
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari kо„proq yozma pandnomalarda; 
Kaykovusning «Qobusnoma», «Saodatnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning 
«Boburnoma» va «Tо„ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga 
doir masalalar yechimi ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan. 
Mutafakkir va ma‟riaftparvarlarning ijodiy faoliyatida oila muammosi asosiy 
о„rin egallagan. Buning sababi bо„lajak oila pedagogikasi fanini mazmundorligini 
ta‟minlovchi badiiy adabiyot, san‟at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy 
qadriyatlardir.
Oila tarbiyasidagi bolalar hayotini halqimiz an‟analariga munosib yо„lga 
qо„yish, ularni vaqtdan tо„g„ri va unumli foydalanishlarining tо„g„ri tashkil qilish, 
namunali tarbiyaning asosiy garovi ekanligini ota-onalar о„z farzandlariga 
uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalariga bag„ishlab buyuk mutafakkir 
bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» asarini yozgan. Unda olim 
ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-
onaning vazifasi, burchiga va oila munosabatlariga tо„htalar ekan, ayniqsa, ota-
onalar о„zlarining mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga 
о„rgatish zarurligi borasida muhim fikrlar bayon etadi. 
Ibn Sino tarbijaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng о„rin 
berilgan. 
Ota oilada о„z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, 
sо„z madaniyatida, о„zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida 


tо„g„rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bо„lmog„i kerak. Oilada farzand 
tarbijasini tо„g„ri yо„lga qо„yishning asosiy vositasi uning ma‟naviy olamida 
e‟tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim. 
Jusuf Hos Hojib «Qutadg„u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush 
muammolariga ham katta e‟tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan 
boshlab, farzand tarbiyalash, oilaning moddiy ta‟minotini yuritishgacha bо„lgan 
eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bо„lgan 
bolaning mas‟uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-
onaning mavqei alohida ahamijatga egadir. Ular tanlagan tо„g„ri yо„l 
farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda 
farzandlari hulq atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni 
ogohlantiradi. 
Mirzo Ulug„bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bо„lgan qiziqishi, 
havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim о„rin egallaydi. Shunday 
ekan, avvalambor bola tarbiyasida oila muhitini tо„g„ri tashkil qilish darkor.
Qayqovus «Qobusnoma» pandnomasida “о„z farzanding sening haqingda 
qanday bо„lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bо„lgil, nedinkim 
sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish 
qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali darahtga о„hshaydir” deb yoshlarni 
ota-onasini hurmat qilishga e‟zozlashga, mehr-oqibatli bо„lishga da‟vat etadi. Ota-
ona о„z farzandi uchun hatto о„limga ham tayyorligini ta‟kidlaydi. Har bir farzand 
oqil va dono bо„lsa, ota-ona mehr-muhabbatini qozonishdan bosh tortmaydi. 
Muhammad Sodiq Qoshg„ariy «Odob as-solihiyn» asarida uylanadigan yigit 
nikohdan oldin uylanmoqchi bо„lgan qizini kо„rmog„i, uylanadigan qizining bokira 
bо„lmog„i hamda tо„rt narsa- umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va 
tо„rt narsada, husnda va jamolda, hulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bо„lishi 
zarurligini, ta‟kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-hotin 
munosabatlari о„zaro hurmatu ehtiromda bо„lishi uchun katta ahamiyatga ega.
Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bо„lgan hulq-odob 
qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, о„z qilmishi uchun 
mas‟uliyatni sezish, shirinsuhan bо„lish, yahshilik, ezgulik kabi ahloq qoidalarini 
egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy oilada bola tarbijasi, yosh avlod 
kamolotida ota-onaning burchi haqida ham muhim fikrlarni ilgari suradi. 
Chunonchi ruboiylarida zamonasidagi aksariyat odamlar, hatto ma‟rifatli zotlar 
ham farzandlarining tarbiyasiga e‟tiborsizlik bilan qarab, ba‟zi donishmand 
kishilarning bolalari johil bо„lib qolayotganligidan afsuslanadi. 
Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar о„rtasida о„zaro hurmat 
bо„lgandagina tarbiyada yahshi natijalarga erishishi mumkin bо„ladi. Inson 


tug„ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota-
onasidir. 
Ma‟rifatparvar Munavvar Qorining «Oila a‟zolari» asarining bо„limlarida ota-
onani hurmatlash, aka-uka qarindosh urug„ini e‟zozlash kabi g„oyalar alohida о„rin 
egallaydi. 
 
Magistrlar bilimini mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1 Falsafa faning ilmiy moxiyati deganda nimani tushunasiz? 
2. Milliy g„oya va milliy mafkura maxsus pedagogikada о„rni. 
Z. Sharq mutafakkirlarining qarashlari xaqida fikrlaringizni bildiring. 
4. Bolaning tarbiyasida asosiy roldagi insonlar kim? 
5. Abu Ali Ibn Sinoning bolaning tarbiyasiga qarashlari va yondashuvlari? 
6. Yusuf Xos Hojibning asarlaridagi tarbiyaning ahamiyati nimada? 


3-ilova 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling