2 – Mavzu. Innovatsion menejmentning usullari va vazifalari. Reja


– rasm. Innovatsion faoliyatdagi nazoratning ta’riflari va turlari


Download 156.96 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi156.96 Kb.
#242249
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu 7c808b58b3b254e02cabff229c8f173b

6– rasm. Innovatsion faoliyatdagi nazoratning ta’riflari va turlari.

6. Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinishi.

Qarorlar qabul qilinishi innovatsion menejmentda yakuniy tadbir bo’ladi. menejmentning ko’pgina vazifalarini muhim ahamiyatga egallashga qaramasdan, xuddi qarorlar ehtimol bo’lgan ijobiy va salbiy natijalarga olib keladilar. Qarorlar qabul qilish tadbirlari menejmentdan axborotlarni to’liqligi, menejerning ko’proq omilkorligini talab qiladi xatarni va javobgarlikni qabul qilinishi bilan ta’riflanadi.2

Ilmiy va amaliy innovatsion faoliyat ko’proq darajada ijodiy jarayon bo’ladi, uning uchun farosatli qarorlarni qabul qilinishi xosdir. Xorijda ijodiy jarayonda qarorlar qabul qilishga harakatlar ekzistentsial menejment kategoriyalari bilan bayon qilinishi tasodifiy emas. Olim, kashfiyotchi, innovatsion menejerda qarorlarning katta qismi chuqur ongsiz qilingan jarayonlarga asoslangan, ular chetdan stixiyali va mantiqsiz ko’rinadilar. Ammo tadqiqotchilarning borgan sari ko’prog’i “aqliy hujum”, “beixtiyor mulohazalarning yig’indisi”, “mantiqsiz fikrlar va kutilmagan fikrlar to’plami” va boshqalar kabi ilmiy g’oyalarni ishlab chiqish usullariga e’tibor qaratadilar. Vazifaviy fikrlash va qarorlar qabul qilishni kreativ va ekzistentsial menejment haqiqat, ehtiyojlar, boyliklar tabiatga nisbatan chuqur dunyo qarashlar, estetik va ma’naviy – ahloqiy tasavvurlar bilan bog’laydi. Ushbu nuqtai nazardan qarorlar qabul qilinishi ob’ektning individualligi (bir narsani ikkinchisidan ajratuvchi xususiyatlarga egaligi), uni noyobligi va qaytarilmasligini anglashdan iboratdir.

Yangiliklarni ishlab chiqishning keyingi tadbirlari, g’oyalarni vujudga kelishi ratsional xarakterga egaligiga qaramasdan, yangiliklarni individuallik va yaxlitlikning sintezi sifatida tushungan holda, aql etmaydigan farosatni talab qiladi. Kreativ menejer yangiliklarni bundan keyingi ishlab chiqilishi haqidagi qarorni qabul qilishda e’tiborni keyingi amaliy tadqiqotlardagi sabab – oqibat aloqalari va ratsional – mantiqiy xarakterga jamlashi kerak. Innovatsion menejer uchun ilmiy faoliyat jarayonida takrorlanmaydigan va yagona yangilikning tahlilidan standartli qarorlar qabul qilishning takrorlanadigan tadbirlarni o’rganish va amal qilishga mantiqiy o’tish muammosi vujudga keladi. Bu innovatsion menejmentda qabul qilinadigan qarorlarning farosatli noyobdan to qat’iy ratsionalikkacha bo’lgan keng turli tumanliklari bilan izohlanadi.

Qarorlarning xarakteri va faoliyat turlarini innovatsion menejment darajalari bo’yicha taqsimlanishi 1 – jadvalda berilgan.

1 – jadval



Innovatsion korxonadagi menejmentning darajalari

Qarorlarning xarakteri va faoliyat turlari

strategik

operativ

farmoyishlar

Ijroiya faoliyati

Yuqori:

Innovatsion korxonaning rahbari, uning ITTKI, ishlab chiqarish, sotishlari va h.k. bo’yicha o’rinbosarlari




+

+

+

+

O’rta:

Innovatsion korxona bo’linmalari va ma’muriy idoralari rahbarlari



-

+

+

+

Pastki:

Ijodiy guruhlar, quyi laboratoriyalar, ishlab chiqarish uchastkalari rahbarlari



-

-

+

+

Asosiy qarorlar menejerning innovatsion menejmentning vazifalari ichidagi huquqlari, vakolatlari doirasida qabul qilinadi. Masalan, Innovatsion loyihani rejalashtirish vazifasi o’z ichiga yangilikning taklif qilinayotgan loyihasini tahlil qilish va baholash, loyihani mavzuli rejaga kiritish, loyihani amalga oshirish bo’yicha ishning jadvali va tarkibini va tarkibini, loyiha bo’yicha xarajatlar, loyihaning jamoasi va pudratchilar, etkazib beruvchilarning tarkibini tasdiqlash va h.k, loyihani ta’minlash uchun moliyaviy oqimlarni, sarmoyadorni qidirib topish, loyihani amalga oshirish rejasini qabul qilishni oladi.

1 Р. А. Фатхуддинов Иннавационний менежмент. Классификация, стуктура и отличителъние черти иннавационних организаций, экономические закони организации, научние подходи и принципи и др. Учебник для вузов иза, 5-с, испр, доп. Питер 2007

2 Ермасов Н.Б., Ермасов С.Б. “Инновацион менежмент”: Учебник. – М.: Высшее образование, 2007.

Download 156.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling