2- mavzu кimyoviy mubozahat. Lе-shатеl’е printsipi. Mаssаlаr та’siri qоnuni vа uning аmаliy qo’llаnilishi muvozanat dоimiysi


Download 202.5 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1308311
  1   2   3
Bog'liq
2- maruza

  • 2- MAVZU
  • КIMYOVIY MUBOZAHAT. LЕ-SHАТЕL’Е PRINTSIPI. MАSSАLАR ТА’SIRI QОNUNI VА UNING АMАLIY QO’LLАNILISHI MUVOZANAT DОIMIYSI
  • Rеjа:
  • 1. Кimyoviy muvоzаnаt, Lе-Shаtеl’е printsipi.
  • 2. Muvоzаnаt dоimiysi, uni ifоdаlаsh usullаri.
  • 3. Muvоzаnа dоimiysigа tа’sir etuvchi оmillаr.
  • 1. Кimyoviy muvоzаnаt, Lе-Shаtеl’е printsipi
  • Ma’lumki, kimyoviy jarayonlar qaytar va qaytmas turlarga bo’linadi. Qaytmas jarayonlar faqat bir yo’nalishdagina kechadi.
  • Barcha qaytar kimyoviy - texnologik jarayonlar muvozanatga intiladi, Buning natijasida to’g’ri va teskari jarayonlar tezligi baravarlashadi, tarkibiy qismlar nisbati esa tashqi sharoitlar (T, R, S) o’zgarguniga qadar o’zgarishsiz qоlаdi. Ana shu sharoitlar o’zgarganida muvozanat buziladi va tizimda muvozanatning tiklanishiga olib keluvchi beixtiyor jarayonlar (diffuzion va kimyoviy) ro’y beradi.
  • Kimyoviy muvozanatga termodinamikaning 2 - qonunini umumiy tarzda qo’llash mumkin: "Izolyatsiyalangan sistemada kimyoviy muvozanat sharoitlaridan biri entropiya maksimumidir (S)".
  • Muvozanat holatida entropiyaning yanada o’zgarishi (beixtiyor kechadigan barcha qaytar jarayonlar uchun majburiy) ro’y bermaydi, ya’ni:
  • dS=0 (1)
  • Asosiy parametrlarning gomogen va getrogen tizimlarda muvozanatga sifat jihatidan ta’siri termodinamikaning ikkinchi qonunida ifodasini topgan. Le-Shatel’e prinsipi bo’yicha belgilanadi: “tashqi ta’sirotlar tufayli muvozanat holatidan chiqarilgan tizimda tizimni muvozanatdan chiqaruvchi ta’sirotlarni susaytirishga qaratilgan o’zgarishlar ro’y beradi". Misol uchun ekzotermik reaktsiyani ko’rib o’taylik:
  • mA + nB ↔ rD + Qr (1)
  • bunda m,n va r - A, B va D moddalar moleкulalari soni,
  • Qr - reaktsiyaning issiqlik effekti.
  • Moddalar hajmlarini V tarzida ifodalab shunday qabul qilishimiz mumkin:
  • VА+VV>VD, ya’ni reaktsiya hajm kichrayishi bilan kechadi.
  • Le-Shatel’e printsipini gaz aralashmasi komponentini suyuqlik bilan absorbsiyalashning geterogen ekzotermik jarayoniga qo’llab shuni aniqlash mumkinki, suyuqlikda gazning muvozanatli kontsentratsiyasi yoki absorbtsiyaning muvozanatli darajasi haroratning pasayishi, umumiy bosim ortishi, shuningdek suyuqlik ustida singigan komponent partsial bosimining kamayishi tufayli orta boradi. Partsial bosimning bunday kamayishiga mahsulotni absorbtsiya zonasidan chiqarish (masalan, qattiq, kristallar tarzida cho’ktirish) yo’li bilan erishiladi.
  • Qattiq kristall moddaning suyuqlikda eruvchanligi, agar jarayon endotermik bo’lsa, haroratning ko’tarilishi bilan ortaveradi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling