2- mavzu: Maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi bоlalar nutqini o`stirishning metоdlari va vоsitalari


Download 195.1 Kb.
bet9/11
Sana26.07.2023
Hajmi195.1 Kb.
#1662730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу

Muloqot vositalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo’lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o’stirishdan maqsad og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o’zi oldiga quyidagi vazifalarni qo’ygani ma’qul:

  • Muloqot vositalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo’lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o’stirishdan maqsad og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o’zi oldiga quyidagi vazifalarni qo’ygani ma’qul:
  • - farzandida so’zlashish odobini tarbiyalash;
  • - lug’at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;
  • - nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;
  • - ravon nutqni takomillashtirish;
  • - badiiy asarlar bilan tanishtirish;
  • - savod o’rganishga tayyorlash.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot

  • Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o’zaro bog’liqlikni o’zlashtiradi.
  • Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko’p jihatdan bolalar kattalarning o’zaro munosabatlari, jamiyatda o’zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o’yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog’liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayri hoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o’zaro bir-birini tushunish va hamdard bo’lishilariga intiladi. Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o’zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o’ziga va tengdosh sheriklariga bo’lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o’yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo’lib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda, o’yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga ko’maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. Yoshi ulg’aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo’ladi. Yetti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarlio’yinlar o’ylab topadi», «Yaxshi yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.).

Download 195.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling