2- mavzu: Maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi bоlalar nutqini o`stirishning metоdlari va vоsitalari


Download 0.65 Mb.
bet16/17
Sana19.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1103013
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2-мавзу

Ma’lumki, muloqotdagi odamlardan biri gapirsa, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ham shu ikki qirraning o‘zaro mosligi, bir - birini to‘ldirishiga bog‘liqdir. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, biz bolalarni nutqi ustida ishlaganimizda, ularning muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish borasida o‘ylaganimizda mana shu ikki qirrani birdek olib boramizmi? Biz bolalarni muloqotga o‘rgatyotganimizda, ularni faqat mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib gapirishga, nutqning ta’sirchanligiga e’tiborli bo‘lishga o‘rgatamiz. Muloqotning zaruriy tomonidan bo‘lgan - tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Aslida tinglash hayotimizning asosiy omillaridan sanaladi. O‘zimiz bilmagan holda unga bog‘langanmiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan ekan. Haqiqatdan ham, kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz tinglamasa, boshqa narsaga chalg‘isa, undan ranjiysiz. Bunday holat sizda faqat ranjishn keltirib chiqaradi, xolos. Lekin bolalarda biroz boshqacha. Ularning endi o‘sib kelayotgan ongi, ruhi sinib qolishi mumkin. Bolalar bilan muloqotda ularni har qanday holatda ham tinglash zarur sanaladi.

  • Ma’lumki, muloqotdagi odamlardan biri gapirsa, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ham shu ikki qirraning o‘zaro mosligi, bir - birini to‘ldirishiga bog‘liqdir. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, biz bolalarni nutqi ustida ishlaganimizda, ularning muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish borasida o‘ylaganimizda mana shu ikki qirrani birdek olib boramizmi? Biz bolalarni muloqotga o‘rgatyotganimizda, ularni faqat mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib gapirishga, nutqning ta’sirchanligiga e’tiborli bo‘lishga o‘rgatamiz. Muloqotning zaruriy tomonidan bo‘lgan - tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Aslida tinglash hayotimizning asosiy omillaridan sanaladi. O‘zimiz bilmagan holda unga bog‘langanmiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan ekan. Haqiqatdan ham, kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz tinglamasa, boshqa narsaga chalg‘isa, undan ranjiysiz. Bunday holat sizda faqat ranjishn keltirib chiqaradi, xolos. Lekin bolalarda biroz boshqacha. Ularning endi o‘sib kelayotgan ongi, ruhi sinib qolishi mumkin. Bolalar bilan muloqotda ularni har qanday holatda ham tinglash zarur sanaladi.
  • Aniqlanishicha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash jarayoniga ketar ekan. Odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan kasb egalari 35-40% oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar. Xulosa qilinsa, muloqotning eng qiyin ko‘rinishlaridan hisoblangan tinglash qobiliyati ko‘proq foyda keltirishi bilan ham ahamiyatli ekan. Odobsizlikning eng keng tarqalgan ko‘rinishi o‘qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik ekan. Tan olishimiz kerakki, biz ko‘pincha yaxshi so‘zlovchi bo‘la olamiz-u, shu o‘rinda yaxshi tinglovchi bo‘la olmaymiz. Psixologlarning fikricha, bu borada bizning xohishlarimiz, o‘z fikr - o‘ylarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimiz bunga halaqit berar ekan. Darhaqiqat, ba’zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz-u, lekin aslida-chi, xayolimiz boshqa yerda bo‘ladi. Bolalarda esa bunday holat deyarli kuzatilmaydi. Sodda qalb egalari aldashni bilishmaydi, rostmanasiga seni eshitadi yoki yo‘q.
  • Suhbatdoshni diqqat bilan tinglash, ikki tomonda o‘z-o‘zlariga va bir-birlariga bo‘lgan ham ishonchni, ham hurmatni oshiradi. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilganidek passiv jarayon hisoblanmaydi. U muloqotning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bu jarayon bolalarda o‘zining mevasini berishi aniq. Sababi tinglashayotganiga ishongan gapiruvchi bolani bu jarayon ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi. Bolalarni tinglash yangi g‘oyalar, fikrlarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga o‘rgatishga katta e’tibor beriladi. Psixologik savodxonlik bilan birga muloqot texnikasini egallash muloqot jarayonida ishtirok etuvchilarda gapirish va tinglashda faol bo‘lishni va muloqot samarali tashkil qilinishini ta’minlaydi.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling