2- mavzu: Maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi bоlalar nutqini o`stirishning metоdlari va vоsitalari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni ravon nutqqa o’rgatish


Download 0.65 Mb.
bet17/17
Sana19.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1103013
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2-мавзу

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ravon nutqqa o’rgatish.
  • Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashgulotlarda. Dialog – bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi. Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitish, talaffuzga oid, grammatik ko‘nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog ikki yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.
    • Bolalarga monologik nutqni muntazam o‘qitish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o‘qish va sanoq she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To‘rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini qo‘llashga, yetti yoshdan boshlab esa – qisqa mulohaza yuritishga qodir bo‘ladilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi shakli – monolog tug‘iladi va shakllanadi.U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo‘ladi. Hikoyada albatta, bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa aks etadi. Ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim. Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish – so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin.
    • Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
    • Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi.
    • Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni vaaytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishgaalohida e’tibor qaratish zarur. Ravon fikrni tashkil etishda intonasiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonasiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish umuman matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.
    • Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli odam yo‘naltiruvchi vaaniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
    • Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllardaamalga oshirish tavsiya etiladi. Bolalarni adabiy nutqqa o'rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazflamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nntqini o'stirib borishdir.

    Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling