Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so’zlar bir-biriga to’g’ri bog’lanmaydi, ayrim so’z turkumlarini tushirib qoldiradilar. To’rt yoshli bolalarni so’zlashuv (dialog) nutqiga o’rgatishda bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo’lib so’zlashishga, suhbatda qatnashishga, o’rtog’ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga o’rgatiladi. - Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so’zlar bir-biriga to’g’ri bog’lanmaydi, ayrim so’z turkumlarini tushirib qoldiradilar. To’rt yoshli bolalarni so’zlashuv (dialog) nutqiga o’rgatishda bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo’lib so’zlashishga, suhbatda qatnashishga, o’rtog’ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga o’rgatiladi.
- O’rta guruhda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilishga o’rgatish kiritiladi.
- 4-5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga (o’yinchoqlarni, o’simliklarni, kiyimlarni), ularning o’ziga xos belgilarini aytishga, bolalarga tanish bo’lgan qisqa ertaklarni (masalan: «Echki bolalari bilan»), mashg’ulotlarda birinchi marta o’qib berilgan uncha katta bo’lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga o’rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi: Bu yoshdagi bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so’zlarda urg’ularni to’g’ri ishlatish, gapirganda to’g’ri nafas olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to’g’ri talaffuz etilishiga alohida ahamiyat berishkerak. O’rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishi rivojlantirib boriladi. Ularga kitob o’qib beriladi, hikoya qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko’rib chiqish, uni to’g’ri idrok qilish o’rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |