2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
Jahon taraqqiyoti tarixida O’rta Osiyo sivilizatsiyasining o’rni
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
Jahon taraqqiyoti tarixida O’rta Osiyo sivilizatsiyasining o’rni.
Insoniyatning qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizatsiyaga ega b o’lgan. Davrlar o’tishi bilan insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko’paytirib borishi bilan bog’liq kechgan.U yoki bu sivilizatsiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy- siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yunon-Rim sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo’ladi. Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtayi nazardan ertaroq yoki kechroq, o’ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz – O’zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini tasdiqlaydi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijtimoiy-iqtisod iy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatining yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izohlanadi. O’rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrdagi shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug’ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro unosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o’rinda O’rta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish ( Kopetdog’, Hisor, Zarafshon tog’oldi hududlari hamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridayoq, ya’ni miloddan avvalgi VI-IV ming yillardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling