2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209756
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2-maruza

Jarqo‘tonga o‘tadi. 

Mil.avv. II ming yillikning o‘rtalariga kelib Jarqo‘ton o‘sha hududlardagi dehqonchilik bilan 

shug‘ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam istehkomiga aylanadi. Aynan mana 

shu  istehkom  orqali  Hisor  tog‘  oldi  vohalari  va  janubiy  Tojikistonning  g‘arbiy  hududlariga 

shimoldagi  aholining  ko‘chishlari  bo‘lib  o‘tadi.  Bu  hududlardan  topilgan  yodgorliklar 

topografiyasi va ularni davlatlashtirish ushbu jarayon izchillik bilan bo‘lib o‘tganligini ko‘rsatadi. 

Bu  jarayonning  rivojlanishi  mil.avv.  II  ming  yillikning  ikkinchi  yarmi  Amudaryoning  o‘ng 

qirg‘og‘idagi o‘troq dehqonchilik turmush tarzi kechiruvchi aholi manzilgohlarida aholi sonining 

o‘sishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi. 

Bronza  davrining  xo‘jalik  sohasida  erishgan  eng  katta  yutuqlaridan  biri  qadimgi 

dehqonchilikning keng yoyilishi va mil. avv. II ming yillikda chorvachilikning dehqonchilikdan 

ajralib  chiqishidir.  Metall  qurollar  qadimgi  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni  tezlashtirgani  tufayli 




O‘rta Osiyo dasht va tog‘ oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan (dehqonlardan) ajralib 

chiqadi  va  asosan  chorvachilik  bilan  mashg‘ul  bo‘ladi.  Bu  tarixiy  jarayon  -  kishilik  jamiyati 

taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi. 

Bu  davr  manzilgohlarini  o‘rganib,  bu  davrda  ikki  xil  madaniyat  hukm  surgan  deyish 

mumkin.  Birinchisi  –  qadimgi  qabilalar  dehqonchilik  uchun  qulay  yerlarga  joylashib  yuksak 

dehqonchilik  madaniyatini  yaratgan  bo‘lsalar,  ikkinchisi  –  xuddi  birinchi  madaniyat  sohiblari 

darajasida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarga  ega  bo‘lgan  holda  dasht  va  tog‘  oldi  yaylovlarda 

chorvachilik madaniyatini yaratganlar. 

Bronza  davri  O‘rta  Osiyoning  ijtimoiy  tuzumida  ham  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lib  o‘tdi. 

Urug‘chilik tuzumi bu davrda ham davom etdi. Ammo, bu davrda ona urug‘ining mavqei yo‘qolib 

bordi. Metall eritish va xo‘jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei 

birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  bo‘lib  bordi.  Natijada  jamiyat  taraqqiyotida,  dehqonchilik, 

chorvachilik,  ovchilik  va  hunarmandchilikning  rivojlanishida  erkaklar  etakchilik  qiladilar. 

Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik 

qilishdan  mahrum  bo‘ladilar.  Ishlab  chiqarishda  hukmronlik  qilish  shu  tariqa  erkaklar  qo‘liga 

o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i (patriarxat) tuzumi egallaydi. 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling