2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209756
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
2-maruza

Farg‘ona madaniyati fanda O‘rta Osiyoda to‘rtinchi neolit davri madaniyati deb kiritilgan. 

Neolit davrida qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab ularni olovda pishirish yo‘li bilan 

kulolchilikka asos soldilar. Shuningdek, ip yigirish asosida to‘qimachilikni kashf etdilar. Odamlar 

yog‘och va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o‘zlashtirdilar. Xullas, neolit 

davri yutuqlarga boy bo‘lib, o‘zidan ilgarigi davrlarga nisbatan yuksak rivojlanish davri bo‘ldi. 

Tadqiqotlar natijalariga qaraganda tosh va bronza davrlari o‘rtasida mis-tosh (eneolit) davri 

bo‘lganligi  aniqlangan.  Bu  davr  metall  qurollarning  barchasi  bronzadan  qilinmay,  sof  misdan 

yasalganligi ma’lum. O‘rta Osiyoda eneolit davri nisbiy tarzda mil. avv. IV ming yillikning oxiri-

III ming  yillikning boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda mis o‘zining kimyoviy xossalari (tez 

eruvchanlik,  egiluvchanlik)  tufayli  xo‘jalik  hayotda  ustunlik  qila  olmadi.  Ishlab  chiqarishda 

avvalgidek tosh qurollar asosiy o‘rinda bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mis-tosh asri deb 

yuritiladi. 

Mezolit  oxirida va neolit davrida terib-termachlab, ovqat  topishdan  yovvoyi  o‘simliklarni 

ekish  va  o‘tkazish  yo‘li  bilan  madaniylashtirish  orqali  vujudga  kelgan  dehqonchilik  eneolit 

zamonida  yuqori  xo‘jalik  turiga  aylanib  bordi.  Dehqonchilik  bilan  uy  chorvachiligi  ortiqcha 

mahsulot  etishtirishga  va  mol  ayirboshlashni  tartibga  solishga  asos  bo‘lgan.  O‘rta  Osiyo 

hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog‘liqdir: 

   Xo‘jalikning  boshqa  hamma  turlariga  qaraganda  haydama  dehqonchilikning  ustunlik  



qilishi; 

 



Toshdan ishlangan qurollar ko‘p bo‘lgan holda mis qurollarning paydo bo‘lishi; 

  Katta-katta jamoalarning paxsadan va xom g‘ishtdan tiklangan katta-katta uylari



  Kulolchilikda muhim texnika yutug‘i - xumdonlarning ishlatilishi; 

 

O‘troqchilik xo‘jaligining rivojlanishi, jamoa birlashmalarining uylari va qurilishida xom 



g‘ishtning paydo bo‘lishi; 

 



Turli  hayvonlarning  loydan  yasalgan  va  ona  urug‘i  tuzumiga  (matriarxatga)  xos 

haykalchalari; 

 

Rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli tasvirlar ishlangan sopol buyumlarning mavjudligi. 



Eneolit davrida O‘rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich yuqoriga ko‘tariladi. Lekin 

bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada emas edi. 

Qadimgi  qabilalar  mis-tosh  davriga  o‘tgach,  madaniy,  xo‘jalik  va  ishlab  chiqarish 

taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yangi xo‘jalik turlari - dehqonchilik va chorvachilik 

avvalgidek, Turkmanistonning janubi-g‘arbidagi qulay geografik sharoitda rivojlanadi. Bu paytda 

quyi Zarafshon va Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar hali madaniy o‘simliklar o‘stirishga 

o‘tmagan edilar. O‘rta Osiyoning sharqiy qismidagi tog‘li hududlar aholisi xo‘jaligida esa ovchilik 



ustun edi. Demak, ilk va rivojlangan mis-tosh davrida O‘rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy 

va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanib qoladi. 

Eneolit  davriga  oid  muhim  yodgorliklar  Janubiy  Turkmanistondagi  Anov  va 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling