2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209756
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2-maruza

Kaltaminor madaniyatiga oid makonlar dastlab Amudaryo etaklari va Xorazm hududidan 

topilgan bo‘lib bular orasida Xorazmdagi Jonbosqal’a makoni diqqatga sazovordir. Bu erni qazish 

paytida chayla va  yarim erto‘la shaklidagi  makon ochilgan. Bu makon  yog‘och ustun, sinchlar 

bilan ko‘tarilgan. Ustiga ko‘ndalang yog‘ochlar tashlanib, usti qamish bilan berkitilgan. Chayla 

o‘rtasidan  katta  markaziy  o‘choq  qoldig‘i,  atrofida  mayda  o‘choq  qoldiqlari  aniqlangan. 

Makondan  nayza  poykonlar,  kamon  o‘qlarining  uchlari  va  boshqa  tosh  qurollar  topilgan. 

Shuningdek,  madaniy  qatlamlardan  baliq,  yovvoyi  cho‘chqa,  qirg‘ovul  suyaklari  va  jiyda 

danaklari ham topilgan. Topilmalar orasida sopol idish namunalari ham bo‘lib, tadqiqotchilarning 

fikrlariga qaraganda ular mil. avv. V-IV ming yilliklarga oiddir. 

Kaltaminor madaniyatiga oid  yodgorliklar Zarafshon etaklaridagi  Darvozaqir  makonidan 

ham  topib  o‘rganilgan.  Bu  erdan  topilgan  sopol  idish  namunalari  Jonbosqal’a  sopollariga  juda 

o‘xshashdir. Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi Darvozaqir, Katta va Kichik Tuzkon, 

Qorong‘isho‘r,  Poykent  makonlaridan  topilgan  tosh  qurollar  va  sopol  buyumlar  hamda  boshqa 

ashyolarni o‘rganish, tahlil etish, Yaqin Sharq, Qozog‘iston, Ural va boshqa joylardan topilgan 

neolit  davri  ashyolari  bilan  qiyoslash  natijasida  tadqiqotchilar  yuqorida  eslatilgan  makonlar 

Kaltaminor  madaniyatiga  mansub  bo‘lib  mil.  avv.  IV-III  ming  yilliklarga  oid  degan  xulosaga 

keldilar. Bu makonlarda  yashagan neolit  davri odamlari termachilik,  jayron,  yovvoyi  cho‘chqa, 

bug‘u va boshqa hayvonlar hamda baliq ovlab kun kechirishgan. 

So‘nggi  yillarda  O‘rta  Osiyoning  sharqiy  hududlaridan,  Hisor-Pomir  tog‘laridan  ko‘plab 

neolit davri yodgorliklari ochildi va o‘rganildi. Bu o‘ziga xos madaniyat fanda Hisor madaniyati 

degan  nom  oldi.  Asosan  tog‘oldi  va  tog‘liklarga  xos  bo‘lgan  Hisor  madaniyatiga  mansub 

yodgorliklar 200 dan ziyod bo‘lib Tutqovul, Soysayyod, Quyi Bulyon, Darayi Sho‘r, Gaziyontepa 

kabilar shular jumlasidandir. Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar asosan mil. avv. V-III ming 

yilliklarga oiddir. 

Hisor  madaniyati  sohiblari  sopol  idishlar  yasab,  asosan  chorvachilik,  ovchilik,  qisman 

termachilik  bilan  shug‘ullanganlar.  Hisor  makonlaridan  topilgan  turli-tuman  topilmalar  ushbu 

jarayonlardan dalolat beradi. 

Demak, O‘rta Osiyoning barcha hududlaridan-shimoldagi Ustyurtdan, Markaziy va Janubiy 

Qozig‘istondan, Qizilqum va Qoraqumdan, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Toshkent vohasi 



va Farg‘ona vodiysidan ko‘plab neolit davri makonlari ochilgan. Xususan, neolit davri Markaziy 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling