2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209756
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2-maruza

Amirobod  madaniyati  nomi  bilan  mashhur  bo‘lib,  mil.  avv.  IX-VIII  asrlarga  oiddir.  Bu 

madaniyat  sohiblari  Tozabog‘yob  madaniyati  xususiyatlarini  saqlab,  yarim  erto‘la  turar-joy, 

sug‘orish inshootlari izlari va qo‘lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlanadi. 

Quyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo madaniyati nomi bilan ataladi. 

Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko‘li yoqasidan topilgan qadimgi qabriston 

ayniqsa, diqqatga sazovordir. Qabrlar yakka va juft qabrlar bo‘lib, dafn etish jarayonida ko‘mish 

marosimlariga  amal  qilingan.  Qazishmalar  jarayonida  erkaklar  qabrlaridan  o‘q-yoy  poykonlari, 

pichoqlar, pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, ayollar qabrlaridan sopol 

idishlar,  bronza  ko‘zgu,  upadon,  surmadon  kabi  pardoz  buyumlari  va  yarim  qimmatbaho 

toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va marjonlar topilgan. 

Zamonboboliklar  chaylasimon  kulbalarda  istiqomat  qilib,  dehqonchilik  va  xonaki 

chorvachilik  bilan  shug‘ullanganlar.  Topilgan  ko‘plab  mehnat  qurollari,  boshoqli  o‘simliklar 

qoldiqlari va hayvonlar suyaklari shundan dalolat beradi. Shuningdek, zamonboboliklar jamoasida 

hunarmandchilikning turli tarmoqlari, xususan, kulolchilik, bronzani eritib undan har xil ashyolar 

yasash, ayniqsa toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan. 



Zamonbobo madaniyati janubdagi o‘troq dehqonchilik jamoalari ta’sirida shakllangan. Bu 

madaniyat  xonaki  chorvachilik  va  motiga  (ketmoncha)  dehqonchiligi  bilan  kun  kechirgan 

Buxoroning  tub  aholisiga  mansubdir.  Bronza  davrida  Buxoro  vohasining  daryo  adoqlarida 

endigina dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ilk qishloqlar paydo bo‘lib, 

ular  yarim  yerto‘la  va  shox-shabba  engil  chaylalardan  iborat  turar  joylardan  tashkil  topgan. 

Bularda  uy  hunarmandchiligining  misgarlik,  toshtaroshlik,  to‘qimachilik  kabi  turlari  mavjud 

bo‘lsada, ammo hali ular kasb-hunarning rivoj topgan darajasiga etib bormagan edi. 

O‘zbekistonning  janubidagi  bronza  davri  yodgorliklari  qadimgi  sug‘orish  hududlari  - 

Ulonbuloqsoy, Sherobod, Bandixon va Mirshodida topib tekshirilgan. Ular  Sopolli madaniyati 

nomi bilan mashhurdir. 

Sopollitepa  markazidan  to‘rtburchakli  istehkom,  istehkom  ichida  turar-joylar  va  xo‘jalik 

xonalari,  hunarmandchilik  ustaxonalari  uchta  madaniy  qatlamdan  iborat  ekanligi  aniqlangan. 

Sopollida qurilish, hunarmandchilik va iqtisodiy munosabatlar ancha rivoj topgan. O‘choqlar turar 

joy xonalari ichidagi devor ichiga o‘rnatilgan. Asosiy qurilish ashyosi paxsa va xom g‘ishtdir. 

Sopollitepadagi  turar-joylar  tagidan  bronza  davri  qabristoni  ochilgan.  Ko‘pchilik  qabrlar 

yakka qabrlar bo‘lib, jamoa qabrlari ham uchraydi. Ayollar qabrlarida asosan sopol va bezaklar 

topilgan bo‘lsa, erkaklar qabrlaridan asosan sopol, mehnat va jangovar qurollar topilgan. Sopol 

topilmalar deyarli naqshlanmagan bo‘lib, kulolchilik charxida tayyorlangan. 

Amudaryoning  o‘ng  qirg‘og‘ida  shakllangan  Sopollitepa  –  bronza  davridagi  daryodan 

kechuv  yo‘lini  himoya  qiluvchi  mustahkam  oldingi  istehkom  (forpost)  sifatida  paydo  bo‘lgan. 

Keyinchalik o‘troq dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati bilan 

Sopollitepa  o‘zining  ilgarigi  ahamiyatini  yo‘qota  boshlaydi  va  bo‘shab  qoladi.  Asosiy  markaz 

vazifasi  esa  tog‘  darasidan  chiquvchi  yo‘l  ustidagi  mustahkam  qal’a  sifatida  paydo  bo‘lgan 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling