2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Ibtidoiy jamiyat, uning davrlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2-maruza

 

Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Ibtidoiy jamiyat, uning davrlari 

 

Insoniyatning  kelib  chiqishi  va  rivojlanishi  bir  necha  asrlar  davomida  tadqiqotchilar 



tomonidan o‘rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki «antropogenez» eng qadimgi davr 

tarixini o‘rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli 

davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘lishi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni 

bayon  etganlar.  Xitoy,  yunon  faylasuflari  mil.  avv.  VI-V  asrlardayoq  odamning  kelib  chiqishi 

tamomila tabiiy hodisa deb ta’riflashga uringanlar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va 

aqliy  jihatdan  kamol  topishi  natijasida  hozirgi  darajasiga  etib  kelgan,  degan  fikrni  ilgari 

surishlariga  qaramay  odamni  xudo  yaratganligi,  yoki  boshqa  koinotdan  kelib  erga  tarqalganligi 

haqidagi nazariyalar ham bor. 

Ingliz  olimlari  ota-bola  Likilar  XIX  asrning  50-60-yillarida  Sharqiy  Afrikada  (Olduvoy 

darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular 

bundan 3-3,5mln. yil ilgari mavjud bo‘lgan degan g‘oyani ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar fanda 

«Zinjantrop»  («Ishbilarmon  odamlar»  yoki  «Gomohabilis»)  va  «Avstralopitek»  («Janub 

maymuni») deb nom olgan. 

Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava 

orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo‘lib, fanda ularni  «Pitekantrop» («Maymun odam») 

deb  atash  rasm  bo‘lgan.  Pitekantroplar  bundan  taxminan  1  mln.-700-600  ming  yil  ilgari 

(E.Dyubua)  yashaganlari  aniqlangan.  Shuningdek,  1927  yilda  Xitoy  hududlaridan  topilgan 

(D.Blek)  qadimgi  odam  qoldiqlari  («Sinantrop»  -  «Xitoy  odami»)  bundan  600-500  ming  yil 




ilgarigi  davrga  oidligi  aniqlangan.  Undan  tashqari  eng  qadimgi  qazilma  odam  qoldiqlari 

Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. 

Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda  zinjantrop,  pitekantrop,  sinatroplar  eng  qadimgi 

odamlar  shakllanib  rivojlanishining  turli  tarixiy  bosqichlaridir.  Bu  turdagi  qadimgi  odamlar 

gavdalarini  tik  tutib  yurganlar  va  toshdan  turli  mehnat  qurollarini  yasab,  ulardan  foydalana 

bilganlar. Qurol  yasay bilishi, o‘simlik  ildizlari va mevalarni iste’mol qilishda shu qurollardan 

foydalanishi,  shuningdek,  ayrim  hayvonlarni  ovlashi  qadimgi  odamlarni  hayvonot  olamidan 

ajratib turgan. 

Bu  o‘rinda  shuni  ta’kidlash  joizki,  «Arxantrop»lar  (qadimgi  odamlar)  eng  qadimgi 

odamlardan  farqlanib,  ular  zamonamizdan  100-50  ming  yil  keyin  yashaganlar.  Qadimgi 

odamlarning  qazilma  qoldiqlari  dastavval  Germaniyaning  Neandertal  vodiysidan  topilganligi 

sababli fanda ularni «Neandertal odami» deb nomlash qabul qilingan. 

Eng  qadimgi  odamlar  o‘zlarining  rivojlanish  bosqichlarida  mehnat  qurollarining  turlarini 

ko‘paytirib  va  sifatini  yaxshilab  borganlar.  Natijada  ularning  turmush  tarzida,  jismoniy 

ko‘rinishida o‘zgarishlar bo‘lib borgan. Shuningdek, miya hajmi ham o‘zgarib borgan. O‘rta tosh 

asridagi turli sabablarga ko‘ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining 

rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. 

Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan 

antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi. Odamning paydo bo‘lishi erdagi eng buyuk hodisalardan 

biri  bo‘lib,  u  dastlab  toshdan  oddiy  to‘qmoq  yasagan  bo‘lsa,  uzluksiz mehnat,  tinimsiz  intilish 

natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga etib keldi. 

Yaqin yillarga qadar O‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar 

ilgari o‘zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‘pchilik  tadqiqotchilar O‘rta Osiyo paleoliti 

haqidagi  bahslarda  bu  jarayonni  asosan  Yevropa  paleoliti  bilan  bog‘lab  kelar  edilar.  Ammo 

so‘nggi  yillarda  O‘zbekiston  arxeologlari  tomonidan  olib  borilgan  ko‘pgina  tadqiqotlar  bu 

masalaga ancha oydinlik kiritdi. 

O‘tgan  asrning  80-yillarida  arxeolog  O‘.Islomov  boshchiligidagi  tadqiqotchilar  Farg‘ona 

vodiysidagi  Selung‘ur  (So‘x  tumani)  g‘oridan  paleolit  davri  makonini  ochishga  muvaffaq 

bo‘ldilar. So‘nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selungur ilk paleolit davriga oid bo‘lib, o‘n 

uchta madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko‘plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu 

qurollar  ko‘p  hollarda  Olduvoy  qurollariga  o‘xshab  ketadi.  Tadqiqotchilarning  fikrlariga 

qaraganda,  Selungur  topilmalarining  yoshi  1  mln.  yildan  ziyodroqdir.  Selungur  topilmalari 

orasidan  eng  ahamiyatlisi  qadimgi  odam  jag‘  suyaklari,  tishlari  va  elka  suyaklaridir.  Fanda 

«Farg‘ona odami»-»Fergantrop» deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam 




haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonning 

insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi. 

Undan  tashqari  Ko‘lbuloq  makonidan  (Shimoli-sharqiy  O‘zbekiston,  Toshkent  vil.)  ham 

ko‘p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‘lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. 

SHuningdek,  Qizilolmasoy  va  Toshsoy  (Ohangaron)  makonlaridan  ham  ilk  paleolit  qatlamlari 

ochilgan hamda bu erdan 100dan ziyod chopper, nukleus, qirg‘ich va tarashlag‘ich tosh qurollar 

topilgan. 

Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarning makonlaridagi topilmalarida 

sodda va qo‘pol tosh qurollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o‘zining 

soddaligi, qo‘polligi, turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit 

davri  odamlari  jismoniy  jihatdan  ham,  aqliy  jihatdan  ham  hozirgi  qiyofadagi  aql-idrokli 

odamlardan  ajralib  turadilar.  Ular  asosan  termachilik  va  ovchilik  bilan  tirikchilik  o‘tkazganlar 

hamda  tabiat  oldida  juda  ojiz  bo‘lib,  unda  mavjud  bo‘lgan  tayyor  mahsulotlarni  o‘zlashtirib 

yashaganlar. Ular na diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilganlar. 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling