2- mavzu. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fanining huquqiy asoslari


Download 149.91 Kb.
bet2/13
Sana18.10.2023
Hajmi149.91 Kb.
#1708923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ММТХ-2-маъруза лотинча (1)

zbekistonda mehnat muhofazasi - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash oldini olish tadbirlari xamda vositalari tizimidan iborat.
Mehnatni muhofaza qilish buyicha belgilangan barcha tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8 dekabr, 1992 yil), O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda (21 dekabr; 1995 y.), «Mehnatni muhofaza qilish tug’risidagi qonun» yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV tomonidan 2016-yil 22-sentabrda tasdiqlangan (6 may. 1993 y.), Davlat standartlari, nizomlar va normativ hujjatlar, xavfsizlik texnikasi buyicha qoidalar asosida olib boriladi.
Respublikada demokratik xuquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson xuquqlari va erkinliklariga tuliq rioya etilishini taqoza qiladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 8 dekabr 1992 yil qabul qilingan bo’lib, 5 ta bo’lim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat. IX-bobning 37…42 moddalarida insonning ijtimoiy xuquqlari yoritilgan. X-bob 45… 50 moddalarida inson xuquqlari va erkinligi kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Respublikamiz fuqarolarining shaxsiy xuquqiy va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlari yaqqol o’z ifodasini topgan. Konstitustiyada ko’rsatilganidek, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fukorolar oldida ma’suldirlar». ( 2-modda); «Yashash xuquqi xar bir insonning uzviy xuquqidir...» (24 modda); «Xar bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda kursatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish xuquqiga egadir» (37 modda). Yuqoridagilarga asoslangan xolda ifodalash mumkinki, insonning xayoti xam, mehnat faoliyati xam, sog’lig’i xam davlat qonunlari asosida ximoyalanadi, muhofaza qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 21 dekabr 1995 yil Oliy Majlisining №161-1 qarori bilan tasdiqlangan bo’lib, II- ta qism, shu jumladan XVI-bob va 294 moddadan iboratdir.VII-bobning 114…. 125 moddalarida ish vaqtlari yoritilgan. VIII-bob 126....152 moddalar ichida dam olish vaqti keltirilgan. Mehnatni muhofaza qilish XIII-bobida yoritilgan bo’lib, 211….223 moddalarda asosiy qonunlari keltirilgan, XIV bob esa ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo’shimcha kafolat va imtiyozlar yoritilgan va ularning qonunlari 224....258 moddalarda keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi yangi tahriri 2021 yil 21- aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi (XVI ta bob, 294 ta moddadan iboratdir). Ushbu qonunlarda kursatilishicha xavfsizlik texnikasiga, ishlab chikarish sanitariyasiga yongin chiqishidan saqlanishga va mehnat muhofazasiining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga yul yuriqlar berish, shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasiga doir qullanmalarda kursatilgan xamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat urnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat sharoiti zararli bulgan ishlarda, shuningdek, aloxida xarorat sharoitida bajariladaigan yoki xavoni ifloslantiruvchi ishlarda mehnat qiluvchi va xizmatchilarga belgilangan sovun, maxsus kiyim-bosh, poyafzal va boshqa shaxsiy ximoya vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan boglik va zararli bulgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan normalarda sovun, sut yoki boshka xil profilaktik ozik-ovqatlar, issiq tsexlarda ishlovchilarga esa gaz-suv bilan tekin ta’minlanadi.

Download 149.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling